К содержанию
РецензированоRU2023

ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНИКОВ МАТЕМАТИКИ ДЛЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

TASHKIL ETISH · Matsapayeva Nafisa Boltabayevna · Narmetova Manzura O‘razmetovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information on the problems of elementary school mathematics textbooks. Key words: Didactic process, scientific achievements, use of advanced technologies, mathematics didactics. ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНИКОВ МАТЕМАТИКИ ДЛЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье представлена информация о проблемах учебников математики для начальной школы. Ключевые слова: Дидактический процесс, научные достижения, использование передовых технологий, дидактика математики. Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali boshqarish va qo’yilgan o’quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv –vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimdir Matematika fanidan egallagan kompetensiyalari darajalariga qo‘yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bo‘yicha uzviy bo‘lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta’lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o‘zaro bog‘liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Egallangan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar: – har bir darajani to‘liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi, – O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi. Davlat standartlarining aniq o‘quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha 1 16 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ishlab chiqilishi o‘quv fanlarini varianti tanlash asosida o‘quv-metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarinig ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik- matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang‘ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o‘qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim. Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. 6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to‘ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich ta’lim – tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu o‘zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani va matematika fani xususiyatini o‘z ichiga metodologik o‘qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o‘zi, har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini tiklash va qo‘llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilis

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the problems of elementary school mathematics textbooks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the problems of elementary school mathematics textbooks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Didactic process, scientific achievements, use of advanced technologies, Дидактический процесс, Didaktik jarayon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники