К содержанию
РецензированоUZ2022

Ta’lim - tarbiya jarayonida kompetensiyalar va ularni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish

. Otamuratov R.U. · Ochilova M. EMOTSIONAL INTELEKT · TA’SIRI MUAMMOSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал · . Davlataliyevna · texnologiyalardan foydalanish. · МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ · ЭТИШНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ Республика илмий-

Информатика и инженерные технологии · 1 · 2022

Аннотация

Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan. Xususan texnologiya fan predmetini o‘qitishga kompetensiyaviy yondoshuvning tatbiq qilinishi asoslari ko‘rib chiqilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida Texnologiya fan predmeti bilan boshqa fan predmetlari 527 o‘rtasidagi predmetlaro aloqadorlikni amalga oshirish asosida o‘quvchilarning ta’limiy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari tadqiq qilingan. Kalit so‘zlar: Kompetensiya, davlat ta’lim standarti, fanlararo bog‘lanishlar, fan predmetlari, qonun, qoida, hodisalar, amalda qo‘llash. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha yo‘nalishlar kabi ta’lim sahasida ham islohotlar amalga oshirila boshlandi. Islohotlarni o‘tkazishning zarurligi shundaki , mustaqil Respublikamiz jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topish, ilmiy-texnika rivojlanishidan orqada qolmasligi uchun jahon andozalariga mos keladigan salohiyatli kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega. SHunga ko‘ra “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ishlab chiqildi.. Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus , kasb-hunar ta’limi va Oliy ta’limda o‘rganiladigan fanlar orasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida barcha fanlar bo‘yicha DTS ishlab chiqildi, o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar tajriba - sinovdan o‘tkazilib , hayotga tatbiq etildi. Bunda albatta, ta’lim- tarbiya sohasidagi ilg‘or mamlakatlarning ushbu tizimi bo‘yicha olib borilayotgan tajribalari ham o‘rganildi. SHu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda samarasi yuqori bo‘lmagan holatlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, chet tillarni o‘qitish an’anaviy ravishda, ilg‘or axborot kommunikatsion va media - texnologiyalarni qo‘llamasdan o‘qitilayotgaligi , bu esa zamon talabiga javob bermasligi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PP-1875 raqamli qarorida o‘z aksini topdi. SHunga ko‘ra , mazkur qaror asosida tadbirlar rejsi ishlanib , unda mavjud o‘quv rejasi va dasturlarni “CHet tillarni egallashning Umumevropa kompetensiyasi” ga mos ravishda qayta ishlanishi belgilab berildi. Xo‘sh kompetensiyaviy yondoshuv “ o‘zi nima? Metodlar “Competence “ so‘zi “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni beradi. So‘zma-so‘z tarjima qilganda , musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi. O‘tgan asr oxirida o‘tgan ta’lim bo‘yicha xalqaro kongressda pedagog - olim Jak Delorf ta’lim tayanadigan to‘rtta ustunni ta’riflab bergan edi: - bu bilishni o‘rganish, bajarishni o‘rganish, birgalikda yashashni o‘rganish.1996 yilning 27-30 mart kunlari Bern shahrida Evropa Kengashi dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan simpoziumda , ta’limni isloh qilish uchun eng muhim narsa tayanch kompetensiyalarni belgilab olish kerak ekanligini , bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatli ravishda ishlay olishlari va so‘ngra oliy ta’lim olishlari uchun zarurligi haqida masala qo‘yiladi. Kompetensiyalarni ishlab chiqaruvchi asosiy mutaxassislardan biri V.Xutxamer “Evropa yoshlari ega bo‘lishi kerak bo‘lgan” beshta tayanch kompetensiyalarning ta’riflarini keltiradi. Bu kompetensiyalar quyidagilardan iborat: - ijtimoiy va siyosiy kompetensiyalar: jamoada qaror qilishda qatnashish va u haqda javobgarlikni his etish; - orqali yoshlarga madaniyatlararo kompetensiyalarni, ya’ni boshqalarni hurmat qilish, boshqa madaniyatga, tilga va dinga ega bo‘lgan insonlar bilan birgalikda yashay olish kabi zaruriy xislatlarni singdirish kerak; 528 - og‘zaki va yozma muloqatga kirishish bilan bog‘liq kompetensiyalar: Bunda o‘z ona tilidan tashqari yana boshqa tilni bilish ham muhimligi ko‘zda tutiladi; - jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘liq kompetentsiyalar: ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajrata bilish uchun axborot texnologiyalarini bilish; - kasbiy va ijtimoiy hayot taqozosiga ko‘ra butun hayoti davomida uzluksiz oravishda o‘qib o‘rganib borish. 2006 yil 18 dekabrda Evropa parlamenti va Kengashi uzluksiz ta’lim uchun quyidagi tayanch kompetensiyalarni tavsiya qildi: O‘z ona tilida muloqat qila olish; Chet tilida muloqat qila olish; Matematik kompetentlik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy kompetensiyalar; Raqamli kompetentlik; O‘qishni o‘rganish; Ijtimoiy va fuqorolik kompetensiyasi; Tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg‘usi; Madaniyatdan xabardor bo‘lish va uni ifodalash. Hozirgi paytda ko‘pgina Evropa mamlakatlari ushbu kompetensiyalar asosida ta’lim tizimini yaratgan. Britaniyada oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida olingan. Natija: Asosiy kompetensiyalar: - muloqatga kirishish; - hisob - kitoblar yuritish; - axborot savodxonligi. AQSHda 1980 yillarda ta’lim standartlari ishlatila boshlandi. Ma’lumki AQSH

Доказательный фрагмент

«Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
практическое применение, hodisalar, state education standard, qonun, rule, qoida, Компетенция, государственный образовательный стандарт, subject matter, law, fanlararo bog‘lanishlar, practical application, Kompetensiya, interdisciplinarity, закон, events, amalda qo‘llash, davlat ta’lim standarti, события, fan predmetlari, междисциплинарность, Competence, правило, предмет
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники