К содержанию
РецензированоUZ2019

Pedagogik muloqot asosida talabalarni muomala madaniyatini shakllantirish asoslari

SHAKLLANTIRISH ASOSLARI · Karimova N.X. · O‘zDJTU o‘qituvchisi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2019

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ya’ni talabalarni pedagogik muloqoti asosida muomala madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik muloqot, muomala madaniyati, ta’lim-tarbiya, pedagogik talab, pedagogik faoliyat Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti- harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatgi-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda o‘qituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi kasbiga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, ularning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish kabi buyuk vazifalarga javobgarlik o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi. Bu vazifalarning bajarilishiga, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bo‘lgan o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi. O‘quvchi ma’naviy muhitining shakllanishi o‘qituvchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘qituvchining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati zamirida shakllanib, takomillashadi. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti- harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatgi- harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, 89 uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim- tarbiya jarayonida o‘kuvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 1. O‘ z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qatiy amal qilishi lozim: - o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; - muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchi diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi; -o‘quvchining ichki ruhiyatini, psixolog xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi; -o‘quvchiga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchi ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi. Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi. Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan mul

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ya’ni talabalarni pedagogik muloqoti asosida muomala madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ya’ni talabalarni pedagogik muloqoti asosida muomala madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muomala madaniyati, педагогическая деятельность, pedagogical demand, pedagogical communication, культура поведения, педагогическое общение, pedagogik muloqo, education, педагогическая потребность, pedagogik faoliyat, образование, pedagogical activity, pedagogik talab, culture of behavior, ta’lim-tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники