Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Развитие учебного процесса по науке «Основы вычислительной техники устройств техники на основе цифровых технологий»
MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI QURILMALARINI HISOBLASH · ASOSLARI FANINING TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLI · TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH · dots. Xursanov Boyqo‘zi Jo‘raqo‘ziyevich · Mirzaev Dilshodbek Bahodir o‘g‘li (Farg‘ona politexnika instituti) · Abdunazarov Abdulaziz Abdurasul o‘g‘li (Farg‘ona politexnika instituti)
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, prezentatsiya,multimedia vositalari, internet, axborot tizimlari, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilangan [1]. Ushbu vazifalarni bajarish bo‘yicha, raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalar kabi ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar Farg‘ona politexnika instituti 5320300 - “ Texnologik mashinalar va jihozlar ”(Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari) ta’lim yo‘nalashida o‘qitilayotgan barcha fanlarda amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayonlari elektron ta’lim Hemis tizimi asosida joriy etilgan. Hemis tizimiga fan o‘qituvchilari biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan fanlarning o‘quv dasturidagi barcha ma’lumotlari: ma’ruza matnlari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari va fan resurslari joylashtirilgan. Ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: o‘qitish va o‘qish jarayonining; ta’lim muassasasi boshqarilishining; ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi [2]. Axborot texnologiyalari mavjud usullar va vositalardan foydalanib ma’lum axborotlarga ishlov berib, qayta ishlab yangi ko‘rinishdagi inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yaratish jarayonidir. Hozirgi kunda zamonaviy AKTdan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi [2,3]. Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar: axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori kabilar misol bo‘ladi. 173 Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga; o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga; sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga; axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga; o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. [3,4]. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ushbu ta’lim vositasining didaktik imkoniyatlariga ob’ektning tabiiy jihatlari, texnik va texnologik fazilatlari, o‘quv va tarbiyaviy jarayonida didaktik maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aspektlari sifatida qaralishi mumkin. AKTning tasniflanishiga mos ravishda didaktik imkoniyatlarini uchta guruhga ajratish mumkin: a) o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish; b) o‘quv ma’lumotlarini uzatish; s) o‘quv jarayonini tashkil etish [5,6]. O‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlariga: axborotlarni ta’limga oid elektron resurslar orqali matn, grafika, audio, video, animatsion formatda ko‘rsatish va uzatish; qiziqtiruvchi ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati; qabul qilingan bilimlar asosida ko‘nikmalarni mustahkamlash va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash imkoniyati; o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy axborotlarni tayyorlash, tartibga solish va ishlov berish; axborotni saqlash va yig‘ish; axborotni tizimlashtirish. [2,3,7]. O‘quv ma’lumotlarini uzatish AKTlarning didaktik imkoniyatlariga: axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yordamida axborotlarni turli shakllarda tarqatish; ma’lumotlardan keng foydalanishni ta’minlash; qiziqtiruvchi ma’lumotlarni olish uchun biron-bir elektron ma’lumotlar bankiga va maqsadli o‘quv ma’lumotlar bazalariga ulanish imkoniyati; turli xil axborot tashuvchi vositalardan ma’lumotlarni yuklash; kurs o‘qituvchisi bilan muloqotni tashkil etish; bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter, практическое обучение, лекции, multimedia tools, информационные и коммуникационные технологии, Интернет, prezentatsiya, lecture, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, компьютер, информационные системы, data collection, processing, amaliy mashg‘ulot, мультимедийные инструменты, multimedia vositalari, ma’ruza, practical training, information systems, qayta ishlash, сбор, information and communication technologies, ma’lumotlarni to‘plash, computer, презентация, presentation, обработка данных, axborot tizimlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025