К содержанию
РецензированоUZ2026

YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILARNI SOLIQQA TORTISH MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH Axmedov Ashrafjon Axadovich Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi

MANAGEMENT AND ECONOMY · MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH · Axmedov Ashrafjon Axadovich

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Yirik soliq to‘lovchilar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tezisda yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligining dolzarb muammolari va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq qonunchiligining murakkabligi, soliq nazoratining yetarli darajada samarali olib borilmasligi hamda shaffoflikning ta’minlanishi kabi muammolar mavjudligi aniqlangan. Ushbu masalalarni hal qilish uchun soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, soliq monitoringi tizimlarini kuchaytirish va soliq yukini optimal darajada taqsimlash muhimligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: yirik soliq to‘lovchilar, soliq ma’muriyatchiligi, soliq nazorati, soliq yukini optimallashtirish, raqamlashtirish. ANNOTATION Large taxpayers play an important role in ensuring the economic system of the country. The thesis identifies the problems of taxpayers' tax administration and ways to ensure them. The complexity of tax legislation, insufficiently effective tax control and transparency are identified. To solve these problems, the importance of digitizing tax administration, improving tax monitoring systems and optimally distributing the tax burden is emphasized. Progress serves to control the burden of the taxation process on taxpayers. Keywords: tax, taxpayers, tax administration, control, optimization of the tax burden, digitization. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va davlat byudjetining asosiy daromad manbalari yirik soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlanadi. Ularning soliqqa tortish tizimi samarali tashkil etilishi nafaqat davlat byudjetiga tushumlarning oshishiga, balki tadbirkorlik muhitining barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligi masalasining dolzarbligi ortib bormoqda. 36 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Bugungi kunda yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish tizimida qator muammolar mavjud bo‘lib, jumladan, soliq qonunchiligining murakkabligi, soliq nazorati mexanizmlarining yetarlicha samarali emasligi va soliq yukini adolatli taqsimlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar dolzarb masalalar sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi tamoyillarini joriy etish, soliq tizimini raqamlashtirish hamda yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq monitoringini kuchaytirish talab etiladi. Mazkur tadqiqotda yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirishning dolzarb jihatlari tahlil qilinadi va ularni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi. Mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda yirik soliq to‘lovchilarning o‘rni beqiyos. Chunki ular davlat byudjetining asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashda va moliyaviy barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, bugungi kunda yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligida qator muammolar mavjud bo‘lib, bu muammolar iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo, soliq qonunchiligining murakkabligi va tez-tez o‘zgarishi yirik soliq to‘lovchilarning huquqiy aniq bo‘lmagan sharoitda faoliyat yuritishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan soliqlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar murakkab tilda yozilgan bo‘lib, ularni to‘g‘ri talqin qilish qiyinlashadi. Natijada, ba’zi korxonalar soliq qonunchiligini noto‘g‘ri tushunib, xatolarga yo‘l qo‘yishi yoki soliq yukini kamaytirish maqsadida turli sxemalardan foydalanishga urinishi mumkin. Bunday holatlar esa soliq ma’muriyatchiligida noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, soliq nazorati tizimining yetarlicha samarali emasligi ham muhim masalalardan biridir. Hozirgi kunda yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan nazorat ko‘pincha an’anaviy usullar asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda davlat soliq organlari soliq to‘lovchilarning moliyaviy faoliyatini kuzatishda yetarlicha zamonaviy texnologiyalardan foydalana olmayotgani sababli soliq oqimi samarali boshqarilmay qolmoqda. Xususan, soliq nazorati tizimini raqamlashtirish, soliq monitoringini kuchaytirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali bu muammolarni bartaraf etish mumkin. 37 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 1-jadval Davlat ulushi mavjud TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar: № Korxona nomi To‘langan soliq miqdori (mlrd so‘m) 1 Navoiy kon-metallurgiya 2 400 kombinati AJ 2 Olmaliq kon-metallurgiya 390 kombinati AJ 3 UzGasTrade AJ 210 4 Hududgazta’minot AJ 200 5 O‘zbekneftgaz AJ 170 6 Navoiyuran DK 140 7 UzAuto Motors AJ 98 8 O‘zmilliybank 74,6 9 O‘zbektelekom AJ 63,8 10 O‘ztransgaz AJ 60 Manbaa:stat.uz Yana bir muhim masala – soliq yukining teng taqsimlanmasligi. Yirik korxonalar ko‘p hollar

Доказательный фрагмент

«Yirik soliq to‘lovchilar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Yirik soliq to‘lovchilar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax, taxpayers, tax administration, control, optimization of the tax, yirik soliq to‘lovchilar, raqamlashtirish., soliq nazorati, soliq ma’muriyatchiligi, soliq yukini optimallashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники