Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭТНОЛИНГВИСТИКА
Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna
Современная наука и исследования · 3 · 551-556 · 2024
Аннотация
This article provides information on the study of ethnolinguistics, as well as the relationship between ethnolinguistics and ethnoculture and language. Ethnolinguistics is the linguistic feature of ethnos, ethnolinguistic processes in internal and international relations, the role of language in the formation and activity of ethnic communities, language and traditional culture, ethnic identity of thought, ethnolinguistic classification of world languages. Key words: ethnolinguistics, ethnology, ethnolinguistics, onomastics, areal (territorial) linguistics, linguistic geography, dialectology (dialectology), language history, sociolinguistics, cartography. ЭТНОЛИНГВИСТИКА Аннотация. В данной статье представлены сведения по изучению этнолингвистики, а также взаимосвязи этнолингвистики с этнокультурой и языком. Этнолингвистика – лингвистическая особенность этноса, этнолингвистические процессы во внутренних и международных отношениях, роль языка в формировании и деятельности этнических общностей, язык и традиционная культура, этническое своеобразие мышления, этнолингвистическая классификация мировых языков. Ключевые слова: этнолингвистика, этнология, этнолингвистика, ономастика, ареальная (территориальная) лингвистика, лингвогеография, диалектология (диалектология), история языка, социолингвистика, картография. Etnolingvistika— tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqlik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: – etnik omillar (etnosning urf-odatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar) ning til rivojiga taʼsiri – til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri. 5 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi. Ma’lumki, etnolingvistika — tilshunoslikning xalq (millat, elat) va uning tili orasidagi aloqa va munosabatni etnolisoniy (etnik madaniyat va etnik til mushtarakligi tamoyili) asosda o‘rganuvchi soha. U, asosan, ikki yo‘nalishda ish ko‘radi: – xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o‘rganish; – xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o‘rganish. Birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish mumkin. Til va etnik xususiyat munosabati, ularning bir-biriga ta’siri ikki yo‘sinda kechadigan jarayon: – etnik omil (urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashlar va h.) ning til rivojiga ta’siri; – lisoniy omilning etnos (va etnik xususiyat) rivojiga ta’siri. Deylik, bir xalqda etnik xususiyat (urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashlar) unutilib, bunga mos ravishda ularni ifodalovchi til birliklari ham faol lisoniy xazinadan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylana boradi. Natijada millat, xalq, elatning o‘zligiga putur yeta boshlaydi. Millat, xalq, elat o‘z ma’naviyatidan mahrum bo‘lib boradi. Bu, muqarrar ravishda, faol leksikada ham o‘z aksini topadi. Til leksikasida etnografik mikrosistema tanazzulga uchray boshlaydi. Bu etnik omillarning tilga ta’siridir. Pirovardida etnografik leksikaga ega bo‘lmagan millat farzandlari ongidagi etnolisoniy bo‘shliq g‘ayriyot lisoniy unsurlar bilan to‘lib boradi. Til va etnik xususiyat ta’sirini ajratish faqat tadqiqiy maqsadda bo‘lib, bu ajratish nisbiy tabiatga ega, aslida ular yaxlit sodir bo‘ladigan uzluksiz va uzviy jarayon. Etnolingvistika til va uning rivojiga etnik guruhlarning qanchalik xissa qo‘shganini ham, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini ham tadqiq qiladi. Bu yuqorida aytilgan birinchi, tashqi maqsad uchun ahamiyatliroq. Birinchi maqsadda ko‘proq tavsifiy tadqiq metodikasi asosida ish ko‘riladi. Tilshunoslikning etnik nomshunoslik (onomastika), areal (hududiy) lingvistika, lingvistik jo‘g‘rofiya, dialektologiya (shevashunoslik), til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistikaning mazkur tavsifiy usulda qo‘lga kiritgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo‘lmagan xalqlarning etnografiyasini o‘rganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyat bilan bog‘liq lisoniy materiallarni to‘plash va tadqiq qi
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the study of ethnolinguistics, as well as the relationship between ethnolinguistics and ethnoculture and language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the study of ethnolinguistics, as well as the relationship between ethnolinguistics and ethnoculture and language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethnolinguistics, ethnology, ethnolinguistics, onomastics, areal (territorial), etnolingvistika, этнолингвистика, etnologiya, этнология
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025