Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДОЛОГИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ КАЧЕСТВА
SIFATNI O’RGANISH METODIKASI · Lolaxon Yo’lchiboyeva · Yo’ldasheva Nasiba Odilovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article analyzes the methodology of quality study. The authors have reached some conclusions about the analysis. Key words: quality, meaning types of quality, levels of quality, how, what, taste, shape, color, feature. МЕТОДОЛОГИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ КАЧЕСТВА Аннотация. В данной статье анализируется методология исследования качества. Авторы пришли к некоторым выводам по поводу анализа. Ключевые слова: качество, значения видов качества, уровней качества, как, что, вкус, форма, цвет, признак. Sifatni o’rganish sistemasi materiali leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. O’quvchilar 1- sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday? qanaqa? so’rog’ini berishga o’rganadilar; 2- sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rgatiladi. 3- sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda -roq qo’shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. (termin aytilmaydi). Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi sifatlar bilan boyitiladi, oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, shakli, xajmi, ko’rinishi, maza, ta’mi, hidi, o’rin va paytga munosabati) ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab etadi. Sifatni tushunish uchun 1- sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. SHunday qilib, sifatning semantik-grammagik xususiyatlari sifat ustida ishlashning leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) rejada olib borishni talab etadi. Boshlang’ich sinflarda "sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1- sinf). 2. Sifat haqida tushuncha berish. (2- sinf). 3. SHu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish. (3- sinf). 7 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sifat bilan dastlabki tanishtirish. (1-bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma- xil bo’lib uni rangi, mazasi, shakli, xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, qanday? Olma - qizil, shirin, yumaloq olma. Suhbat asosida o’quvchilar olma so’zi nima? So’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? So’rog’iga javob bo’lib. predmetning belgisini bildirishini aniqlaydilar, xulosa chikariladi. Qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi. O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarni tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Bu darslarda qo’rgazmalaridan keng foydalaniladi. O’quvchilar qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni o’zlashtirishlari uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. So’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash. 2. Aralash berilgan so’zlardan gap tuzish. 3. Matndan kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni tanlab aytish va yozish. 4. Tayanch so’zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish. 2- bosqichda asosan 2 vazifa: "Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hal qilinadi. Sifatlarning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi o’ziga xos ko’rsatkichlarini ko’rsatadilar. a) predmet belgisini bildiradi. b) qanday yoki qanaqa? So’rog’iga javob bo’ladi v) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun: 1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish. 2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki) 3. Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish k
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the methodology of quality study.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the methodology of quality study. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quality, meaning types of quality, levels of quality, how, what, taste, shape, quality, meaning types of quality, качество, значения видов качества, sifat, sifatning ma’no turlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945