Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АНАЛИЗ ГОСУДАРСТВЕННОСТИ И УПРАВЛЕНИЯ СРЕДНЕВЕКОВЬЯ.
Abduazimov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article focuses on the role of the states that ruled in Central Asia in the Middle Ages in Uzbek statehood and governance. Keywords: statehood, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu, Movarounnahr, Khorasan. АНАЛИЗ ГОСУДАРСТВЕННОСТИ И УПРАВЛЕНИЯ СРЕДНЕВЕКОВЬЯ. Аннотация. В данной статье рассматривается роль государств, господствовавших в Средней Азии в средние века, в узбекской государственности и управлении. Ключевые слова: государственность, государственное управление, Турецкий каганат, Ашин, Туу, Мовароуннахр, Хорасан. Markaziy Osiyo hududlarida bir qator davlatlar, xalqlar yashagan va tarixda o‘ziga xos iz qoldirib ketgan. Ushbu davlatlar mintaqa hududida shakllanib, rivojlanib, keyinchalik tarix sahnalaridan ketishi bilan birga o‘lkaning davlatchiligi hamda davlat boshqaruvida o‘zining ayrim elementlarini qoldirib ketganligiga guvoh bo‘lamiz. О‘zbekiston davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim о‘rin egallaydi. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u, О‘g‘iz, Tо‘qqiz о‘g‘iz, О‘ttuz tatar, Qarluq, Qiton, Tolis, Turk, Uyg‘ur, Quruqan, Duba va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy о‘lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. О‘sha paytda hozirgi Mо‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei kо‘tariladi. Ashin urug‘iga mansub Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug‘larni о‘zlariga bо‘ysundiradilar va Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning о‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bо‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qо‘shinlarini yengib, ularni о‘zlariga bо‘ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos solinadi [1, B.46-48]. Ma’lumotlarga kо‘ra, Turk xoqonlari О‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan bо‘lsalar-da biroq, о‘zlari bu hududga kо‘chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bо‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-о‘lponlar va tо‘lovlar bilan kifoyalanganlar[2]. 3 85 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bundan kо‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina о‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa kо‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bо‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga kо‘ra, turkiylar xonni taxtga о‘tqazishda maxsus marosim о‘tqazishgan. Ya’ni, amaldorlar bо‘lajak xonni kigizga о‘tqazib, quyosh yurishi bо‘ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. Sо‘ngra xonni otga о‘tqazib, bо‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz necha yil xon bо‘lmoqchisiz?” deb sо‘raganlar. U necha yil xon bо‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan [3]. Qadimgi turkiy afsonalarda aytilishicha, turklarning tasavvuriga kо‘ra, davlatchilikning markazi, uni о‘z qо‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning humkron sulolasi asosiy bо‘lib, u uchta kuch – osmon (Tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi. Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “yabg‘u” (bahodir) bо‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxо‘rlik qila olmas edi. Xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bо‘lgan uluslarga bо‘linish tizimiga asoslanib belgilangan. Ushbu tizimga kо‘ra, taxt aksariyat hollarda otadan о‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxо‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga о‘tirgunlariga qadar о‘zlariga berilgan usullarni boshqarib turganlar [4]. VIII asr о‘rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qо‘li ostidagi ma’muriy-idora usuli о‘z shaklini saqlab qolgan bо‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining kо‘pchiligi о‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish uchun islom dinini qabul qilgan edilar. Ushbu dinni qabul qilmagan zodagonlar о‘z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon tо‘lar edilar[5]. Arablarning О‘rta Osiyoda bosib olgan hududlarining boshqarish markazi Marv shahri edi, shu yerdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. VIII asrning о‘rtalari va oxirlarida Movaraunnahr va Xuroson hududlaridagi siyosiy boshqaruv xalifalik siyosiy tizimiga moslashtirib bо‘lingan edi. Bu davrda Movaraunnahr
Доказательный фрагмент
«This article focuses on the role of the states that ruled in Central Asia in the Middle Ages in Uzbek statehood and governance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on the role of the states that ruled in Central Asia in the Middle Ages in Uzbek statehood and governance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- statehood, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu, Мовароуннахр, Хорасан., Ашин, государственное управление, Turk hoqonligi, Турецкий каганат, Khorasan., davlatchilik, davlat boshqaruvi, государственность, Movarounnahr, Xuroson., Туу
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026