Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
РОЛЬ ОТНОШЕНИЙ СОБСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕ.
Naimova Nargiza Akbarovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, in the economy based on market relations, entrepreneurial ability is an economic resource and necessarily requires the provision of necessary conditions. During the reforms implemented in our republic, especially at its current stage, attention is being paid to the development of entrepreneurship and giving it wide freedom. Keywords: Entrepreneurship, small business, small and medium-sized business, tax rates, digital economy, license, real estate, company, commercial bank. РОЛЬ ОТНОШЕНИЙ СОБСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕ. Аннотация. В данной статье в экономике, основанной на рыночных отношениях, предпринимательская способность рассматривается как экономический ресурс и обязательно требует обеспечения необходимых условий. В ходе реформ, реализуемых в нашей республике, особенно на современном этапе, уделяется внимание развитию предпринимательства, предоставлению ему широкой свободы. Ключевые слова: Предпринимательство, малый бизнес, малый и средний бизнес, налоговые ставки, цифровая экономика, лицензия, недвижимость, компания, коммерческий банк. Kishilarning moddiy ne’matlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va iste’mol etishdagi o‘rni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga ko‘ra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar g‘oyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh bo‘lib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki bo‘lgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan bo‘ldi. Bu o‘zgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Mulk – moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar egaligida bo‘lishi va ular tomonidan o‘zlashtirilishidir. Mulkka egalik huquqi hamda mulk ob’ektlariga egalik, ularni bo‘lish, taqsimlash bo‘yicha kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulk ob’ekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar, san’at va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni amalda 8 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘zlashtiruvchilar mulk sub’ektlari, ya’ni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko‘rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi. Xususiy mulk – bu mulkni o‘zlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U ikki xil bo‘ladi: 1. Individual – yakka xususiy mulk, ya’ni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2. Korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir kismi sifatida mavjud bo‘lgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki – bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki bo‘lib, bu mulkning egalari shu jamoada mexnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki – davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk ob’ekti – yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy ne’matlarni yaratishga xizmat qiladi. Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yo‘nalish olmoqda, ya’ni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan. Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo bo‘lishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning o‘ziniki yoki o‘zganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor: 1.Mulkka egalik qilish, ya’ni mulkdorlik huquqining mulk egasida saqlanib turishi. 2.Mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor o‘z mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qo‘lda to‘planadi, Mulk keltirgan nafni uning egasi tanho o‘zlashtiradi. Mulk o‘zgalar qo‘lida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham ko‘radi. 3.Mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, ya’ni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qo‘yish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga berish muhim o‘rin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi ko‘chmas mulklar
Доказательный фрагмент
«In this article, in the economy based on market relations, entrepreneurial ability is an economic resource and necessarily requires the provision of necessary conditions.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, in the economy based on market relations, entrepreneurial ability is an economic resource and necessarily requires the provision of necessary conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Entrepreneurship, small business, small and medium-sized business, tax rates, Tadbirkorlik
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026