К содержанию
РецензированоUZ2009

Masofaviy ta’limning taraqqiyot tarixidan

Ж Гуламов (Узбекский государственный университет мировых языков)

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2009

Аннотация

Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi. Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jumladan, masofaviy ta’lim jarayonida tashkil etiladigan kurslar nashr etilgan materiallardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘shimcha ta’lim uchun maqolalar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalarni qamrab olishi xususiyatlari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: masofaviy ta’lim, talaba, ta’lim, malaka, ehtiyoj, maqsad, texnologiya, onlayn kurslar, rivojlanish tarixi, taraqqiyot. 150 Ma’lumki, bugunda jahondagi o‘nlab rivojlangan mamlakatlarda masofaviy ta’lim rasman joriy qilingan bo‘lib, o‘qitishning bu shakli orqali minglab talabalar va tinglovchilar ta’lim olishmoqda. Aynan masofaviy ta’lim shakllariga o‘tishning jahon tendensiyasi yangi informasion texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlarining ko‘payishida kuzatilmoqda. Xorijiy davlatlar ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin yillarda ta’limning masofaviy turiga ehtiyoj sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Sabab, kunduzgi ta’lim olish jarayoni talabalardan juda ko‘p vaqt va katta mablag‘ni talab etadi. Bu holatni o‘qitishning noan’anaviy shakliga o‘tish tendensiyasi natijasida masofaviy ta’limni xohlovchilar soni ko‘payishida ham ko‘rish mumkin. Bunday rivojlanish ta’lim muassasalarida keng kuzatilmoqda. Hozirgi kunda AQSH da 200 dan ziyod universitet va minglab kollejlar masofaviy o‘qitish tizimini tavsiya etmoqdalar. AQSHdagi masofaviy ta’lim tizimida 1 million kishi ta’lim olmoqda. Misol uchun, 40 ta muhandislik maktabidan tashkil topgan konsorsiumni o‘z ichiga olgan Milliy texnologiya universiteti 90-yillarning boshlaridanoq 1100 talabani magistrlik darajasi bo‘yicha masofaviy usul yordamida tayyorladi. Universitetlarning yarmida kattalarni o‘qitish uchun masofaviy ta’lim texnologiyalari qo‘llanilmokda [1]. Bundan tashqari, AQSHda masofaviy ta’lim texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan televideniye ham keng qo‘llanilmoqda. Undagi kattalarni o‘qitish dasturiga fan, biznes, boshqaruv kabi kurslar kiritilgan [2]. Kanadada ochiq va masofali o‘qitish texnologiyasi asosan turli hududlarda, shu jumladan, uzoq va aholisi kam bo‘lgan hududlardagi aholini ta’limga bo‘lgan extiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilmokda. Kanada masofali o‘qitish universitetlari o‘quv kurslarida an’anaviy axborot tashuvchilardan foydalaniladilar. Kurslar nashr etilgan materiallardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘shimcha ta’lim uchun maqolalar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalarni qamrab oladi. Faqat ba’zi universitetlargina ta’limning bir qismi sifatida kompyuter ta’limi imkoniyatlaridan va elektron aloqalardan foydalanadilar. Masofali o‘qitish bo‘yicha 38 ta kurslarning faqat uchtasida videoanjumandan foydalaniladi [3]. Buyuk Britaniya an’anaviy universitetlarining boshqarish sohasidagi magistr darajasiga mo‘ljallangan dasturlarining 50 foizi masofaviy o‘qitish orqali amalga oshiriladi. Uning Ochiq universiteti davlatda eng katta oliy o‘quv yurti bo‘lib, unda masofaviy o‘qitish shakli oddiy universtitetlardagi ta’limga qaraganda 40 foizga arzonga tushadi. Ispaniyada 20 yildan beri Masofaviy o‘qitish milliy universiteti (UNED) faoliyat ko‘rsatmokda. Uning tuzilmasiga mamlakat ichkarisidagi 58 ta va xorijda 9 ta o‘quv markazlari kiradi. 1988 yilda kattalar uchun sirtqi oliy ta’limni joriy etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, uning tuzilmasida, xususan, o‘rta maktab o‘qituvchilarini malakasini oshirish tizimi mavjud [2]. Mazkur universitetda o‘kuv materiallari sifatida audio va videokassetalar, kompyuterli o‘qitish texnologiyalari, telema’ruzalar va telematnlar bilan to‘ldirilgan maxsus tayyorlangan nashrlardan foydalaniladi. Germaniyaning Xagen shaxrida 1976 yili Ochiq Universitet tashkil etilgan bo‘lib, unda sirtqi ta’lim olish va malaka oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan hamda Universitet tomonidan diplom va ilmiy daraja berilgan. Tyubingen shahridagi Masofaviy ta’lim instituti radio va televideniye texnologiyalari orqali masofaviy o‘qitish uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqqan. Mazkur institutda 2500 o‘quv kurslarini yaratish uchun 5000 o‘qituvchilar ishtirok etganlar [1]. Xitoy Xalq Respublikasida masofaviy ta’limning qo‘llanilishi XX asrning 50-yillarida sirtqi o‘qitishni amalga oshirishdan boshlangan. 1960 yilda Pekinda birinchi 151 radioteleuniversitet tashkil qilindi. U radio, televideniye va nashr etiladigan materiallar orqali ochiq o‘qitish tartibida amalga oshdi. 1986 yilda esa Xitoy o‘qitish televideniyesi (CETU) ochildi. Ayni shu vaqtdan e’tiboran Xitoy uch turdagi: o‘quv yurtlarida kunduzgi, radio va televideniye va sun’iy yo‘ldosh orqali o‘qitish tizimlariga ega bo‘ldi. 2000 yildan boshlab, boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha kompyuter tarmog‘i (www.chinatde.net) is

Доказательный фрагмент

«Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talaba, ehtiyoj, education, история развития, need, maqsad, qualification, технология, history, студент, дистанционное образование, онлайн-курсы, masofaviy ta’lim, образование, technology, развитие, online courses, onlayn kurslar, distance education, development, malaka, цель, ta’lim, rivojlanish tarixi, texnologiya, потребность, purpose, квалификация, student, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники