К содержанию
РецензированоRU2024

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ФИГУРЫ МАТЕРИ В ЭПОСЕ "ОБРАКИ ПАМЯТИ".

Shavkatova Jasmina · "FRAGENCES OF MEMORY".

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article provides information about the artistic world of the poetess Zulfiya. The epic "Broken Memories" and its poetry, which has a special place in the work of the poetess, are analyzed. In the epic, the uniqueness of the mother's figure and the poetic interpretation of tender love are highlighted through examples. Key words: Mother, independence, freedom, pain, suffering, time, heart, national spirit, analysis, interpretation. ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ФИГУРЫ МАТЕРИ В ЭПОСЕ "ОБРАКИ ПАМЯТИ". Аннотация. В статье представлены сведения о творческом мире поэтессы Зульфии. Анализируется эпос «Разорванные воспоминания» и его поэзия, занимающая особое место в творчестве поэтессы. В эпосе на примерах подчеркивается своеобразие фигуры матери и поэтическая интерпретация нежной любви. Ключевые слова: Мать, независимость, свобода, боль, страдание, время, сердце, национальный дух, анализ, интерпретация. Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biridir. U o‘zining teran falsafiy, hassos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida yangi sahifa ochdi. Zulfiya qator dostonlar yaratdi. Uning “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi dostonlari shoira dunyoqarashining kengligini, turmush tajribalarining ortganini, tuyg‘u va fikrlarining teranligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Zulfiya she’riyati hayotbaxsh lirik tuyg‘ularga, yangi-yangi fikrlarga, chuqur g‘oyaviy mazmunga, teran hissiyotga, ajoyib obrazlarga, rang-barang tasviriy vositalarga boydir. Shoira vafo va sadoqat qo‘shig‘ini barilla kuyladiki, bu qo‘shiq bugun har bir yurakda aks-sado berib turibdi. Quli gul bir bog‘bonning bog‘ida keza turib, sizni, butun vujudingizni, o‘zining mayin va xushbo‘y hidi o‘z domiga tortadigan atirgullarga duch kelasiz, ozgina uzoqlashsangiz yana ortingizga qaytib bu ifordan bahramand bo‘lsam, deysiz. Zulfiya poeziyasini ham ana shunday gulning betakror iforiga mengzasak mutlaqo adashmaymiz. Undagi baxtning oliy ifori sizni yuksaklarga olib uchadi, shubhasiz. Zulfiya Isroilova umrining xayrli shomida, sakson yoshida bitgan “Xotiram siniqlari” asari butun bir kechinma-yu, ayriliqning dilnomasidir. Bu hech shubhasiz, XX asr o‘zbek she’riyatining unutilmas, qadrlash va e’zozlashgan arzigulik hodisasi. “Zulfiya ijodida “Xotiram siniqlari” (1995) dostoni o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Doston mustaqillik davrining mahsuli bo‘lib, unda 1 93 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mustaqillik dil-dildan ulug‘langan. Shoira asarda umri davomida o‘z boshidan kechgan yaxshi va yomon kunlarni eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik to‘g‘risida teran poetik mulohaza yuritgan. Sho‘rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dardu alamlarini, orzu- istaklarini doston misralari qatqatiga to‘kib solgan. Shu tarzda el-yurt ko‘ngliga harorat baxsh etgan”1. Tafakkurni charxlab, milliy ruhni o‘stirib, tarixdan saboq chiqarishga o‘rgatadi. Qahramonlar, obrazlarning tasvirini berishda Zulfiya ortiqcha tashbehlarga qidirmaydi, jim-jimador so‘zlardan faydolanishga oshiqmaydi. Xotirasida jonlangan yaqinlarining insoniy qiyofasini o‘z aksidek chizib beradi. Dastla onasining yorqin siymosini nihoyatda mayin, samimiy ifodalash yo‘lini tutadi: Qarog’ida mehr shamlari yoniq – Gullagan o‘rikday orasta otin. Onalarimizni mehnatkash, mehribon, shirin so‘zli sifatlar bilan namoyon qilish so‘z san’atimiz tarixida ko‘p uchragan hodisa sanaladi.Lekin “gullagan o‘rikday orasta otin” degan tashbehda butun dunyo onalariga xos fazilatlar bo‘y ko‘rsatgan desak mubolag’a bo‘lmaydi. Bu ham shoiraning so‘z qo‘llash mahoratidan, zero bunday ifoda, go‘zal istiora hech bir ijodkorning, qalamkashlarning, ijodiy merosida uchramagan.Shoira bundan keying misralarida ana shunday samimiyatni bardavom tasvirlaydi. So‘fi Olloyor-u Mashrablarning kitoblarinino‘pib qo‘liga olishi-yu, o‘yinqaroq bolalarini adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi ifodalnadi. Onam qo‘llarida mushtday tugunchak, Tosh shaharni kezar avaxta izlab, Avaxta nechadir,zor ona necha, Nechalar yashardi zamonni “siz”lab. Zulfiyaning mahorati shunda ko‘rinadiki, butun bir romanbop tarixiy voqelikni mana shu satrlarda joylay olgan. Bu misralarda shoiraning nohaqlikda qatag‘on qilingan akasining sog‘inchi onasi bilan doimo birga yashaganligi shoirona aks ettirilgan. Adabiyotdagi favqulodda obrazlar uni yaratgan adib yo shoirning qalbiga eng kuchli ta’sir etgan tirik insonlardan olingan ulgilardir. “Xotiram siniqlari”dagi mushfiqa va daryodil ona, “metindan yaralgan” ota va milliy g‘ururi bosqinchilar ruhini yerparchin etgan aka, shubhasiz, shoira Zulfiyaning bir umr yuragida yashagan yaqinlari siymolaridir. “Xotiram siniqlari” ham shu darajaga yetgan asar. Undan o‘quvchi millatning xuddi shunday yuzlab otalari, onalari, akalari siyratini ko‘rib, tanib, sevadi, ardoqlaydi. Keksa ko‘zlarida mo‘ldir va mo‘ldir Qotgan ko‘z yoshlarga boqardim hayron. Bu sokin j

Доказательный фрагмент

«The article provides information about the artistic world of the poetess Zulfiya.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides information about the artistic world of the poetess Zulfiya. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mother, independence, freedom, pain, suffering, time, heart, national spirit, Ona, istiqlol, hurriyat, Мать, независимость, свобода, Mother, independence, freedom
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники