К содержанию
РецензированоRU2025

IQTISODIY FANLARNI O‘QITISh SAMADORLIGINI OShIRISh YO‘LLARI. TTESI, «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi kata o‘qituvchisi Umarova M.N.

Umarova M.N.

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Сегодня от педагогов-преподавателей экономических дисциплин требуется целенаправленное использование интерактивных методик обучения, тестовых заданий, конкретных ситуаций, чтобы на основе теоретических положений анализировать противоречивые процессы рыночных преобразований. Исходя из этого в статье приводится практика эффективного использования педагогических технологий при преподавании экономических дисциплин. Annotation: Today, teachers-teachers of economic disciplines are required to purposefully use interactive teaching methods, test tasks, specific situations in order to analyze the contradictory processes of market transformations on the basis of theoretical principles. Based on this, the article provides a practice of effective use of pedagogical technologies in the teaching of economic disciplines. Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiyalash jarayoni ro‘y bermoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlar ichida iqtisodiyot alohida o‘rin tutadi. Chunki har doim insonning hayoti iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning asosida ta'minlab kelingan. Shuningdek, iqtisodiy fanlarni o‘qitish muhimligi shundaki, u insonning eng zarur moddiy sharoitini https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 3 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 ta'minlaydi, yashash uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik xukm suradi. Samarali iqtisodiyot tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o‘ziga ishonch uyg‘otadi, eng qiyin iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek optimal xo‘jalik qarorlari qabul qilishga imkon beradi. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning ilmiy- texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish – har qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga erisha omaydi. O‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari va vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish imkonini beradi. Hozirgi davrda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti-kadrlarni tayyorlash tizimini mukammal bo‘lishi iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanish hisoblanadi. Bu sohadagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. “Milliy dastur”ni amalga oshirishda kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy ilmiy fikrlar, yutuqlarni va ijtimoiy tajribalarni ta'lim jarayonining hamma bosqichlarida, uzluksiz ta'lim tizimi ta'lim muassasalarining hamma shakli va turlarida ilg‘or-metodik ta'limlarga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Shu nuqtai nazardan, ta'lim jarayonlariga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yuqori samara berishi mumkin. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya asosida talabalarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, ta'lim jarayoniga qadriyat sifatida yondoshish munosabatini ta'minlash, faollikni oshirish, o‘z-o‘zini anglash va mustaqillikni shaklllantirish yotadi. Shuning uchun iqtisodiy fanlarni o‘qitish samarasini https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 4 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 oshirish talabalarning aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish, intellektual rivojini ta'minlash, kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini mukammal egallab, amaliyotda qo‘llay bilishini ta'minlaydi. Iqtisodiyot bo‘yicha g‘arb olimlari darsliklari bilan tanishganimizda, xar bir nazariy ma'ruza albatta amaliy misollar bilan tasdiqlanganligiga guvoh bo‘lamiz. Shunday qilib, talabalarga bilim berish jarayonida, albatta halq ho‘jaligi tarmoqlari rivojlanishi, istiqbollari va hozirgi holatiga oid misollar bilan ularni qiziqtirish lozim. Yuqorida keltirilgan masalani samarali yechishda quyidagi vazifalarni oldimizga qo‘yamiz: 1. Ta'lim-tarbiya jarayonida to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakani shakllangan yig‘indisini hosil qilish. 2. “Milliy dastur”ni amalga oshirishda mavjud tizimni tubdan o‘zgartirish, zamonaviy ilmiy fikrlarni, tajribalarni joriy etilishiga ilg‘or pedagogik usullar yordamida erishish. 3. Fanni o‘zlashtirish jarayonida har bir mavzuning mohiyati va tajribadan kelib chiqib ilg‘or pedagogik texnologiyaning ma'lum bir usullarini qo‘llash. 4. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabani erkin fikrlashga, fan ustida samarali izlanishni tashkil etish. 5. O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida do‘stona, faol muno

Доказательный фрагмент

«Сегодня от педагогов-преподавателей экономических дисциплин требуется целенаправленное использование интерактивных методик обучения, тестовых заданий, конкретных ситуаций, чтобы на основе теоретических положений анали…»

Образец извлечения

Демо-превью

Сегодня от педагогов-преподавателей экономических дисциплин требуется целенаправленное использование интерактивных методик обучения, тестовых заданий, конкретных ситуаций, чтобы на основе теоретических положений анали… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy fanlarni, ilg pedagogik, экономических дисциплин, economic disciplines, fanlarni qitish, https scientific-jl, scientific-jl com
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники