К содержанию
РецензированоRU2023

АНАЛИЗ ТЕОРИЙ ГЛЮТОНИЧЕСКОГО ПОЛЯ

Eliboyeva Zarnigor Normo‘minovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article will provide information and react to research on the issue of the lexicon of gluttonium. The specific structure of the gluttonian lexicon is analyzed. Keywords: gluttony, lexical unit, Stylistics, culture, mentality, analysis, interpretation. АНАЛИЗ ТЕОРИЙ ГЛЮТОНИЧЕСКОГО ПОЛЯ Аннотация. В статье дается информация и дается реакция на исследования, посвященные проблеме словарного запаса глютонии. Анализируется специфическая структура лексики глютония. Ключевые слова: глютония, лексическая единица, стилистика, культура, менталитет, анализ, толкование. Dunyoda globallashuv jarayoni turli xalqlarning milliy va etnik o‘ziga xosligi asoslarini tadqiq qilishning kuchayishi sharoitlarida amalga oshmoqda. Universallashuv jarayoni bilan bir vaqtda madaniyatlar tabaqalashuvi tendensiyasi ham rivojlanmoqda. Oziq-ovqat har kungi hayotning ajralmas qismidir. Shu sababli ham dunyoning barcha tillarida “glyuttoniya va gastronomiya” mavzusiga oid leksik birliklarni eng keng tarqalgan va eng qadimgi leksika sifatida ko‘rish mumkin. Ushbu leksik birliklar tilga har bir darajada (leksikologiya, grammatika, stilistika va boshqalar) ta’sir qiluvchi maxsus mikraolamni yaratadi. Har bir til millat va uning madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, xalq milliy xarakterining o‘ziga xosligini va boshqa xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun, misol tariqasida, fransuzlar madaniyatini to‘g‘ri talqin qilish uchun fransuzlarning milliy oshxonasining ramzi, uning mental tili, oshxona terminologiyasiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ingliz va o‘zbek tillarida glyuttonik terminologiyasining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish ushbu xalqlarning madaniyati, mentaliteti, turmush tarzi, etnografiyasi kabilarni keng tadqiq qilishga va bu boradagi bilimlarni kengaytirishga imkon yaratadi. Shu o‘rinda chog‘ishtirilayotgan tillarda gastronomiya sohasi terminologiyasining lingvomadaniy aspektda o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyatini tadqiq qilish barobarida jahon tilshunosligidan glyuttoniya sohasiga oid terminlarning turli aspektlarda o‘rganilishi yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘zbekiston glyuttoniya leksikasi masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tilshunoslik nuqtai nazardan amalga oshirilgan. Jumladan, K.Shaniyazov, M.Qurbonova, K.Mahmudovlar izlanishlar olib borganlar. M.T.Xudayarovaning “O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili (Qoraqolpog‘iston hududi materiallari asosida)” deb nomlangan tadqiqot ishida Qoraqolpog‘iston o‘zbek shevalaridagi yuzdan ortiq taom nomlari ilk marotaba tahlil qilingan, qadimiy taom nomlari xronologik tartibda o‘rganilgan, ayrim xalq marosimlarining taom nomi bilan atalishiga izoh 3 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ berilgan, taom nomlarining qisqacha izohli lug‘ati tuzib chiqilgan, taom nomlarining hududiy tarqalishi belgilangan va kartada shartli belgilar yordamida ko‘rsatilgan, shuningdek, sohaga oid tadqiqotlarga tanqidiy yondashib, taom nomlarining etimologiyasiga oid yangi qarashlar belgilangan. Glyuttoniya sohasiga bag‘ishlangan yana bir tadqiqot G.Odilovaning “Xususiy diskurslar lingvomadaniy talqinining nazariyasi va amaliyoti (glyuttonik diskurs misolida)” nomli tadqiqot ishi bo‘lib, olima unda glyuttonik diskurs istilohi, uning menyu, retsept, taomnoma kabi janrlarining lingvistik xususiyatlarini aniqlagan, olamning milliy lisoniy manzarasini anglashda glyuttonik diskurs tahlilining ahamiyatini ochib bergan, ilk bor glyuttonik diskursning tarix, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika va boshqa sohalar bilan bog‘liqligini asoslgan, o‘zbek va ingliz adabiyotida glyuttonik diskursni tahlilga tortgan hamda o‘zbek adabiyotidagi non, suv, bug‘doy, dasturxon, o‘choq kabi glyuttonik stereotiplarning genezisini isbotlagan, badiiy asarlardagi glyuttonik diskursni tarjimada qayta yaratish muammolarining nazariy va amaliy jihatlarini asoslab bergan, «menyu» – taomnoma hamda «retsept» ilk bor o‘zbek tilidagi glyuttonik diskursning mustaqil janri sifatida o‘rganib, kulinariyaga oid terminologik lug‘at yaratish tamoyillarini ishlab chiqqan, O‘zbekiston va AQSH, Britaniya restoranlari taomnomalarining lingvokulturologik tipologik va pragmatik xususiyatlarini asoslab bergan hamda O‘zbekistondagi xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoran va oshxonalar uchun taomnoma va taomnoma tarjimasining lingvistik va stilistik baholash mezonlarini yoritib bergan. Jahon tilshunosligida F.Gardafe, Xu Venying, Kara Killing va Skott, Brad Kessler, Leyns, Vendi va Romona Perez va boshqalar «food» («ovqat») konseptining badiiy matnlarda qo‘llanishini tadqiq qilganlar. Pamela Feber o‘zining “Food terminology as a system of cultural communication: Expressing sensory experience in several languages” tadqiqotida non va guruch kabi oziq-ovqat kategoriyalarida madaniyatga xos bo‘lgan terminlardan foydalanishni o‘rganish uchun freymga asoslangan terminolog

Доказательный фрагмент

«The article will provide information and react to research on the issue of the lexicon of gluttonium.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article will provide information and react to research on the issue of the lexicon of gluttonium. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gluttony, lexical unit, Stylistics, culture, mentality, analysis, interpretation, глютония, glyuttoniya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники