К содержанию
РецензированоUZ2006

Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini takomillashishi psixologo-pedagogik fenomen sifatida

TAKOMILLASHISHI PSIXOLOGO-PEDAGOGIK FENOMEN SIFATIDA

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2006

Аннотация

Ushbu maqolada kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativlik ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi ochib berilgan va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: kreativlik, kreativ fikrlash, ijodiy fikrlash, inovatsiyon texnologiyalar, o‘qituvchining kreativ salohiyat. Zamonaviy sharoitda ijodkor shaxs jamiyat rivojlanishining barcha pog‘onalarida muhim rol o‘ynamoqda. Qisqa vaqt ichida hayotdagi o‘zgarishlar insondan har qanday o‘zgarishlarga ijodiy va samarali yondoshish imkonini beruvchi sifatlarni talab qiladi. Doimiy o‘zgarib borayotgan vaziyatlarda yashab ketish, ularga mos reaksiya bildirish uchun inson o‘zining ijodiy salohiyatini faollashtirishi zarur. Shunday qilib, an’anaviy yuzaga kelgan o‘qitish tizimining reproduktiv xususiyati bilan jamiyatning shaxsni rivojlantirishning kreativ tizimiga bo‘lgan jiddiy talabi o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelmoqda. Davlat ta’lim standartlari doirasida oliy ta’lim tizimini bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilar ning mustaqil o‘quv faoliyati ulushini oshirgan holda isloh qilish davrida bugungi kunda oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish davrida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini takomillashishida pedagogik rivojlantirish muammosi ko‘ndalang turibdi. “Kreativlik” atamasi birinchi marta 50-yillarning oxirida g‘arbiy psixologiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, u individning yangi tushunchalarni yaratish va yangi ko‘nikmalarni shakllantirish qobiliyatlarini bildirgan. Kreativlik konsepsiyasi, universal ijodkorlik bilish qobiliyati sifatida, J.Gilfordning ishlari e’lon qilingandan keyin ommalasha boshladi. Uning intellekt tuzilmasining kubsimon modeli bu konssepsiyaga asos bo‘ldi: X material X operatsiyalar natija SOI (structure of the intellect). Bu ishlarda u e’tiborni fikrlash operatsiyalarining ikki tipi o‘rtasidagi asosiy farqqa qaratadi: konvergensiya va divergensiya. Konvergent fikrlash (bir biriga yaqinlashish) ijodiy masalani hal qilayotgan insonga shartlar to‘plami asosida yagona to‘g‘ri yechimni topishi kerak bo‘lganida ta’sir qiladi. Bunda J.Gilford konvergent fikrlash qobiliyatini yuqori tezlikka ega IQ testlar bilan o‘lchanadigan intellekt bilan solishtiradi. Divergent fikrlash deganda u turli yo‘nalishlarda ishlaydigan, muammoni hal qilish yo‘llarini o‘zgartirish mumkin bo‘ladigan va kutilmagan xulosa va natijalarga olib keladigan fikrlash tipini tushunishni taklif qiladi. Bundan kelib chiqib J.Gilford kreativlikning oltita mezonini ajratib ko‘rsatadi: muammolarni aniqlash va to‘g‘ri qo‘yish qobiliyati; ko‘p sonli g‘oyalarni yaratish qobiliyati; turli-tuman g‘oyalarni yuzaga keltirish qobiliyati; 103 asabga ta’sir ko‘rsatadigan narsalarga nostandartjavob berish qobiliyati; ob’ektni detallarni qo‘shib takomillashtirish qobiliyati; muammolarni hal qilish, ya’ni tahlil qilish va sintezlash qobiliyati. Shunday qilib, J.Gilford divergensiya amalini insonning umumiy ijodkorlik qobiliyati sifatida almashtirish va implikatsiya amallari bilan birgalikda ajratib ko‘rsatadi[1]. Biroq intellekt ustida ishlovchi hamma tadqiqotchilar ham J.Gilfordning fikriga qo‘shilavermaydilar. Ularning ba’zilari ijodkorlik qobiliyatining insonning o‘qish va intellekt qobiliyati bilan zaif bog‘langanligi haida xulosa chiqaradilar. L.Terstoun birinchilardan bo‘lib ijodkorlik qobiliyati va intellekt o‘rtasidagi farqni ko‘rsatgan. U ijodiy faollikda temperamentning o‘ziga xos xususiyatlari, yangi g‘oyalarni tez o‘zlashtirish va yuzaga keltirish (nafaqat ularga tanqidiy munosabatda bo‘lish) qobiliyati muhim rol o‘ynashini aniqlagan. Ijodiy yechimlar, uning fikricha, e’tiborning muammo yechimiga jamlanishida emas, balki relaksatsiya, tarqalish momentida keladi. Ye.P.Torrans bu tadqiqotlarni davom ettirdi va bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur bir necha bosqichni o‘z ichiga olgan edi. Birinchi bosqichda – u Gilford bo‘yicha konvergent fikrlashni, ikinchi bosqichda esa – divergent fikrlashni rivojlantirgan. Ye.P.Torrans kreativlik deganda insonning o‘z bilimlaridagi kamiliklarni, nomosliklarni jiddiy idrok etishini tushunadi. Uning fikricha, ijodkorlik akti muammoni idrok etishga, yechimni izlashga, farazlarning paydo bo‘lishiga va shakllantirilishiga, ularning tekshirilishiga, natijaning modifikatsiyalanishiga va topilishiga bo‘linadi. Shundan kelib chiqib, u kreativlikning asosiy mezonlarini quyidagicha tavsiflaydi: osonlik – test topshiriqlarini bajarish tezligi, ya’ni test meyorlari tez intellekt meyorlariga o‘xshash; moslashuvchanlik – javob topish davomida ob’ektlarning bir sinfidan boshqasiga o‘tishlar soni; originallik – berilgan guruhda bir javobning minimal takrorlanishi. Torrans testlarida aniqlik intellekt testlariga o‘xshash baholanadi. Ye.G.Alieva o‘tkazgan tadqiqotlar Ye.P.Torransning originallik va chopqirlik o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqidagi xulosalarini tasdiqladi: javoblar qancha ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik originalroq va ak

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativlik ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi ochib berilgan va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativlik ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi ochib berilgan va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inovatsiyon texnologiyalar, kreativ fikrlash, creative thinking, ijodiy fikrlash, творческий потенциал учителя, инновационные технологии, творческое мышление, kreativlik, creative potential of the teacher, creativity, innovative technologies, o‘qituvchining kreativ salohiyat, творчество
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники