Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБ ИСТОРИИ ВУАЛИ ИЛИ СРЕДНЕВЕКОВОЙ ЖЕНСКОЙ ПЛАТЬЯ
Gadayeva Mohigul Muxamedovna
Современная наука и исследования · 3 · 551-556 · 2024
Аннотация
This article talks about the history of the burqa, which is considered a women's outerwear, how it is made differently in different regions, and how women wear the burqa on the street. Key words: chachvan, veil, ton, burka. ОБ ИСТОРИИ ВУАЛИ ИЛИ СРЕДНЕВЕКОВОЙ ЖЕНСКОЙ ПЛАТЬЯ Аннотация. В данной статье рассказывается об истории паранджи, которая считается женской верхней одеждой, о том, как ее по-разному изготавливают в разных регионах и как женщины носят паранджу на улице. Ключевые слова: чачван, чадра, тон, паранджа. Paranji (arabcha-faranji- keng ko`ylak )-musulmon ayollari yopinchig`i bo`lib, chachvon bilan birga ansambl hosil qilgan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha,paranji Misrda pardo bo`lib, keyinchalik Sharq mamalakatlartiga tarqalgan. Paranji ayollar gavdasini boshidan oyoq yashirib turishga xizmat qiladi. Bichimi keng toʻn shaklida boʻlib, yelkadan pastga tomon torayib boruvchi uzun bandagi (yengi) etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtirilgan. Ayol yuzini chachvon toʻsib turgan. Paranji avra-astarli qilib titikib, avrasi baxmal kimxob, banoras, olacha va boshqa matolardan tikilib, chetlariga kashta tikilib, kashtali jiyaklar tutib bezatigan, astari chit, satindan tayyorlanib,hamda chetlariga zangori, Pushti yoki sidirgʻa shoyidan adip qilingan. Paranjining ikki yoniga (choʻntak oʻrniga) tik tushgan (25 sm uzunlikda) 2 ta jiyak tutashtirib chatilgan, jiyaklar uchidan popukchalar chiqarilgan, baʼzan qoʻngʻiroqchalar osilgan. Paranjining oʻtmishdoshi faraji ham erkaklar, ham ayollarning yengil keng ustki kiyimi boʻlgan. Paranji ayollarning gavdasini, yuz-koʻzini yashirib turishga xizmat qilgan va uydan tashqarida yopinilgan. Paranjining old tomoni toʻrsimon chachvon (chimmat, tojikcha, chashmband – koʻztoʻsar) bilan berkitilgan. M.Asomiddinova «paranji» soʻzi arabcha forajiya, farojat soʻzidan olingan boʻlib, atama arablarda din ahllari, ulamolar, sultonlarning qimmatbaho matodan keng qilib tikilgan ustki kiyimi ekanligini ta’kidlab, Vatanimizda yashovchi uygʻurlarning ayrim etnik guruhlari orasida yaqin oʻtmishgacha perejenomi bilan yuritilgan mazkur kiyim erkaklarning yengi uzun kiyimi boʻlganligini keltiradi. Olima paranji atamasini turkmanlardagi pÿrenchek//bÿrÿnchak– burkanmoq fe’liga bogʻlashga harakat qiladi va dalil sifatida «Devoni lugʻotit turk» asarida uchraydigan býrýndи – kiydi, burkanib oldi, yopindi fe’lini keltiradi. Ayni tadqiqotchi etnograf 1 09 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ N.P.Lobachevaning fikrlari asosida quyidagilarni keltiradi: «qadimda ust kiyim vazifasini oʻtagan turkmancha poʻrenҷyek keyinchalik kiyimlik vazifasidan chiqa borib, oddiy bir yopinchiqqa aylanib, uning yenglari ingichkalashib, oddiy bir bezak holatiga kirgan. Uning oʻmizi (yeng oʻrni, yeng oʻtkaziladigan oʻyma) tanaga to`kilib, qoʻltiq qismidagi qulpagi saqlangan va shu shakldan paranch(j)i kelib chiqqan». Tarixiy, xususan, arxeologik manbalarda ayollarning paranji koʻrinishidagi kiyimda tasvirlangan namunalari mavjud. Masalan, eftaliylar davriga (V-VI asrlar) oid Bolaliktepa (Surxondaryo vohasi) yodgorligi devoriy suratlarida ziyofat manzarasida ishtirok etayotgan ayollarning yelkasiga yopilgan yengsiz parchabof matodan tikilgan kiyim ayni biz koʻzda tutgan paranjining oʻzidir. Paranjining ayollar koʻchalik ustki kiyimi ma’nosidagi vazifasi Oʻrta Osiyoda islom madaniyati doirasida oʻzgarishga uchragan. Bunga ayollarning erkaklar jamiyatidan ajratilishi sabab boʻlgan. Paranji ayol kishining ochiq yuzini koʻrsatmaslik shartiga binoan yelkadan boshga koʻtarilib, ayol yuzining «nomahram» nazaridan berkitilishiga xizmat qila boshlagan. Shu sababli paranji deganda boshga yopiladigan yengsiz kiyim tushunib kelinadi. Markaziy Osiyoda XVI asrda ilm ahlining ustki kiyimi hisoblangan,shu asrdan ayolni begona koʻzlardan yashiruvchi yopinchigʻiga, uzun yenglari bezak qismiga aylangan. Paranji yopinish islom shariatiga mos kelgan. Paranji tikilishining ham o`ziga xos ma`nolari bo`lgan.Masalan, yengi bir-biriga ulab tikib qo‘yilgan paranjini turmushga chiqmagan qiz bola kiygan. Agar yenglari alohida tursa, demak turmush qurgan ayolga tegishli. Ikki yengi ulangan paranjidan esa cho‘ntak sifatida ham foydalanish mumkin bo‘lgan. Kim biladi deysiz, mana shu paranjining yengidan qancha shirinlik bolachalarga chiqarib berilgan ekan... Oʻzbekiston huhudi tumanlarida paranjilar oʻziga xos, bir-biridan ajralib turadigan belgilarga ega boʻlgan. Toshkent va Fargʻonada paranjilar serxusham boʻlib, ipak kashtalari bilan ajralib turgan. Ularning bichigi Samarqandnikiga oʻxshash, lekin yoqalari kengligi balan farqqilgan. Samarqand paranjisi esa shakl jihatdan Qashqadaryoning erkaklar choponiga oʻxshash boʻlgan. Buxoro paranjisi yoqasining yarmi qisqa shaklda tikilgan. Buxoro va Samarqandda paranji qora va gulli matolardan kashtasiz tikilgan, faqat chetlari va yenglari jiyaklar bilan bezatilgan, ularda qizil va oq rang ustunlik qilga
Доказательный фрагмент
«This article talks about the history of the burqa, which is considered a women's outerwear, how it is made differently in different regions, and how women wear the burqa on the street.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the history of the burqa, which is considered a women's outerwear, how it is made differently in different regions, and how women wear the burqa on the street. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chachvan, veil, ton, burka, to`n, burka., паранджа., paranji, тон, чадра, chachvon, чачван
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025