К содержанию
РецензированоUZ2026

Pedagogikada tizimli tahlil metodologiyasi

PEDAGOGIKADA TIZIMLI TAHLIL METODOLOGIYASI · NOTM o‘qituvchisi (Axrorova U.H., University of business and science)

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogikada tizimli tahlil metodologiyasi va u to‘g‘risida tahliliy yondashuvlar xususida so‘z borgan. Ushbu tadqiqot muammosiga doir soha olimlarning ilmiy izlanishlardagi fikr-mulohazalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: metodologiya, umumiy metodologiya, maxsus-ilmiy metodologiya, xususiy metodologiya, aksiologik (qadriyatlar) yondashuv, madaniy yondashuv, etnopedogogik yondashuv, antropologik yondashuv. Pedagogik metodologiya tamoyillar, metodlar, bilishning shakllari, tartiblari va pedagogik faoliyatni tashkil etish ta’limotidir. Ushbu tushunchalar ikkita me’zonlarda birlashtiriladi. Bu pedagogik realllikni bilishning kompleks vositalari va pedagogik reallikni amalga oshirish texnologiyalarini qamrab oladi. Pedagogikada metodologiya tushunchasi bir qancha ma’nolarni kasb etadi: 1. Metodologiya - bubilishningilmiy metod ta’limotlari. 2. Metodologiya – bu qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi. 3. Metodologiya – bu nazariy-amaliy faoliyat turlari, tizimning tashkil etish imkoniyatlari va prinsiplaridir. Metodologiyaning ikki darajasi mavjud: 1- amaliy faoliyat darajasi; 2- ilmiy darajasi. Metodologiyaning I darajasi– struktura to‘g‘risidagi ta’limot, mantiqiy tashkil etish, faoliyatning vositalari va metodlari. Metodologiyaning II darajasi: qurilma tamoyillari to‘g‘risidagi ta’limot, bilishning shakl va metodlari. Pedagogikaning umumiy metodologiyasi quyidagi xususiyatlarga asoslanadi: materialistik dialektika tamoyillari va asosiy talablariga amal qilish; qarama-qarshiliklar kurash va yakdillik qonuniyatlariga amal qilish, unga ko‘ra, odamlarga ta’lim va tarbiya berish jarayonlari murakkab va ziddiyatliligini hisobga olish; son ko‘rsatgichidan sifat ko‘rsatgichiga o‘tish, shunga muvoffiq pedagogik ta’sirning ortib borishi bilan sifatning o‘zgarishiga olib keladi; inkorni inkor qilish qonuniyati, unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayonlarida ijobiy fazilatlarni, bilimni, mahoratni shakllantirish orqali odamlarga xos bo‘lgan salbiy illatlarning rivojiga to‘siq bo‘lib xizmat qiladi; pedagogik jarayonlar rivoji jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va fuqarolarning madaniy, etnik xususiyatlariga bog‘liqligi; pedagogik jarayonlarning psixologik va pedagogik tafakkur darajasiga, jamiyatning ta’lim muassasalari va uning o‘quv-tarbiyaviy tashkilotlari faoliyatiga bog‘liqligi; inson ongi va tuyg‘ulari birlamchi va uning moddiy olamga bo‘lgan munosabatining ikkilamchi falsafiy qarashlarga asoslanishi. Shaxsning kamolotiga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlash. Pedagogikaning maxsus-ilmiy metodologiyasi quyidagi xususiyatlarga asoslanadi: insonning ongi va ruhiyati tug‘risida muvassal tasavvurga ega bo‘lish va pedagogik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning imkoniyatlari; jamoaviylik foydali faoliyat jarayonlarida jamiyatda, guruhda, jamoada shaxsni kamol toptirish xususiyatlari; shaxs tarbiyasi va o‘zini-o‘zi tarbiya etish uyg‘unligi. 261 Mazkur pedogogik ilmiy metodologiya ma’lum vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Bu vazifalar metodologik funksiyalar orqali ta’minlanadi. Pedagogik metodologiyaning ikki darajali aloqadorligi mavjud – bu amaliyot metodologiyasi va fan metodologiyasi: 1. Pedagogik jarayonlarda ilmiy va amaliy metodologiyaning integratsiyasi amalga oshiriladi. Bu o‘z navbatida pedagogik amaliyotchilar uchun sharoit yaratib beradi, pedagogik vazifalar yechimida yangi yo‘llar, vositalarni belgilaydi. Amaliyot metodologiyasi pedagogik olimlarni pedagogik reallikka mos keladigan texnologiyalar va yondashuvlarning maqsadalarga muvoffiqligini ta’minlovchi ma’lumotlarni beradi. 2. Amaliyot va fanning o‘zaro bog‘lanish metodologiyasi ilmiy-amaliy muammolarni hal etishga yordam beradi, ta’limnig nazariy metodologik apparatlarini ishlab chiqadi. Masalan, pedagogik sohalarda muammoning dolzarbligini, maqsad va vazifasini, ob’ekti va predmetini, eksperement ishlanmasiini aniqlamasdan turib ilmiy dissertatsilar mavzusini shakllantirib bo‘lmaydi. Bu yondashuvlar ilmiy apparat metodolgiyasini tashkil etadi. Amaliyot va fan o‘zaro bog‘liqligi maqsad, mohiyat- mazmun, pedagogik faoliyatning innovatsion texnologiyalar samaradoriligini ta’minlaydi. Pedagogikada metodologik yondashuvlardan foydalanishi birinchidan, ilmiy- nazariy muammolarini belgilaydi, ularning iyerarxiyasini belgilaydi, strategiyasini va yechimlarining asosiy vositalarini ishlab chiqish, ikkinchidan, ta’lim amaliyoti texnologik mexanizmlarini modernizatsiyalashni amalga oshirish va tashkil etish, asoslash hamda pedagogik fan va amaliyotni rivoji istiqbolini belgilashga xizmat qiladi. Pedagogik metodologiyaning asosiy yondashuvlariga quyidagilar kiradi: shaxsiylik, faoliyat, yarim sub’ektli, aksiologik, madaniy hamda etnomadaniy. Ta’lim tizimi sub’ekti sifatida pedagoglar, ta’lim oluvchilar, ota-onalar, o‘quv muassasasi, moddiy bazalar va boshqa omillarni qamrab oladi. Shu jihatdan, pedagogik tizimda ta’lim-tarbiya quyidagi tamoyillardan tashkil topadi. Jumladan; Shaxsiylik tamoyili: pedagogikada shaxsiylik tamoyili shaxsning ijtimoiy, ijodiy fa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada pedagogikada tizimli tahlil metodologiyasi va u to‘g‘risida tahliliy yondashuvlar xususida so‘z borgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada pedagogikada tizimli tahlil metodologiyasi va u to‘g‘risida tahliliy yondashuvlar xususida so‘z borgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
этнопедагогический подход, специально-научная методология, antropologik yondashuv, madaniy yondashuv, umumiy metodologiya, etnopedogogik yondashuv, anthropological approach, cultural approach, методология, general methodology, антропологический подход, methodology, special methodology, special-scientific methodology, аксиологический (ценностный) подход, общая методология, ethnopedagogical approach, metodologiya, maxsus-ilmiy metodologiya, axiological (values) approach, специальная методология, xususiy metodologiya, культурологический подход, aksiologik (qadriyatlar) yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники