К содержанию
РецензированоRU2026

РОЛЬ ФИНАНСОВОГО МЕНЕДЖМЕНТА

MOLIYAVIY BOSHQARUVNING O‘RNI · Ashirov Jasur Dilshod o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi

Современная наука и исследования · 386 · 2026

Аннотация

This thesis presents information about the role of financial management and scientific research. Key words: Financial system, world economy, competition, market economy, financial relations, financial resources, financial management. РОЛЬ ФИНАНСОВОГО МЕНЕДЖМЕНТА Аннотация. В данной диссертации представлены сведения о роли финансового менеджмента и научных исследований. Ключевые слова: Финансовая система, мировая экономика, конкуренция, рыночная экономика, финансовые отношения, финансовые ресурсы, финансовый менеджмент. Dunyo iqtisodchi olimlari tomonidan jahon xo‘jaligida mamlakatlarning raqobatbardoshligi bo‘yicha olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning yuqori natijalarga erishishida boshqaruv sifati favqulodda muhim o‘rin tutadi. “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mamlakatni iqtisodiy jihatdan taraqqiyotini ta’minlashda savodli moliyaviy boshqaruvning o‘rnini baholash nihoyatda mushkul. Shiddatli raqobat va voqealar rivojini oldindan bashorat qilish juda qiyin bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy boshqaruv sohasida amaliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy asos yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, moliyaviy boshqaruvga ilmiy yonda-shuv iqtisodiyot tarmoqlari va tashkilotlarini barqaror moliyalashtirishga, aholining moddiy farovonligini oshirishga, korxonalarning moliyaviy- 120 iqtisodiy faoliyati jarayonida noqulay holatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish, pirovardida esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashadi. Moliyaviy sohada boshqaruv obyektlari turli xil moliyaviy munosabatlar bo‘lganligi sababli, moliyaviy boshqaruv-davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar-ning zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishlari borasida turli xil ta’sir ko‘rsatish chora va tadbirlari ko‘magida moliyaviy munosabatlar, ularga tegishli bo‘lgan moliyaviy resurslarga ta’sir ko‘rsatish jarayonini ifoda etadi. Davlat moliyasini boshqarish: a) davlatning iqtisodiy institutlari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro muzonati; b) kamomadsiz davlat byudjetini; v) moliyaviy munosabatlarning asosiy unsuri sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’min-lashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqariladigan (obyektlar) va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlarning yaxlitligini tashkil qiladi. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) majmuidan iborat bo‘lgan moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari majmuidan iborat bo‘lgan moliya tizimini o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat obyektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv subyektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Moliyaviy boshqaruv haqida so‘z borar ekan, boshqaruv obyekti va subyektlarini aniqlashtirish talab qilinadi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, moliya obyektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uni faqat shu kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlari,imkoniyatlarini o‘rganish va bilish orqaligina boshqarish mumkin. Faqat moliyaviy munosabatlarni, moliya kategoriyasining namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllarini boshqarish orqali iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ushbu holatda moliya boshqaruv obyekti sifatida maydonga chiqadi. Boshqaruv obyektlari turli xil moliyaviy munosabatlardir. Moliyaviy munosabatlarni sohalar bo‘yicha tasniflaydigan bo‘lsak, odatda boshqaruv obyekti sifatida qabul qilinadigan uchta asosiy guruh mavjud: korxona, muassasa va tashkilotlar moliyasi, sug‘urta munosabatlari va davlat moliyasi farqlanadi. Moliyaviy boshqaruv subyektlari haqida so‘z borar ekan, an’anaviy tarzda moliya fanida moliyani bevosita boshqarishda ishitrok qiladigan tashkiliy tuzilmalar to‘plami tushuniladi: a) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliyaviy xizmatlari, b) sug‘urta organlari, 121 v) moliya organlari va soliq inspektsiyasi. Ushbu xizmatlar odatda moliyaviy apparat ham deb yuritiladi. Davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini tartibga solish, moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va shu kabilar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanat, byudjet profitsiti, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligida namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’mi

Доказательный фрагмент

«This thesis presents information about the role of financial management and scientific research.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis presents information about the role of financial management and scientific research. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Financial system, world economy, competition, market economy, financial, financial resources, рыночная экономика, bozor iqtisodiyoti, финансовые отношения, мировая экономика, jahon xo‘jaligi, конкуренция, financial management., финансовый менеджмент., moliyaviy resurslar, Финансовая система, financial relations, Moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv., raqobat, финансовые ресурсы, moliyaviy munosabatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники