К содержанию
РецензированоUZ2016

O‘quv muassasalarida fizika fanini o‘qitishda yangi innovatsion usullardan foydalanish

Available at: (11. Olweus D. Bullying in schools: what we know and what we can do . Oxford, UK:)

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 1225-1228 · 2016

Аннотация

Maqolada so‘nggi yillarda fizika fanini o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga yondoshish usullari haqida fikr yuritilgan. Mavjud usullar qisqacha taxlil qilingan. Ba’zi fikr va takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: fizika, fizik jarayonlar, innovatsion texnologiya, o‘qitish usullari, yangi mavzu, mexanik harakat, kuch, kuch turlari. Fizika fanini o‘qib o‘zlashtirar ekan, o‘quvchilar bir qator tabiat xodisa va jarayonlari bilan yaqindan tanishib boradilar. Ular haqidagi dunyo qarashlari ilmiy jihatdan asoslangan movqelikdan iborat ekanligi ko‘z o‘ngligida gavdalanib boradi. 160 Ularda dunyo va borliq falsafa nuqtai nazardan moddiyligiga ishonch shakllanadi va bu shakllanish uzluksiz ribojlanishda bo‘ladi. Fizikaning boshlang‘ich kursi sodda bo‘lib ko‘rinsada, uni qandaydir o‘ziga xos tizimga solingan xolda mavzular ketma-ketligida tinglovchilarga yetkazish, o‘ylaymizki, yuqori natijalarni beradi. Xozirgi vaqtda na faqat fizika fanini balki boshqa fanlarni o‘qitishda ham texnika va texnologiyalarning so‘ngi davrlardagi jadal sur’atlardagi rivojlanishiga urg‘u bermaslikning iloji yo‘q. Shu bilan birga bir qator fanlararo fanlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi (kimyoviy fizika, biofizika, biorganik fizika, astrofizika va boshqalar) hamda bir qator yangi yo‘nalishlarning dunyo yuzini ko‘rishi (masalan, nurtolalar optikasi, raqamli texnologiyalar, nanotexnologiya va boshqalar) fizika faniga yana chuqurroq nazar solishga undamoqda. Fizikaning bunday keskin rivojlanishi ba’zi o‘quv yurtlarida fizika faniga ajratilgan soatlarning chegaralanganligi uni ma’lum bo‘limlarini xattoki umumiy elementar fizika kurslarini ham o‘ziga xos, yangi, noan’anaviy o‘quv innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishni taqazo etadi. Bu sohadagi chuqur tajribaga ega bo‘lgan mutahasislar innovatsion texnologiyalarning bir qator usullarini o‘z maqolalarida atroflicha tahlil qilib berganlar [1]. Yangi o‘tiladigan mavzularni o‘quvchilarga tushuntirish va ular ongiga chuqurroq yetkazish maqsadida “taqqoslash” usuli, “qiyosiy taxlil” usullari fizik jarayonlarni tizimli qiyoslash ular bo‘limlarini chizmalar yordamida qiyoslash usullari taklif etilgan [2]. Taklif etilgan bu usullar oddiyligi va o‘quvchilarga vizual ravishda tushuntirishga qulayligi bilan boshqa usullardan farq qilsada, uni u yoki bu ko‘rinishda ko‘pgina mavzularga qo‘llab bo‘lmasligi uning imkoniyatlarini ozmi ko‘pmi chegaralab qo‘yadi. Yangi mavzuni o‘tishda, albatta, ma’lumki, har bir fan uchun qabul qilingan va tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan Davlat standartlariga javob bera oladigan o‘quv dasturi hamda shu dastur asosida ishlab chiqilgan sillabusdan foydalaniladi. Pedagog shu dastur asosida dars o‘tib, belgilangan mavzudan chetlashmagan xolda o‘ziga qulay tartibda tinglovchilarga yetkazishi mumkin. Ma’ruzachining bu qulay tartibi, albatta, mavzuning mohiyatiga aslo ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. O‘tilayotgan mavzuning tartibli ketma-ketlikka ega bo‘lgan blok sxema ko‘rinishga solish o‘quvchilar ko‘z oldida mavzu elementlarini yaqqol namoyon bo‘lishiga imkon yaratadi. Mexanik harakat mavzusini boshlang‘ich qismlarida uni turlarga ajratib olish va bu turlarni o‘zaro o‘xshash va bir-biridan farqlanishlari tamoillarini ko‘rsatib berish maqsadga muvofiqdir. Dinamika bo‘limini boshlash ham yuqoridagi keltirilgan ko‘rinishdagi usulda olib borilsa, bu dars jarayoniga faqat ijobiy ta’sir o‘tkazishdan xoli emas, degan fikrdamiz. Bunda avval o‘quvchilarda kuch haqida yetarlicha tushuncha hosil qilib olish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng kuch turlarini: asosiy kuchlar va xosilaviy, ya’ni asosiy kuchlar ta’sirida kelib chiquvchi kuchkar sanab o‘tiladi va tartib bo‘yicha doskaga yoziladi. Sanab o‘tishda, albatta, ma’lum bir ketma-ketlikka rioya qilish kerak bo‘ladi. Kuchlarni tabiati bo‘yicha ikkita asosiy turga bo‘lishimiz mumkin: 1.Gravitatsion xarakterga ega bo‘lgan kuchlar. 2.Elektromagnit xarakterga ega bo‘lgan kuchlar. Birinchi turdagi kuchlarga, ma’lumki, eng avvalo butun olam tortishish kuchi – gravitatsion kuch, shu kuch ta’sirida yuzaga keluvchi xosilaviy kuchlardan og‘irlik kuchi, jism og‘irligi, Arximed kuchi, bosim kuchi va boshqalar taalluqli. Ikkinchi turdagi kuchlar – Kulon kuchlari – har qanday zaryadlangan zarrachalar orasidagi o‘zaro elektromagnit ta’sir kuchlari – Amper kuchi, Lorens kuchi, mexanika bo‘limiga tegishli bo‘lgan elastik kuchlari, tayanchning reaksiya kuchlari. Bu kuchlar mexanik kuchlar bo‘lsada, ma’lumki, ular elektromagnit tabiatiga ega. 161 Shunday qilib, yuqorida qisqacha ko‘rib chiqilgan va taklif qilingan usullar fizikani o‘qitishda va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga ozmi ko‘pmi xizmar qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edideb xisoblardik. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Akbarova F.J., Fizika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish., Scientific progress.,V2, N6, 2021., p.p.1225-1228. 2.Mirtojiyev F.M. Umumiy fizika kursini o‘qitishda tizimlash usulidan foydalanish., 2023-y

Доказательный фрагмент

«Maqolada so‘nggi yillarda fizika fanini o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga yondoshish usullari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada so‘nggi yillarda fizika fanini o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga yondoshish usullari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
физические процессы, physical processes, mexanik harakat, innovatsion texnologiya, виды силы, fizika, механическое движение, kuch turlari, innovative technology, новый предмет, сила, teaching methods, physics, инновационные технологии, методы обучения, types of force, физика, o‘qitish usullari, force, mechanical movement, kuch, yangi mavzu, fizik jarayonlar, new topic
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники