К содержанию
РецензированоUZ2026

Ta’limda media tushunchasi

TA’LIMDA MEDIA TUSHUNCHASI · D.A. Rustamova · M.M. Jo‘rayev

Информатика и инженерные технологии · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning, shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi. Bu esa òz òrnida media texnologiyalarining bir qancha ijobiy va salbiy tomonlarini oʻquv jarayoniga kòrsatadigan ta’siri uning yutuq va kamchiliklari borasida ma’lumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar, media, gazeta, radio, ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy hodisalar, xorijiy media. Kirish Media tushunchasi bir necha yillardan buyon ta’lim sohasida keng qo‘llanilib kelmoqda. Xususan media tushunchasiga bir qancha ta’riflar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan berilgan bo‘lib uning sohasidagi samaralari oʻz isbotini topib bormoqda. Shunday ekan bu tushuncha ta’limni ham chetlab òtmagan,ya’ni medianing ahamiyati ta’lim darsturlarida ham mavjud .Internet sahifalarida media tushunchasini quyidagicha ta’riflanadi: ‘‘Ommaviy axborot vositalarining kòpligi boʻlgan media atamasi yangiliklar, musiqa, filmlar, ta’lim, reklama xabarlari va boshqa ma’lumotlarni tarqatadigan aloqa kanallarini anglatadi.U jismoniy va onlayn gazeta va jurnallar, televideniya, radio, bilbordlar, telefon, internet, fakslarni òz ichiga oladi” Fuqarolik gazetalarining birida media soʻzining ta’rifi shunday ta’kidlab o‘tilgan: “Media – vositaning kòplik shakli. U har qanday aloqa kanalini tavsiflaydi. Bu bosma qog‘ozdan tortib raqamli ma’lumotlargacha bòlgan hamma narsani òz ichiga olishi mumkin. Umuman olganda, ommaviy axborot vositalari televideniya, radio, gazeta,internet va boshqa aloqa shakllarini anglatadi”. Madaniyat va jamiyatning kòngilochar industratsiyaga ta’siri bòyicha tadqiqot qòllanmasida esa: “Media bu - xabardorlikni oshirish, ta’lim, ijtimoiylashtirish, kòngil ochish va kun tartibini belgilash kabi funksiyalarni ega bòlgan aloqa vositasi”, -deb yodda tutilgan. Reverso luğatida ushbu atama uchun quyidagi ta’rif berilgan: ‘‘Televideniya,gazeta va radio kabi koʻp odamlarga yetib boruvchi aloqa vositalari bòlib,u ommaviy axborot vositalariga murojaat qilganda,ba’zan sinkulyar shakl sifatida kòrib chiqiladi. Shunday ekan media texnologiyalari ta’lim sohasida juda ham katta axborot resurs manbasi hisoblanadi. “Qanchalik ijtimoiy tarmoqlarga (turli xildagi medialar) ega bòlsak, biz shunchalik kòp ularga boğlanyapmiz deb òylaymiz, lekin biz haqiqatan ham bir - birimizdan uzilib qolamiz”- deydi John Rider. Bu esa shuni anglatadiki, inson qanchalar biror narsani yoqtirib unga shuncha boğlanishga harakat qilsa, unga tegishli bòlgan ya’ni unga manfaat beradigan narsalardan voz kecha ketadi,natijada, turli xavflarga duchor bòlishi mumkin. Jim Morrison esa “Kim ommaviy axborot vositalarini boshqarsa, ongni ham boshqaradi”, - deydi. Ya’ni hozirgi kunda deyarli butun hayotimizni mana shu medialarga boğlab qòyganimiz va ulardan hamisha, hamma joyda foydalanishimiz bizning tafakkurimizni boshqarishini anglab yetishimiz mushkul emas, albatta. “Media ya’ni ijtimoiy tarmoqlar sizning vaqtingizni òğirlashiga yòl qòymaslik uchun tartib-intizom kerak”,- deya òz fikrini Aleksis Ohanyan 640 ta’kidlaydi. Har bir kasbda, har bir ishda tartib muhim rol òynagani kabi mediadan,ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham òziga yarasha intizomni talab qilishini va bu yaxshi tomonga òzgarishga yordamligini anglatadi. Allen Ginsberg shunday deydi” Media-ruhiy salomatlik uchun ham qoronğu ham yorqin narsadir”. Bu fikr òz òrnida shuni tasdiqlaydiki,agar bu hodisadan uzoq vaqt keraksiz narsa uchun foydalanilsa, albatta, salbiy ta’sir qiladi.Ammo undan tòğri yoʻldan foydalanilsa, u hech qanday yomonlikka sabab bòla olmaydi. Mediada ham hamma narsa kabi yaxshi va yomon tomonlari mavjud,shuningdek, asosiy qismi uning ijobiy tomoni hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari hozirda har bir inson hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib xizmat qilmoqda, chunki biz har qanday yangilanish,ma’lumot yoki har qanday yangilik olish uchun unga juda ishonamiz.Garchi ushbu maqola ommaviy axborot vositalarining afzalliklari va kamchiliklariga bag’ishlangan boʻlsa-da,uni muhokama qilishdan oldin, avvalo, ommaviy axborot vositalari nima ekanligini va nima uchun bugungi kunda muhimligini tushunib olaylik.Ommaviy axborot vositalari bizning madaniyatimizda hal qiluvchi rol òynaydi va u kuchli va oddiy aloqa vositasidir. Ushbu vosita mamlakat va xorijdagi ma’lumotlarni bir vaqtning òzida millionlab odamlar ha yetkazib beradigan quroldir.Bu vaqt òtishi bilan rivojlanib bordi va bugungi kunda odamlar òz nuqtai nazarini bosma ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali hammaga yetkazmoqda.Radio, televideniya,gazeta va internet bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining eng qulay shakllari hisoblanadi.Shu bilan birgalikdagikda, media tuğma potentsiallarni qòllab quvvatlaydi,ya’ni, odamlar ommaviy axborot vositalari orqali o’zlarining yashirin is’tedodlarini amalga oshiradilar.Yuqorida eslatib òtilgan vositalar ularning komediya,ijro,qoʻshiq aytish, qiroat va boshqalar kabi yashirin qobiliyatlarini namoyish etishga yordam beradi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning, shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning, shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
СМИ, зарубежные СМИ, ijtimoiy hodisalar, media, foreign media, интернет, internet, social events, xorijiy media, ommaviy axborot vositalari, gazeta, социальные сети, newspaper, social networks, газета, radio, радио, светские мероприятия, ijtimoiy tarmoqlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники