К содержанию
РецензированоRU2026

РОЛЬ ДЖАДИДОВ В ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

TARIXIDA JADIDLARNING O’RNI · Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna. · Аkbarova Zilola Xayrullo qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article reflects on the role and importance of jadids in the development history of the educational system of the Republic of Uzbekistan. Keywords: jadids, reform, progressive forces, Jadidist movement. РОЛЬ ДЖАДИДОВ В ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Аннотация. В данной статье рассматривается роль и значение джадидов в истории развития системы образования Республики Узбекистан. Ключевые слова: джадиды, реформа, прогрессивные силы, джадидистское движение. Jadidlar kim bo‘lganini tushunib olish uchun o‘sha davr tarixini juda yaxshi bilish zarur. Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshida paydo bo‘ldi. Agar biz jadidchilik paydo bo‘lishining tarixiy sabablarini tushunishni istasak, tarixga birox chuqurroq kirib borishimiz, XIX asrdagi falsafa va ma'rifatning kuchayishi, qanchalik g‘ayritabiiy ko‘rinmasin, O‘rta Osiyo xonliklarining XVI asrda Buyuk ipak yo‘li zaiflashib qolgani bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan qoloqligi ob'ektiv sabablarini anglab olishimiz kerak bo‘ladi Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy 153 monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi. Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919- yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga — adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan. Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“, „Inogʻomovchilik“, 154 „Qosimovchilik“, „Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi. Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik jarayonning namoyandalari edi. Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30- yillarda sovet mustabid rejim

Доказательный фрагмент

«This article reflects on the role and importance of jadids in the development history of the educational system of the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reflects on the role and importance of jadids in the development history of the educational system of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jadids, reform, progressive forces, Jadidist movement, jadids, reform, progressive forces, jadidlar, isloh, taraqqiyparvar kuchlar, джадиды, реформа, прогрессивные силы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники