К содержанию
РецензированоRU2024

ИГРЫ С ДЕТЬМИ С ДИАГНОЗОМ АУТИЗМ

Sirojiddinova Iroda Aripovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this methodical manual, the necessary games that help to prepare children for social life, in the organization of an effective educational process with children diagnosed with autism, are highlighted. The guide can be used by speech therapists, educators, parents, and students studying speech pathology of state pre-school education organizations. Key words: autism, game activity, motivation, socialization, emotional-emotional, communication. ИГРЫ С ДЕТЬМИ С ДИАГНОЗОМ АУТИЗМ Аннотация. В данном методическом пособии выделены необходимые игры, помогающие подготовить детей к социальной жизни при организации эффективного образовательного процесса с детьми с диагнозом аутизм, которые актуальны в настоящее время. Пособие может быть использовано логопедами, педагогами, родителями, а также учащимися, изучающими логопедию государственных организаций дошкольного образования. Ключевые слова: аутизм, игровая деятельность, мотивация, социализация, эмоционально-эмоциональное общение. O'yin bola rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Uning yordamida bolaning barcha bilish jarayonlari (xotira, diqqat, idrok, fikrlash, tasavvur va h.) faol rivojlanadi, bolada ijobiy hissiyotlar yuzaga keladi. Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra hozirgi vaqtda autizm tashxisi dunyo bo’yicha 100 ta boladan 1 tasida uchramoqda. Autizm tashxisli bolalardagi asosiy muammolar bilish jarayonlaridagi va ijtimoiylashuvdagi kamchiliklar, o'yin faoliyatiga qiziqishining sustligidir. Ularda boshqa bolalar bilan muloqot qilish va o'ynashga qiziqishning yetishmasligi, bir necha soat davomida monoton va takrorlanadigan harakatlarni bajarishlari kuzatiladi. Shunga qaramay, autizm tashxisli bola o'ynashni o'rganishi va hatto boshqa odamlar bilan o'yin jarayonida qatnashishdan zavqlanishi ham mumkin. Autizm tashxisli bolalar ham o'yin orqali rivojlanib borishlari mumkin. O'yin faoliyatining rivojlanishi muloqotning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. 5 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Autizm tashxisli bolalar boshqa bolalar kabi muloqot qilmaydi. Ular muloqot qilishni o’rganishga muhtoj. O'yin - autizm tashxisli bolalarda ijtimoiylashuv va muloqot vositalarini rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bolaning o'yin qobiliyatlari rivojlanganligi turli xil hayotiy va o’quv vaziyatlariga ta'sir qiladi, bola qanday o'ynashni bilmasa, uning atrofdagilar bilan ijtimoiy aloqalarni o'rnatishi qiyinroq bo'ladi. O'yin faoliyati ikki yoki undan ortiq kishilarning o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. O'yinni bitta bola va bitta kattaning o'rtasidagi o'zaro ta'sir sifatida boshlash osonroq, keyin siz 2 ta bolaga bir-biri bilan o'zaro aloqa va munosabat o'rnatishga yordam berishingiz kerak, va nihoyat, bolalar sonini ko’paytirib guruhli o’yinga birlashtiring, shu tariqa ular o'zaro munosabatlarga asta-sekin kirisha boshlaydilar. Autizm tashxisli bolalar bilan ishlashda tuzatish ishlari uzoq davom ettirilishini e’tiborga olish lozim. Dastlabki vaqtlarda autizm tashxisli bolalar siz bilan aloqa qilishdan, kontaktga kirishishdan bosh tortadi, jumladan guruhli o’yinlarga qo’shilishni hamda yakka tartibda o’ynaladigan o’yinlarni ham siz bilan o’ynashni xohlamaydi. O’yin o’ynashga o’rgatishda harakatlarga taqlid qilishdan ishni boshlaymiz, harakatlarga taqlidni o’zlashtirganidan so’ng harakatlarni so’z bilan ifodalashga o’rgatamiz. Bola yaxshi kayfiyatda, charchamagan bo’lishi kerak. O’yinni ko’tarinki kayfiyatda boshlaymiz, ya’ni bola nimani yoqtirsa bajaramiz, masalan, quchoqlashish, qitiqlash va h. Bola nimani bajara olsa, o’yinni shu harakatdan boshlaymiz va rag’batlantiramiz. Autizm tashxisli bola bilan mashg‘ulotlar uchun o‘yinlar ro‘yxatini tuzishda bola faqat o’zining qishiqishiga mos keladigan o’yinlarnigina siz bilan o’ynashi mumkinligini yodda tuting. Shu bois, mashg‘ulotlarga tayyorlanish jarayoningizda bolaning qiziqishiga mos keladigan o'yinlarni tanlashingiz kerak, shuningdek o‘z rejalaringizni, tanlagan o’yinlaringizni o‘zgartirishga ham tayyor bo‘lishingiz kerak. Bolaga yoqadigan rag’bat turini tanlaymiz, biroq autizm tashxisli bola uzoq muddat o’ynaydigan, ko’p takrorlanuvchi harakat qiladigan rag’bat turini tanlamaymiz. Chunki bola faqat shu narsaga e’tibor qilib, atrofga e’tibor bermay qolishi kuzatiladi. Rag’batning turlicha ko’rinishlari mavjud, bular: -ozuqaviy, ya’ni bola xush ko’ruvchi mahsulot. Bunday rag’batdan ishimizni boshida foydalansak bo’ladi. Keyinchalik asta-sekin boshqa rag’bat turlari bilan almashtiramiz. Bu rag’bat turida meyorni unutmaslik kerak -taktil (quchoqlash, qitiqlash, silash…) -o’yin (stol, syujetli-rolli kabi turli o’yinlarni o’ynash) -ijtimoiy (gullarga suv quyishga, dasturxon tuzashga yordamlashish…) -faoliyat orqali rag’bat (kinetik qum o’ynash, chiroqni yoqib-o’chirish, qog’ozni yirtish, qaychi bilan kesish…) -jismoniy rag’bat (sakrash, yugurish…) Eng asosiysi bola bilan siz ham bola bo’ling, s

Доказательный фрагмент

«In this methodical manual, the necessary games that help to prepare children for social life, in the organization of an effective educational process with children diagnosed with autism, are highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this methodical manual, the necessary games that help to prepare children for social life, in the organization of an effective educational process with children diagnosed with autism, are highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
autism, game activity, motivation, socialization, emotional-emotional, rag’bat, социализация, communication., hissiy-emotsiotsional, autizm, ijtimoiylashuv, аутизм, эмоционально-эмоциональное общение., muloqot., мотивация, игровая деятельность, o’yin faoliyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники