К содержанию
РецензированоUZ2022

Maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini oʻqitish metodikasi

KOMPETENTSIYALARNING RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY QISMLARI · MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI · OʻQITISH METODIKASI · Savronova Shahina · Jo‘rayev M.M.

Информатика и инженерные технологии · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili oʻqitishning eng zamonaviy va samarali usullari sifatida oʻyin texnologiyasi, axborot-kommunikatsiya vositalari va multfilmlardan foydalanish imkonyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari ushbu maqolada maktab oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatish usullari, ularni darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish haqida soʻz boradi. Dars jarayonida oʻquvchilar diqqatini jamlash, yangi soʻzlarni yodlatish usullari, turli xil shunga oʻxshash oʻqitish metodikalari ifodalangan. Kalit soʻzlar: pedagog, xorijiy tillar, oʻqituvchi masʼuliyati, 3 4 5 6 soʻz metodi, yashil ruchka, 80/20 usuli, texnologiya, multfilm , kommunikatsiya, Shexter usuli. Soha mutaxassislarining fikricha chet tilini oʻqitishda koʻp yuzaga kelayotgan muammolarning asosiy sababi oʻrganuvchilarning yoshi bilan bogʻliq hisoblanadi. Ularning fikricha ingliz tilini oʻrganishni ancha ertaroq boshlashni tavsiya etadi, yaʼni imkon qadar maktabgacha taʼlim va tarbiya yoshi 5-7 yoshligidan. Bundan tashqari hozirgi kunda ingliz tili eng rivojlangan tillar sirasiga kirmoqda. Chet tillari, ayniqsa, ingliz tili insonning har bir bosayotgan qadami uchun kerak boʻlmoqda. Shu sababli, 2015- yildan boshlab Oʻzbekistondagi barcha oliy yurtlarda hamda maktablarda ingliz tili fani oʻqitila boshladi. Ingliz tilini koʻplab insonlar, ayniqsa, yoshlar qiziqib oʻrganishmoqda. Oʻqituvchi orqali fan seviladi deganlaridek, fanlarning qiziqarli boʻlishi, dars jarayoni samarali oʻtishi, bularning barchasi albatta oʻqituvchiga va uning oʻqitish metodikasiga bogʻliq. Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda Gʼarbiy Yevropa tillari va Sharq tillari oʻqitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining oʻquv rejalaridan oʻrin olgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rganish rivojlandi va yoshlar uchun ko’plab kitoblar sotib olindi. Birinchi prezidentimiz Islom 483 Karimov aytganlaridek, “Hozirgi kundagi tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun imkoniyatlar tillarni mukammal bilishning ahamiyatini oshirishning hojati yo’qdir”. Shu kundan eʼtiboran barcha bilim yurtlarida ingliz tili fani darslik sifatida kiritildi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, oʻqituvchi orqali fan seviladi. Bunda oʻqituvchi oʻz darsiga masʼuliyatli boʻlishlari kerak. Yaʼni darsga kirishda yaxshi kayfiyat bilan kirishi va oʻquvchilarga mehribon boʻlishi kerak. Albatta bu oʻquvchilar kayfiyatiga va darsga boʻlgan qiziqishlariga taʼsir qiladi. Bundan tashqari oʻquvchilarni darsga qiziqtirish va ingliz tilini yaxshi oʻrganishlari uchun koʻplab metodikalar mavjud. Masalan, barchamizga maʼlumki, pedagoglar oʻquvchi xatolarini qizil ruchkada tekshirishadi. Aksincha, oʻqituvchilar yashil ruchkada ularning toʻgʻri yozilgan soʻzlarini tekshirishsa va ularni ragʻbatlantirsa, yaʼni eʼtiborni kamchilikka emas yutuqqa qaratsa, albatta, oʻquvchida oʻziga boʻlgan ishonch va bu fanga boʻlgan qiziqish ortadi. Bundan tashqari yana, oʻquvchilar fikrini jamlashi uchun 3 4 5 6 metodikasi ham qoʻl keladi. Yaʼni, dars boshida doskaga 3 4 5 6ta katakli jadval chiziladi hamda ulardan oʻtgan dars yodlagan soʻzlarini shu katak ichiga joylashtirish soʻraladi. Albatta, bu metodika oʻquvchilar diqqatini jamlashga va oʻtgan mavzuni eslab olishga yordam beradi. Yana bir metodikalardan biri bu 80/20 usuli. Bu usul pedagoglar uchun judayam foydali. Bu oʻquvchilarni toʻgʻri yoʻnaltirishga va bilimini oshirishga yordam beradi. Misol uchun, tadbirkorlarda bir gap bor: mijoz 20 foiz tadbirkor 80 foiz gapirsa, bunda tadbirkor 30 foiz natijaga erishadi, aksincha, tadbirkor 20 foiz, mijoz esa 80 foiz gapirsa bunda tadbirkor 100 foiz natijaga erishadi. Bu yerda oʻqituvchi 80 foiz oʻquvchilarning faolligini oshirishi, 20 foizi esa ularni yoʻnaltirib turishini bildirmoqda. Shunda 100 foiz oʻquvchi darsni yaxshi oʻzlashtiradi. Ma’lumki, erta yoshning chet tilini o‘zlashtirish imkoniyatlari chinakamiga beqiyosdir. Hatto K.D.Ushinskiy ham shunday deb yozgan edi: “Bola biz bir necha yil ichida o‘rgana olmaydigan darajada chet tilini bir necha oyda o‘rganadi”. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga chet tilini oʻqitishda quyidagi oʻyinlardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. Vaziyatli oʻyinlar; 2. Raqobatbardosh oʻyinlar; 3. Ritmik musiqiy oʻyinlar; 4. Badiiy-ijodiy oʻyinlar . Vaziyatli oʻyinlar - u yoki bu sabablarga koʻra aloqa vaziyatlarini simulyatsiya qiladigan rol oʻynash oʻyinlarini oʻz ichiga oladi. Rol oʻynash bu bo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻ…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
мультфильм, green pen, 80/20 usuli, технология, метод 80/20, общение, multfilm, pedagog, yashil ruchka, pedagogue, Shechter's method, 3 4 5 6 word method, technology, communication, зеленая ручка, 80/20 method, cartoon, teacher responsibility, педагог, ответственность учителя, Shexter usuli, иностранные языки, foreign languages, kommunikatsiya, метод Шехтера, texnologiya, xorijiy tillar, 3 4 5 6 soʻz metodi, oʻqituvchi masʼuliyati, метод 3 4 5 6 слов
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники