К содержанию
РецензированоRU2026

ОБЪЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ВИДЫ И ЖАНРЫ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Solijonova Muhtasaroy Jahongirbek qizi · OF FINE ART (Andijon davlat pedagogika instituti)

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article broadly analyzes the goals and tasks of visual art, which is one of the most common types of art, and discusses the role and place of visual art in the education of the next generation. provides some information and skills. Key words: Fine art, type, genre, graphics, sculpture, purpose, task, painting, process, still life, image, portrait, artist, work, imagination. ОБЪЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ВИДЫ И ЖАНРЫ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА Аннотация. В данной статье широко анализируются цели и задачи изобразительного искусства, которое является одним из наиболее распространенных видов искусства, обсуждаются роль и место изобразительного искусства в воспитании подрастающего поколения, предоставляется ряд информации и навыков. Ключевые слова: Изобразительное искусство, тип, жанр, графика, скульптура, цель, миссия, живопись, процесс, натюрморт, образ, портрет, художник, работа, воображение. San’at tabiat va jamiyatdagi hodisalar va jarayonlarning badiiy tasviriy ifodasidir. San’at insonlarning orzu-niyatlarini, maqsadlari yo’lidagi harakatlarini, ezgu-umidlarini to’la ifoda etadi. San’atni qadrlagan, unga ixlos bilan qaraydigan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi. San’at insonlar uchun estetik zavq –shavq manbai, san’at odamlar hayotiga go’zallik olib kiradi. 131 San’at insonlarda atrof –olamga nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi hamda hayotni kuzatib o’rganish va bilish vositasi ham hisoblanadi. San’at juda keng ma’noga ega va uning turlari ham juda ko’p, bular adabiyot, teatr, tasviriy san’at, me’morchilik, ganchkorlik, musiqa, yog’och o’ymakorligi va naqqoshlik bular hammasi bir biri bilan uzviy bog’liqdir. San’atning qadimiy va shu bilan birga keng tarqalgan turlaridan biri bo’lgan tasviriy san’at keng ma’noga ega xisoblanadi. Tasviriy san’at insonlarga hayotni o’rganishga, dunyo go’zalliklarini his qilishga yaqindan yordam beradi. Tasviriy san’at insonlarni badiiy madaniyatini shakllantiradi. Shuning uchun ham davlatimiz o’zi rivojlanayotgan bir davrda badiiy madaniyat taqdiri uchun ham mas’uliyatni zimmasiga olib, hozirda tasviriy san’at sohasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Tasviriy san’at ta’limi dunyoqarashni, tasavvurni, ko’rish xotirasini shakllantiradi. Yosh avlodni har tomonlama takomilida kommunistik tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari qatori estetik tarbiya ham alohida ahamiyat kasb etadi. U bolalarga borliqni yaxshiroq idrok etish va tushunishga, insonlarning hissiyot dunyosini chuqurroq anglashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi, atrofdagi, borliqdagi go’zalliklarni his qilishga o’rgatadi. Estetik tarbiyaga ega bo’lgan bolalar san’at asarlarida, odamlar orasidagi munosabatlarda, tabiatda va mexnatda go’zallikni ko’ra oladigan bo’ladi. SHuningdek ularning hayotga go’zallik kirgizish malakalari rivojlangan, badiiy fikr doirasi keng bo’ladi. Mana shu estetik tarbiyaning ta’sirchan vositalaridan biri bo’lgan tasviriy san’at o’quv predmeti faqatgina estetik tarbiya vositasi bo’lib qolmay o’quvchilarni g’oyaviy – siyosiy, aqliy, axloqiy, mexnat tarbiyasini amalga oshirishda ham muhim ro’l o’ynaydi. Tasviriy san’at insonlarga badiiy tarbiya ham beradi. Tasviriy san’at mashg’ulotlari o’quvchilarning hayotga va san’atga, axloqqa bo’lgan munosabatlarini shakllantiradi. Tasviriy san’at mashg’ulotlari estetik xis – tuyg’ular, go’zal narsalarga emotsional munosabatda bo’lish, badiiy faoliyat va san’atga bo’lgan qiziqish xislarini tarbiyalaydi. Tasviriy san’at ta’limining asosiy maqsadi ham insonlarni badiiy madaniyatini ya’ni estetik didini shakllantirish va har tomonlama yetuk, komil insonni yetishtirishdir. Tasviriy san’at ta’limi maktablarda ayniqsa bolalarda kuzatuvchanlikni, ko’rish xotirasini o’stirish uchun zarur hisoblanadi va maktabda o’qitiladigan tasviriy san’at o’quv predmeti o’zining maqsad – vazifasi – mazmun – mohiyatiga ko’ra; 1. Borliqni idrok etish 2.Badiiy qurish –yasash 3.Narsani o’ziga qarab tasvirlash 132 4.Kompozitsion faoliyat 5. San’atshunoslik asoslari kabi dars mashg’ulotlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Tasviriy san’atning bu mashg’ulot turlari o’ziga xos pedagogik texnologiya, didaktik prinsiplarga va metodik uslublarga egadir. Hamda, bu mashg’ulotlar hammasi yagona maqsad bo’yicha faoliyat yuritadi. Tasviriy san’at bolalarga atrof-tabiatni o’rganishga yaqindan yordam beradi. Ular narsalar rasmini chizishdan oldin uni kuzatadi ularni rangi, shakli, holatlarini o’rganadilar so’ng ularni o’zi chizayotgan ishlarida tasvirlashga harakat qiladilar. Kuzatilayotgan jonli narsalarning hayoti borasida ham tasavvurga ega bo’ladilar natijada ularning borliq haqidagi tasavvurlari kengayadi va xotirasi ham o’sadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at mashg’ulotlarida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar birgalikda amalga oshirilsa yana ham yaxshi samara beradi. Turli san’at asarlarini taxlil qilish bolalarda badiiy idrok etish malakalarini o’stirish, faktik materiallarni o’zlashtirish, maxsus termin va tushunchalarni o’rganish orqali ama

Доказательный фрагмент

«This article broadly analyzes the goals and tasks of visual art, which is one of the most common types of art, and discusses the role and place of visual art in the education of the next generation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article broadly analyzes the goals and tasks of visual art, which is one of the most common types of art, and discusses the role and place of visual art in the education of the next generation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fine art, type, genre, graphics, sculpture, purpose, task, painting, process, Изобразительное искусство, тип, жанр, графика, скульптура, цель, миссия, живопись, процесс, натюрморт, образ, портрет, художник, работа, воображение., Tasviriy san’at, tur, janr, grafika, haykaltaroshlik, maqsad, vazifa, rangtasvir, jarayon, natyurmort, obraz, portret, rassom, asar, tasavvur., Fine art, type, genre, graphics, sculpture, purpose, task, painting, process, still life, image, portrait, artist, work, imagination.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники