Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
International scientific-online conference XAYRIDDIN SULTONOV QISSALARIDA DENOTATIV VA KONNOTATIV STRUKTURA Shohsanam Tursunova
KONNOTATIV STRUKTURA · Shohsanam Tursunova
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются денотативные и коннотативные смысловые пласты в повестях Хайриддина Султонова. Основное внимание уделяется анализу структур денотативного и коннотативного значения на примере повести «Ko‘ngil ozodadir» («Свободна душа»). С помощью художественно-выразительных средств исследуется семантическая многослойность текста и раскрывается роль этих смысловых уровней в создании литературных образов. Ключевые слова: денотат, коннотация, сигнал, концепт, семиотика, олицетворение, структура, контекст, лексические единицы, социальная нагрузка, художественное намерение. 1. Kirish (Introduction). Badiiy matnning ma’no qatlamlari ko‘p hollarda ikki asosiy struktura orqali namoyon bo‘ladi: denotativ va konnotativ. Denotativ ma’no — bu so‘zning asosiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohli lug‘atlardagi ma’nosi bo‘lsa, konnotativ ma’no — 130 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bu so‘zning kontekstda hosil qiladigan qo‘shimcha, emotsional, stilistik va assotsiativ ma’nolaridir. Bu ikki qatlam orasidagi farq ilk bor Ferdinand De Sossyur tomonidan til belgilarining “signal” va “kontsept” uyg‘unligi orqali izohlangan. U til belgisini ikkiyoqlama birlik deb qaraydi, bu yondashuv keyinchalik R. Bart tomonidan chuqurlashtirilib, badiiy matnlar “konnotativ sistema” sifatida talqin qilingan. asoschisi R. Bart ta’kidlaganidek: “Konnotatsiya – bu madaniy, ideologik va psixologik qatlam bo‘lib, u har bir belgining orqasida yashiringan ikkilamchi mazmunga asoslanadi. Ayniqsa, badiiy matnda konnotatsiya asosiy estetik vositaga aylanadi.” Ayniqsa, badiiy matnda konnotatsiya ko‘p hollarda muallifning estetik maqsadi, obraz yaratish niyati va o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish niyatiga xizmat qiladi. Konnotatsiya — bu so‘zning individuallikka va emotsional baholovchanlikka yo‘naltirilgan funksiyasi bo‘lib, ayniqsa badiiy nutqda asosiy ifoda vositasi hisoblanadi. So‘zning semantik tuzilishi faqatgina lug‘aviy (denotativ) ma’no bilan cheklanmaydi. Konnotativ, ya’ni qo‘shimcha, ko‘proq emotsional yoki madaniy yuklama — badiiy matn semantikasining muhim qismidir. Adabiy matnda bu ikki ma’no qatlamining uyg‘unligi o‘quvchida murakkab obrazlar va chuqur hissiyotlarni uyg‘otadi. Xayriddin Sultonov — bu ikki qatlamni birgalikda ishlatgan zamonaviy yozuvchilardan biridir. Uning qissalari so‘z va obraz semantikasi nuqtai nazaridan sermazmun manbadir. 2. Tadqiqot usullari (Methods) Tahlilda quyidagi usullardan foydalanildi: Semantik tahlil — so‘z va iboralarning matndagi asl vazifasi va qo‘shimcha ma’nosi tahlil qilindi. Asosiy misol sifatida “Ko‘ngil ozodadir” qissasidan parcha va epizodlar tanlab olindi. Ushbu tadqiqot usuli yordamida qissalardagi leksik birliklarning ifoda imkoniyati va qamrovi tahlilga tortiladi. Kontekstual tahlil orqali matndagi emotsional va madaniy yuklamalar aniqlashtirildi. So’zlarning asosiy lug' 4. Muhokama (Discussion) “Ko‘ngil ozodadir” qissasida sarlavhaning o’zidanoq konnotativ yondashuv ko’zga tashlanadi. “Ozodlik” tushunchasi denotativ jihatdan jismoniy erkinlikni anglatgan bo‘lsa-da, asarda u ruhiy tozalik, ichki xotirjamlik ramzi sifatida ishlatilgan (konnotativ qatlam). “Saodat sohili” qissasidagi “sohil” iborasi faqat geografik joy emas, balki inson orzulariga erishish manzili sifatida talqin etiladi. Sohil — hayot ma’nosi, baxt manzili sifatida konnotatsiyalangan. “Yozning yolg‘iz yodgori” nomidanoq “yoz” fasli — yoshlik, shirin xotiralar, “yodgor” esa vaqt o‘tishi va xotira bilan bog‘liq konnotativ yuklamalarni beradi. Asarda 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “yoz”ning denotativ ma’nosi — fasl bo‘lsa, konnotativ ma’nosi — yo‘qotilgan baxt, o‘tgan tuyg‘ular ifodasidir. Adib so‘z tanlashda, ayniqsa, xalqona va obrazli birliklardan foydalanganda ko‘pincha konnotativ ma’nolarni asosiy vosita sifatida ishlatadi. Bu holat uning tilining emotsional boyligi va xalq og‘zaki nutqiga yaqinligida yaqqol ko‘rinadi. Misol uchun, “Ko‘ngil ozodadur” qissasidagi quyidagi ibora e’tiborga molik: “Og‘ziga so‘k solib olgan telefon tuyqusdan tilga kirib...” Bu jumlada “telefon tilga kirdi” iborasi denotativ ma’noda “telefon jiringladi” degan oddiy mazmunga ega bo‘lsa, konnotativ jihatdan — bu ifoda telefonning uzoq vaqt jim turgani, xarakterga ega predmet sifatida tasvirlanganini bildiradi. Bu holatda muallif “telefon” obrazini jonlantiradi (personifikatsiya), unga emotsional va hatto kinoyaviy yuk beradi. “Og‘ziga so‘k solib olgan” iborasi esa so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib, juda kam gapiradigan odam obrazini eslatadi. Shu iboraning o‘zidayoq asar qahramoni hayotiga oid chizgilar, uning yolg‘izlik va Bu orqali yozuvchi zamonaviy hayotdagi oddiy voqeani jonli va ifodali qilib ko‘rsatadi. Xayriddin Sultonov asarlariga oid tadqiqotida o‘zbek tilshunosi T.S.Jumanova shunday fikrni bildirgan: “Konnotatsiyalar badiiy matnda xalq tilining obrazli ifodaviy imkoniyatlari orqali amalga oshadi. Xalqona ibora, kinoya, metafora va dialektal bir
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются денотативные и коннотативные смысловые пласты в повестях Хайриддина Султонова.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются денотативные и коннотативные смысловые пласты в повестях Хайриддина Султонова. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- denotation, connotation, signal, concept, semiotics, semiotika, denotat, badiiy niyat., struktura, leksik birliklar, kontekst, konsept, konnotatsiya, ijtimoiy yuklama, personifikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025