Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oliy ta’lim tizimida boʻlajak iqtisodchilarga raqamli texnalogiyalar sohasini oʻqitishning oʻziga xosligi
. Ibaydullayeva · U. (). OILADA FARZAND TARBIYASINING · IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики · TEXNALOGIYALAR SOHASINI OʻQITISHNING OʻZIGA XOSLIGI · Tagayev Odil Nurmuminovich
Информатика и инженерные технологии · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida iqtisod yo`nalishi talabalariga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish zaruriyati hamda bir qator uslubiyati muhokama etiladi. Kalit so‘zlar: oliy ta`lim, raqamli texnologiyalar, matematika, iqtisodiyot, talaba, metod. Kirish. Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishining zamonaviy davri iqtisodchi ixtisosligidagi yuqori malakali mutaxassislarga yuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida ularni tayyorlash, ayniqsa iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga moslasha oladigan, keng dunyoqarashga ega mutaxassislarni tayyorlashga imkon beruvchi tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlar doirasida ahamiyatli takomillashtirishni talab etadi. Oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalar tabiiy - ilmiy bilimlarning metodologik asosi hisoblanadi [2]. Shuning uchun bo‘lajak iqtisodchilarni raqamli texnologiyalarni o‘rganish negizida bilim jihatidan tayyorgarligini kuchaytirish, ular faoliyatining nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki ilmiy faoliyatda ham muvaffaqiyat va samaradorlikka olib keladi. Adabiyotlar sharhi. Raqamli texnologiyalar orqali talabalarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish talabaning mavzuni tushunishga, muayyan jamiyat sharoitida shaxsiy va professional hayotda natijalarga erishishga imkon beradigan qobiliyati bo‘lib, ular fanni o‘zlashtirishda va fanlararo o‘zaro munosabatlarda o‘qituvchining samarali hamkorligini ta’minlaydi [3]. Ammo ilmiy tadqiqotlar tahlili ko‘rsatishicha, bo‘lajak iqtisodchilarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida asosiy muammo saqlanib qolmoqda, bu kasbiy yo‘naltirilgan xususiyatdagi masalalarni hal etishda raqamli texnologiyalarga oid bilimlarni qo‘llash malakasiga 500 yetarlicha ahamiyat berilmayotganidadir. Shu tariqa, oliy o‘quv yurtlarida raqamli texnologiyalar bo‘yicha tayyorgarlikni talabalarda intelektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish kerak. Bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy kompetentligi shakllanganligi darajasi raqamli texnologiyalar bo‘yicha tayyorlash sifatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil. Shu o‘rinda talabalarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarga oid bilimlar ahamiyatli rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Chunki, zamonaviy ta’lim amaliyotida kompetentli yondashuv talabalar kasbiy tayyorgarligining samaradorligini ta’minlovchi asosiy yondashuvlardan biri sifatida belgilanadi [4]. Kasbiy kompetentlikning turli jihatlarining faol ishlab chiqilishida oliy ta’lim muassasalari iqtisod yo`nalishi talabalarining intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish samaradorligiga bog‘liqligini, iqtisodiyot mutaxassisligidagi talabalarning kasbiy faoliyatgamatematik tayyorgarligi darajasining oshishini ta’minlashini ta’kidlash mumkin. Kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish ostida biz raqamli texnologiyalar kursini qurish tizimli mantiqiga mos bo‘lgan va bo‘lajak mutaxassis kasbiy faoliyatining bilishga oid va amaliy vazifalarini moddelashtiruvchi o‘quv materiali mazmunini va uni o‘zlashtirishni tashkil etishni tushunamiz. O‘qitishning kasbiy yo‘nalganligi o‘qitish mazmuniga raqamli texnologiyalarga oid tushunchalar, teoremalar bo‘lajak kasb bilan metodlarni ko‘rsatuvchi va u orqaliraqamli texnologiyalarni o‘qitishni shaxsiy mazmun bilan boyituvchi kasbiy ahamiyatli bilimlarni kiritishni ko‘zda tutadi. Shu bilan bir vaqtda talabaning raqamli texnologiyalarga oid bilimlarni kelgusi ishida qo‘llashga psixologik tayyorligini shakllantiradi. Oliy ta’lim muassasalari iqtisodiyot yo`nalishlarida o‘qitilayotgan inaformatika kursi mazmunini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish zaruriyati qator omillar, jumladan, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga raqamli texnologiyalarni bilish tayyorgarliklari darajasining pastligi ko‘rish mumkin. Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga kompetentli yondashuvni amalgaoshirish ularning kasbiy tayyorgarliklarini sezilarni oshishiga olib keladi. Ta’lim jarayonida bo‘lajak iqtisodchilarda intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadiga erishish quyidagi aniq vazifalarni hal etishni nazarda tutadi: 1) pedagogik va metodik adabiyotlar tahlili asosida texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarga oid ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy prinsiplarini, tanlash mezonlari va omillarini ajratish va tizimlashtirish; 2) bo‘lajak iqtisodchilarda intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish; 3) bo‘lajak iqtisodchilarda intelektual qobiliyatlarini rivojlantirishning samaradorligining oshirishga xizmat qiladigan raqamli texnologiyalarni o‘qitish metodlari tanlovini ochib berish va asoslash[1-3]. Xulosa va munozara 1. Oliy ta’lim muassasalari iqtisodiyot yo`nalishlarida talabalarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish lozim; 2. Raqamli texnologiyalarni o‘rganish sifatini oshirishning asosi sifatida zamonaviy iqtisodchi uchun zarur bo‘lgan va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida iqtisod yo`nalishi talabalariga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish zaruriyati hamda bir qator uslubiyati muhokama etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida iqtisod yo`nalishi talabalariga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish zaruriyati hamda bir qator uslubiyati muhokama etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technologies, economy, oliy ta`lim, talaba, higher education, студент, method, raqamli texnologiyalar, экономика, matematika, цифровые технологии, mathematics, student, metod, высшее образование, математика, метод, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945