Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЗДАНИЕ ГАРАНТИИ ПРАВ И СВОБОД ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКИСТАНЕ
Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, it is explained that personal freedom, protection and guarantee of human rights, and democracy of the new era are the main conditions for the deepening of democratic processes in Uzbekistan. In the course of the article, the implementation of fundamental reforms in the system of human personal rights and freedoms in an independent state was discussed. Key words: personal freedom, protection of human rights, human personal rights and freedoms. СОЗДАНИЕ ГАРАНТИИ ПРАВ И СВОБОД ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В данной статье поясняется, что свобода личности, защита и гарантия прав человека, демократия новой эпохи являются основными условиями углубления демократических процессов в Узбекистане. В ходе статьи обсуждалось проведение фундаментальных реформ в системе прав и свобод личности человека в независимом государстве. Ключевые слова: свобода личности, защита прав человека, личные права и свободы человека. O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farqli o`laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi. Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng 32 oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda bir-birlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar. Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo`lgan imkoniyatlar qonunda belgilanib, ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo`lishi ko`rsatib quyildi. Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib, o`zlarining ixtiyoriga berilgan bo`lib, bu huquqlarning amalga oshirilishi me’yoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi, hamda ularning daxlsizligi ta`minlanmoqda. Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, e`tiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi. Bu borada shuni ta`kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turli sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro`y berib, qon to`kilib, begunoh odamlar qurbon bo`lib, sarson-sargardon kishilar ko`payib borayotgan bir sharoitda O`zbekistonda inson uchun eng oliy ne`mat yashash huquqi va osoyishta hayot kechirish huquqi to’la ta`min etildi. Bir so`z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab yillarda O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. O`zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg`or tajribalar asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklari ustivorligini ta`minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishildi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat ko`rsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi. Istiqlol yillarida fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ularning turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. Bir yarim mingdan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko`lamini ko`rsatadi. Ularning aksariyati fuqarolar haqhuquqini muxofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to`la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy himoyalashni ta`minlashga qaratilgandir. Endi qamma gap ana shu qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarning hayotga to`la tadbiq etilishiga, ularning og`ishmay amalga oshirishga qolgan. Bu 33 fuqarolar turli tabaqasi ma`naviyaxloqiy yetuklik darajasidan tortib, ularning tub islohotlar moxiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o`zlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga bog`liq bo`lgan uzoq muddatli jarayondir. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng inson huqukdari bo`yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo`llayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish etib kelmoqda. Respublikada mustaqillik yillarida inson xuquqi va erkinliklariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq orasida targib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`rrisida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquklar to`g`risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ula
Доказательный фрагмент
«In this article, it is explained that personal freedom, protection and guarantee of human rights, and democracy of the new era are the main conditions for the deepening of democratic processes in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, it is explained that personal freedom, protection and guarantee of human rights, and democracy of the new era are the main conditions for the deepening of democratic processes in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personal freedom, protection of human rights, human personal rights and freedoms, свобода личности, shaxs erkinligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026