Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA LITSENZIYALASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI Abduxamidova Marjona Aʼzamdjon qizi Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTERNET-DOʻKONLAR · TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI · Abduxamidova Marjona Aʼzamdjon qizi · Annotatsiya: Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida internet-doʻkonlar
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida internet-doʻkonlar faoliyatining huquqiy tartibga solinishidagi mavjud kamchiliklar, amaldagi qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda litsenziyalash tizimini takomillashtirish zarurati tahlil qilinadi. Xususan, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning yetarli darajada uzviy emasligi ilmiy asosda koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, xalqaro tajribaga tayangan holda, internet-doʻkonlarning aniq taʼrifi, yuqori xavfli mahsulotlar savdosi ustidan majburiy nazorat va soddalashtirilgan rasmiylashtirish tizimini joriy etish zarurligi asoslab beriladi. Kalit soʻzlar: Internet-doʻkon, elektron tijorat, litsenziyalash, ruxsat berish tartibi, yuqori xavfli mahsulotlar, huquqiy maqom, isteʼmolchilar huquqlari, raqamli savdo, xalqaro tajriba, normativ-huquqiy asos. Kirish. Internet-doʻkonlar faoliyati bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylanib bormoqda. Biroq mazkur sohada huquqiy tartibga solish mexanizmlarining yetarli darajada mukammal emasligi, ayniqsa, internet-doʻkonlarning aniq yuridik maqomi va ularning litsenziyalash tartibi qonunchilikda toʻliq aks ettirilmaganligi amaliyotda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunda internet-doʻkon tushunchasining alohida eʼtirof etilmagani, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunda esa ular faoliyatiga oid maxsus talablarning mavjud emasligi huquqiy noaniqlikni kuchaytiradi. Natijada internet- savdo sohasi ustidan samarali nazorat oʻrnatilmayapti, isteʼmolchilarning huquqlari yetarlicha himoya qilinmayapti va yuqori xavfli tovarlar aylanmasi nazoratdan chetda qolmoqda. Shuningdek, boshqa sohaviy qonun hujjatlaridagi uzviylik va muvofiqlashtirish yetishmasligi, raqamli platformalar bilan internet-doʻkonlar oʻrtasidagi chegara aniq belgilanmaganligi, xalqaro tajribaga mos ravishda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish mexanizmlarining zaifligi ham sohada dolzarb muammolarni yuzaga keltiradi. 106 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Mazkur tadqiqotning dolzarbligi aynan internet-doʻkonlar faoliyatining huquqiy maqomini aniqlashtirish, litsenziyalash tizimini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos qonunchilik asoslarini yaratish zaruratidan kelib chiqadi. Tadqiqotdan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekiston Respublikasida internet- doʻkonlar faoliyatini huquqiy tartibga solishning mavjud holatini tahlil qilish va ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqishdir. Metodologiya. Ushbu tadqiqot doirasida Oʻzbekiston Respublikasida internet- doʻkonlar faoliyatini tartibga solishga oid normativ-huquqiy baza tahlil qilindi. Buning uchun avvalo, milliy qonunchilik, jumladan, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida normativ-huquqiy tahlil oʻtkazildi. Ushbu yondashuv orqali amaldagi huquqiy asoslarning zaif tomonlari, boʻshliqlari va ularni takomillashtirish zarurati aniqlandi. Bundan tashqari, qiyosiy-huquqiy tahlil metodi asosida AQSh, Yevropa Ittifoqi va xalqaro tashkilotlarning ilgʻor tajribalari, xususan, Yevropa Ittifoqining “Digital Services Act” reglamenti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) tavsiyalari va BMTning “UNCITRAL Model Law on Electronic Commerce” hujjatlari oʻrganildi. Mazkur qiyosiy tahlil orqali Oʻzbekiston qonunchiligini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishning muhim yoʻnalishlari belgilab olindi. Shuningdek, tadqiqot natijalariga asoslanib, ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, internet-doʻkon tushunchasining qonunchilikda aniq talqinini berish, yuqori xavfli mahsulotlar savdosini qatʼiy nazorat qilish, yagona davlat reyestri va soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimini joriy etish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishni kuchaytirish kabi yoʻnalishlar ilgari surildi. Natijalar. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasida internet-doʻkonlar faoliyatining huquqiy tartibga solinishida bir qator muammolar mavjudligini koʻrsatdi. Avvalo, milliy qonunchilikda internet-doʻkon tushunchasining aniq va izchil talqini shakllantirilmagani aniqlangani eng muhim xulosalardan biridir. “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasida elektron tijorat subyektlari umumiy shaklda belgilangan boʻlsa-da, internet-doʻkonlar maxsus subyekt sifatida eʼtirof etilmagan [1]. Shu bois, amaliyotda internet-doʻkonlar va boshqa onlayn platformalar oʻrtasidagi chegara noaniq boʻlib qolmoqda, bu esa huquqiy munosabatlarning barqarorligini izdan chiqaradi. Bu holat xalqaro tajribada aksincha, aniq huqu
Доказательный фрагмент
«Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida internet-doʻkonlar faoliyatining huquqiy tartibga solinishidagi mavjud kamchiliklar, amaldagi qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda litsenziyalash tizimini takomillashtirish zarurati ta…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Oʻzbekiston Respublikasida internet-doʻkonlar faoliyatining huquqiy tartibga solinishidagi mavjud kamchiliklar, amaldagi qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda litsenziyalash tizimini takomillashtirish zarurati ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron tijorat, oʻzbekiston respublikasida, toʻgʻrisida qonun, huquqiy tartibga, tijorat toʻgʻrisida, litsenziyalash ruxsat, ruxsat berish
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019