К содержанию
РецензированоUZ2026

Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari

YUTUQ VA MUAMMOLARI · Ilmiy rahbar: Aliyeva Iroda Abdusattarovna · Muallif: Muratov Karim Ismatilla o’g’li

Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане · 2026

Аннотация

Biz bilamizki bugungi davrda online darslarga e’tibor oshib bormoqda va bu sohaga barcha yerda talab oshib bormoqda. Bu borada turli zamonaviy qurulmalar va metodikalar yaratilmoqda. Bu usul bazi fuqarolarga ma’qul va boshqalarga ma’qul kelmaydi. Uzoq masofada ta’lim tizimi, fanlarni har qanday yerda o’zlashtira olish ko’nikmasi, bir vaqtda ko’plab insonlarga yagona malakali ustozlarning dars o’ta olishi, dars vaqtlarining o’quvchiga moslashishi kabi foydali tomonlari bor. Internet yomon bo’lsa, fanni o’zlashtirish- dagi qiyinchiliklar, o’z vaqtida savolga javob topa olmaslik, darsga mas’uliyat bilan qaray olmaslik, keraksiz narsalarga chalg’ib ketish kabi zararli tomonlari bor. Hayot go’yo o’qish, izlanishdan iboratdek, insonlar ham tinimsiz o’z ustilarida ishlashlari kerak. Agar bu izlanishlardan biroz toxtashsa ular boshqalardan orqada qola boshlashadi. Ularda turli tushunmovchiliklar boshlanadi. Shuning uchun insonlar izlanishdan va o’rganishdan to’xtay olishmaydi. Va bu izlanishlarning ortida manfaat ham yotadi. Toki yaxshi bilimga, malakaga va ish saloxiyatiga ega odamlar yaxshi kasblarni egallay olishadi. Balkim, shuning uchun ham odamlar izlanishdan, bir-birlari bilan baxslashishdan toxtay olishmas. Hayotda izlangan inson imkon topa olgani kabi har kim izlansa o’z hayotini o’zgartirishga imkon topa oladi. Buning uchun o’sha insonda bu ishni qilish uchun istak bolsa kifoya. To’g’ri, barcha muvaffaqiyatning zamirida ulkan mehnat mavjud bo’ladi, ammo o’sha ishni qila olishimiz uchun avvalo istak yoki ehtiyoj bolishi va o’sha insonda bu ishni qila olishga ishonch ham bo’lishi kerak. Bugungi kunda o’z ustida izlanishi va o’zlaridagi savollarga malakali ustozlardan har qanday yerda javob topish imkoniyati mavjud. Bu onlayn ta’limdir. Bugungi kunda bu sohaga talab juda yuqori bo’lib bormoqda. Ayniqsa katta va rivojlangan davlatlar bu sohaga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning asosiy sababi fuqarolar uchun joy muammosi borligi yoki o’sha fuqaroning boshqa ta’lim maskani yo’q bo’lagan yerga (orollar, chollar, kimsasiz yerlarga) ko’chib o’tishgani bo’lishi mumkin. U davlarlar bunday vaziyatlar uchun internet tarmog’i muammosiga ham chora topishgan. Ular xohlagan yerlaridan inernet orqali onlayn shaklda dars olishlari mumkin. Ya’ni, bu sohadagi eng katta muammo o’z yechimini top gan. Demak, bu yo’nalishda odamlarga katta imkoniyatlar ochilgan deb aytish mumkin. Ayniqsa, chet tillarini o’rganayotgan insonlar, bu imkoniyat orqali o’zlarining til bilish salohiyatlarini o’sha davlat insonlari bilan suxbat qilish orqali mustahkamlashlari va hatto o’sha davlat insonlari ya’ni o’qituvchilaridan dars olishlari orqali osonroq o’zlashtirishlari mumkin. Bundan barcha faqatgina foyda topa oladi. Va eng muhim 90 holatlardan biri juda malakali ustozlarning bir vaqtda ko’plab o’quvchilarga ta’lim berishi mumkinligi va bu darslarning sifatli bo’lishi va yaxshi bilim olishlari uchun bir imkoniyat yarata oladi. Bu imkoniyat shundan iboratki, o’quvchi o’ziga qulay yerni tanlab darsda ishtirok etishi mimkinligi va bu borada majburiyat yo’qligidadir. Agar dars yozib olingan shaklda berilsa va savollar mal’um bir maxsus yerga yoki o’qituvchiga e -mail yoki boshqa aloqa vositasi yordamida so’raladigan bo’lsa, biz bu darsni xohlagan vaqtimizda ko’rishimiz mumkin. Agar ular bu mavzuni yoddan chiqarishsa, ular bu mavzuni yana takroran o’tisha olishadi. Bu orqali darsni qayta-qayta o’tish orqali o’zlarining bilimlarini mustahkamlab olishlari mumkin. Bularning barchasi foyda keltiradi, qachonki o’quvchi masuliyatli bo’lsa. Mas’uliyat hayotda juda muhim narsa hisoblanadi. Inson mas’uliyatni his qilmaguncha, biror soha, hatto oilada ham o’z o’rniga ega bo’la olmaydi. Bu hissiyot odamlarni oldinga harakat qilishga o’z ishlariga jiddiy qarashga undaydi. Yozib olingan video darsar orqali dars o’tishning yana bir murakkabchiligi bu o’z vaqtida savollarga javob topish qiyinligida bo’lishi mumkin. Chunki video yozib olingan bo’ladi va ko’pincha bolalar biror ma’lumotni tushunishmasa usha ma’lumotni qidirishni xohlamaydilar, yoki esdan chiqaradilar. Bu yerdagi holatda ham gap mas’uliyatga bormoqda. Va hayotda elektron qurulmalar bilan yana shunday muammo borki, bu muammoga yoshlarning barchasi, hatto siz ham duch kelgansiz. Bu GAMERLIKdir. Bizning vaqtimizni o’ g’ irlovchi eng katta xavf ham elektron o’yinlardir. Bu muammoga nafaqat yoshlar, balkim katta yoshlilar ham duch kelmoqda va bu muammoni shunchaki bartaraf etish qiyin. Chunki bu narsalar shu qadar bizni o’ziga bog’lab olganki, bu zanjirni uzib chiqib ketish imkonsizdek tuyuladi go’yo. Men bu borada biroz izlanib ko’rdim va shuni aniqladim, va o’zimda ham sinab ko’rdim. Menimcha ish berdi. Bu muammoni bartaraf eta olgan insonlar shunday deyishdi, GAMERLIKni tark etish uchun men usha o’yinni ko’p o’ynadim va o’sha o’yinga bo’lgan mendagi qiziqish so’ndi deb javob berishdi. Menda ham ish berdi. Men futbol(PES Mobile) o’yiniga qizig’ar edim va men ham o’sha o’yinni ko’p o’ynadim va natijada m

Доказательный фрагмент

«Biz bilamizki bugungi davrda online darslarga e’tibor oshib bormoqda va bu sohaga barcha yerda talab oshib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Biz bilamizki bugungi davrda online darslarga e’tibor oshib bormoqda va bu sohaga barcha yerda talab oshib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
distance education, адаптация, masofaviy ta'lim, adaptation, moslashish, дистанционного образование, o'qitish, teaching, преподование
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники