Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РУКОВОДСТВО ДЛЯ УЧИТЕЛЕЙ ПО ТВОРЧЕСКОМУ ОПЫТУ
Yoqubov O‘lmasjon · Kamoliddin Behzod nomidagi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
General understanding of sculpture, contemporary sculpture, master-disciple traditions in sculpture. Key words: kitsch, masterpiece, majestic sculpture, round sculpture. РУКОВОДСТВО ДЛЯ УЧИТЕЛЕЙ ПО ТВОРЧЕСКОМУ ОПЫТУ Аннотация. Общее представление о скульптуре, скульптура, идущая в ногу со временем, традиции мастеров и учеников в скульптуре. Ключевые слова: китч, шедевр, величественная скульптура, круглая скульптура. Haykaltaroshlik tasviriy sanʼat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). Haykallarning 2 asosiy koʻrinishi - aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud. Shu bilan birga haykaltaroshlikning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ular: Monumental haykaltaroshlik - haykaltaroshlikttg meʼmorlik va shaharsozlik bilan bogʻliq turi. Oʻz koʻrinishiga koʻra, dumaloq (mukammal) kabi turlarda bo’ladi. Monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, bevosita atrof muhit, meʼmoriy binolar bilan uygʻunlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga moʻljallanganligi uchun kattakatta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va boshqalarga oʻrnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham 364 Monumental haykaltaroshlikga taalluklidir. Monumental haykaltaroshlikga muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik majmualari, shuningdek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navoiy teatri binosi oldidagi favvora va boshqalar) asarlari kiradi. Asar rangini haykal uchun ishlatilayotgan xom ashyo (marmar, granit, bronza va boshqalar) belgilaydi. Monumental haykaltaroshlik ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq holda rivojlangan. Qad. Misrda, Gʻarbiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa sharq mamlakatlarida muhim oʻrin egallagan. Yunoniston va Rimda uning nodir namunalari yaratilgan. Oʻrta asr Yevropa mamlakatlari sanʼatida muhim rol oʻynagan: sobor, ibodatxonalar, ularni oʻrab turgan maydonlar haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan Monumental haykaltaroshlik namunalari ishlandi (Donatello, Mikelanjelo va boshqalar), XVII-XX asrlarda yangi mazmun va nafis gʻoyalar bilan boyidi (L. Bernini, O. Roden, F. Kramer va boshqalar). Oʻzbekiston hududi (Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Quva va boshqalar)da qadimda Monumental haykaltaroshlikning ajoyib namunalari yaratilgan. Arablar istilosidan ke-yin bu sanʼat turi amaliyotdan chiqib ketgan; faqat XIX asr oxiri XX asr boshlaridan yana jonlandi. Toshkent, Samarqandda ilk namunalari (Samarqandda "Ozodlik", Toshkentda Navoiy haykali va h.k.) bunyod etildi. Monumental haykaltaroshlikning yangi taraqqiyot davri XX asrning 60-80-yillarga toʻgʻri keladi (A.Ikromov, Oybek, S.Rahimov, Hamid Olimjon va boshqa haykallar). Ayniqsa, mustaqillikdan keyin mahobatli haykaltaroshlik yangi ma’lum mavzular bilan boyidi: Oʻzbekistonning buyuk shaxslariga meʼmoriy haykaltaroshlik majmualari, mahobatli haykallar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Fargʻoniy, Alpomish va boshqalar) barpo etildi. Bezak haykaltaroshligi -haykaltaroshlik turi, asarlari maʼlum meʼmoriy makonni yoki tabiiy sharo-itni hisobga olgan holda binoning tashqarisi yoki ichkarisini, shahar koʻchalari, maydonlari va xiyobonlarini bezatadi. Bezak haykaltaroshligi ga meʼmoriy bezaklar (atlantlar, maskoronlar, kariatidalar), favvoralar uchun ishlangan xaykallar, panjaralar, badiiy bezakli darvozalar, binoning ichki bezaklariga marmar, metall, chinni va boshqalardan ishlangan kichik shakldagi haykallar kiradi. Asarlari meʼmoriy ansambl bilan uygʻunlashib, sanʼat asari sifatida uz mustaqilligini yoʻqotmaydigan mahobatli haykaltaroshlikdan bezak vazifasini oʻtashi bilan farqlanadi. Bezak haykaltaroshligi da obrazlarni yumorli tarzda talqin etish, boʻrttirishga yoʻl qoʻyiladi, turli xayvonlar (mas, baliq, qurbaqa. laylak va h.k.) shakllari keng ishlatiladi. 365 Kitch. Dasgoh haykaltaroshlikka mustaqil mazmunga ega bo’lgan, san’atning boshqa turiga tobe bo’lmagan asarlar kiradi. Ular ko’pinch ko’rgazmalar, muzey xonalariga va uyning interyeriga qo’yish uchun mo’ljallanadi. Bu tur asarlarida voqelik o’zing butun borlig’i bilan aks ettiriladi. Shu bilan birga inson ruhiyatining nozik his-tuyg’ularini, ichki kechinmalarida katarsis tushunchalarini o’zida yorqin ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Nafis haykaltaroshlik buyumlari oʻzining n
Доказательный фрагмент
«General understanding of sculpture, contemporary sculpture, master-disciple traditions in sculpture.»
Образец извлечения
Демо-превьюGeneral understanding of sculpture, contemporary sculpture, master-disciple traditions in sculpture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kitsch, masterpiece, majestic sculpture, round sculpture, kitch, shedevr, kitsch, masterpiece, китч, шедевр
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025