К содержанию
РецензированоUZ2026

KREATIV YONDOSHUV ASOSIDA BOSHQARUV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Magzumova L.T. · BuxIU magistranti

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida krboshqaruv madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi xaqida ma’lumotlar yortilgan. Kalit so‘zlar: boshqaruv, madaniyat, rahbar, xodim, rivojlanish, muvaffakiyat, omil, tizim, maqsad Umumta’lim muassasalari faoliyatida samarali boshqaruvni olib borishda muloqot madaniyati ko‘nikmalarini rivojlantirishda menejer nimani gapirishnigina emas, balki qanday gapirishni ham bilishi kerak. Mohir menejer nutq madaniyatini targ‘ib etuvchi, bunga qiziquvchilarga murabbiylik, ustozlik qiluvchi kishi hamdir. Shunday ekan, muloqot madaniyatini rivojlantirish orqali samarali boshqaruvga erishish, jamoani moxirona boshqarish, tegishli hamkor tashkilotlar bilan unumli hamkorlik muhitini yaratish, muassasa manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga erishish malakalarini egallaydilar [4]. Rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida boshqaruv kreativ yondoshuv asosida madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilmini chuqur va har tomonlama bilish va uni o‘z faoliyati jarayonida qo‘llay olish imkoniyatlariga ega bo‘lish, yoshlarga oid Davlat siyosatining maqsadini anglash, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart sharoitlarni yaratib berish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Kreativ yondoshuv asosida boshqaruv madaniyati tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so‘z yuritish mumkin [3]. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo‘linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirish darajasi ko‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, meditsina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy me’yorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma’naviy xayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo‘lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi [6]. Insoniyat madaniyati o‘suvchan, o‘zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin. Boshqaruv madaniyati juda muhimdir. Insoniyat o‘z rivojlanish jarayonida juda katta boshqaruv tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog‘liqdir. chunki, boshqaruv yo‘llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yo‘li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida qo‘lanishi uchun ajratib olindi [1]. 70 Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lish bilan bir qatorda o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo‘lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo‘linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo‘lishlari kerak. Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, menejment jarayoni madaniyati , boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi [5]. Axloqiy me’yorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to‘g‘ri tushunish, kishi o‘rtasida insoniy munosabat va o‘zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatgo‘ylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv jaaryonida axloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan dalolat beradi. Menejmentda xuquqiy me’yorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to‘g‘risida qonun, tadbirkorlik xaqida, mulk to‘g‘risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxona, qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi me’yoriy qoidalar o‘rnatiladi. Estetik talablar va me’yorlar ham boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan texnika vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o‘rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi. Rahbar madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari madaniyati , mehnat sharoiti madani

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida krboshqaruv madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi xaqida ma’lumotlar yortilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida krboshqaruv madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi xaqida ma’lumotlar yortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leader, employee, лидер, rivojlanish, maqsad, factor, madaniyat, tizim, менеджмент, omil, система, развитие, сотрудник, muvaffakiyat, успех, культура, development, system, culture, xodim, цель, rahbar, boshqaruv, purpose, success, фактор, management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники