Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Kodirov Javlonbek Nematullayevich
Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich · Kodirov Javlonbek Nematullayevich (University of Business and Science dotsenti,)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, the legal foundations of green economy and sustainable development established in our country are analyzed, including the directions of state policy, legislative acts, and the role of international agreements. Key words: Green economy, sustainable development, legal foundations, resource, environmental safety, social equality, social justice, regulatory documents, energy efficiency. Yashil iqtisodiyot – bu jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan global tendensiyalar bo'lib, ular mamlakatlarning kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etiadi [9]. O’zbekiston Respublikasida ham ushbu yo’nalishlarni rivojlantirish uchun qo’shimcha huquqiy asoslar yaratish, takomillashtirish va amalga oshirish zarurati tobora ortib bormoqda. Yashil iqtisodiyot, o’z navbatida, atrof-muhitni himoya qilish, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy rivojlanishni muvozanatlashga qaratilgan 193 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference iqtisodiy faoliyatdir [8]. Shu o’rinda barqaror rivojlanish esa, ekologik xavfsizlikni ta’minlab, iqtisodiy o’sishni davom ettirish va ijtimoiy tenglikni o’rnatishga intilishdir [7]. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ona tabiatni asrash, atrof muhitga chiqindilarni chiqarishni minimallashtirish va mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy o’sihsga erishish yo’lida ulkan ko’lamdagi ishlar bajarildi va bularning barchasi davlat tomonidan huquqiy asoslantirildi va shu asosda tartibga solib kelinmoqda. Xususan, 1992 yil 9-dekabirdagi №754-XII-sonli «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi tom ma’noda tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir [1]. Ushbu qonun bilan, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, aholining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari, tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish, ekologik nazorat, tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora-tadbirlari, xo‘jalik faoliyati va boshqa yo‘sindagi faoliyatga doir ekologiya talablari va tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, tabiatni muhofaza qilishga oid nizolarni hal qilish kabi masalalar aniq va lo’nda qailib asoslab berildi va ushbu qonun orqali bu yo’nalishga huquiy poydevor yaratildi. Shunindek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19- sentyabrdagi №212-sonli «2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorida atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy tizimlarni, ularning biologik rang-barangligini hamda o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini saqlash va qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali iqtisodiy metodlarini joriy etishni davom ettirish, atrof muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni saqlashni ta’minlashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek ekologik madaniyatni oshirish chora- tadbirlari kompleksini amalga oshirish ushbu dasturning maqsadi va vaziflari 194 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qilib belgilandi [2]. Va o’sha yillarda ushbu qaror ijrosini bajarish orqali ushbu sohaning asosi mustaxkamlandi. Barchamizga ma’lumki, rivojlangan davlatlarda biznes sub’ektlari o’z faoliyatlarini yashil iqtisodiyot kontsepsiyasi asosida tashkil etmoqdalar va bunda muvofaqqiyatga erishgan kompaniyalar xorijiy davlatrga ushbu kontsepsiya asosida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Mamlakatimizga shunday xorijiy investorlarni keng ko’lamda jalb qilish ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishni taqozo etdi. Shu sabali, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18- fevraldagi №95-sonli «Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikning umumiy talablari, atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari, mahsulotlar va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablar
Доказательный фрагмент
«In this article, the legal foundations of green economy and sustainable development established in our country are analyzed, including the directions of state policy, legislative acts, and the role of international ag…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the legal foundations of green economy and sustainable development established in our country are analyzed, including the directions of state policy, legislative acts, and the role of international ag… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Green economy, sustainable development, legal foundations, ijtimoiy adolat, me`yoriy hujjatlar, energiya samaradorligi., yashil iqtisodiyot, ijtimoiy tenglik, huquqiy asoslar, barqaror rivojlanish, resurs, ekologik xavfsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026