К содержанию
РецензированоRU2026

НАВЫКИ СИРОЖИДДИНА САЙИДА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИСКУССТВА ТАЛМЕХ

Ergasheva Rayhon O'tkir qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article talks about Sirojiddin Sayyid's ability to use the art of talmeh and the work of the poet. The method of analysis was used throughout the article. Key word: use of talmeh art, artistic art, famous verse, famous historical events. НАВЫКИ СИРОЖИДДИНА САЙИДА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИСКУССТВА ТАЛМЕХ Аннотация. В данной статье говорится о умении Сироджиддина Сайида использовать искусство тальме и творчество поэта. Метод анализа использовался на протяжении всей статьи. Ключевые слова: использование искусства тальме, художественное искусство, известные стихи, известные исторические события. Xalqimiz tarixining muhim voqeligi, qadriyatlari, allomalari, buyuk shaxslari, bahodiru sohibqironlari, ma’naviyatimizning ulug mutafakkirlarimiz siymosi adabiyotimizda badiiy san’at vositalaridan talmihda ishora qilinib, sharaflanadi. Talmeh san’atida dastlab mashhur asarlar va uning qahramonlari, bayt va xalq maqollariga ishora qilingan. Undan so‘ng ifoda doirasi kengayib, muhim tarixiy voqealar, mashhur tarixiy siymolar bilan bog‘liq hodisalarga ishora qilish talmehning asosiy manbaiga aylanib ketgan. Talmeh (arabcha – nazar solmoq, ishora qilmoq) – she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilsh usuli1. Zamonaviy adabiyotshunosligimizda she’rshunoslik ilmi bilan shug‘ullangan Anvar 1 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон. – Б. 397. 134 Hojimuhammedov “Talmeh (nazar solmoq) she’r nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san’atidir”2 – deb yozadi. XX asr va hozirgi o‘zbek she’riyatidagi ijodiy izlanishlar samarasi natijasida talmih san’ati ham yangicha talqinlarda o‘z badiiy ifodasini topmoqda. Ushbu san’atning bugungi davr she’riyatida afsonalar qahramonlariga, romantikqahramonlarga emas, balki real qahramonlar, tarixiy shaxslar nomiga ishora qilishga intilish kuchaydi. Talmeh she’riy san’ati mumtoz adabiyotimizda ham, hozirgi zamon she’riyatimizda namoyandalari ijodida ham keng qo‘llanilgan ma’naviy san’at hisoblanadi. Zamonaviy she’riyatimiz namoyandasi Sirojiddin Sayyid she’riyatida talmeh san’atining o‘ziga xos navotorona faolligi kuzatiladi. Uning Vatan mavzusidagi she’rlarida tarixiy shaxslar siymosi va merosi har jihatdan ibrat namunasi ekanligi ta’kidlanadi. …Valiylardan ibrat so‘ylar juldur sahrolar, So‘ndi qancha saltanatlar, qancha tug‘rolar. Maqbaralar aytsin, lekin aytsin Zuhrolar, Yer ostida suhbat aytar hanuz Kubrolar, Termiziylar bedor yotgan qo‘rg‘onim Vatan3. Talmeh she’riy san’ati mumtoz adabiyotimizda ham, hozirgi zamon she’riyatimizda namoyandalari ijodida ham keng qo‘llanilgan ma’naviy san’at hisoblanadi Sirojiddin Sayidning ijodida talmeh san’atini quyidagi tasnifi kuzatiladi: 1) Tarixiy siymolar obrazi; 2) Din, tasavvuf, avliyo obrazlari; 3) Mumtoz adabiyotimiz namoyandalari; 4) XX asr o‘zbek adabiyoti vakillari. Sirojiddin Sayyidning quyidagi she’riy parchalarda talmeh sanatidan foydalanish mahorati yorqin namoyon bo‘ladi. Abadiy yod erur adabiyoting Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim Vatan. *** Nedir millat qudratining tamadduni? Amir Temur haykalidan so‘rang buni. Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? 2 Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т:ошкент: Шарқ, 1998.– Б. 14. 3 Саййид Сирожиддин. Сўз йўли: танланган асарлар. Икки жилдлик. 1-жилд. – Т.: “Шарқ”, 2008. – Б. 364. 135 Jahongiri behonumon yurt edi bu. *** Temurlari ot minganda jahon lol bo‘lgan. *** Boburgacha – besh yuz tosh-u To Navoiy – ming yog‘och. *** Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan, kabi satrlarda dastlab XX asr adabiyotimizning buyuk jadeid yozuvchi va shoirlari, buyuk sohibqiron Amir Temur va avliyo Naqshbandiy nomi zikr etilgan. Ushbu tarixiy siymolar nomi har bir o‘quvchi qalbida milliy iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Yuqorida aytganimiz singari she’rda keltirilgan ulug‘lar nomi vatanparvarlik g‘oyalarini yuksaltirguvchi kuch bo‘lib, she’r ta’sirchanligi va jozibasini ta’minlashga xizmat qilgan. Shoirning “Vatan nadir” she’rida hadis ilmi sultoni Al-Buxoriy, shoh va shoir Bobur, sohibqiron Amir Temur, Furqat va Cho‘lpon nomlari keltirilishi bilan birga ular qismatidagi va yurtimiz boshidan kechirgan achchiq haqiqatlar ro‘y-rost aytiladi. She’r to‘qqiz band bo‘lib “Vatan nadir?” so‘rog‘iga misrama-misra, bandma-band tadrijiy javob izlanadi. Shoirning “Mangu nomlar” she’ri boshdan-oxir talmeh san’ati zamirida qurilgani bilan ajralib turadi: O‘chmas Yer yuzida Buxoro nomi, Toki yashar ekan Buxoriy nomi. Mangu esaverar Termiz yellari, Toki nur taratgay Termiziylari. O‘pdi bu tuproqdan neki jon bordir, Hazrat Yassaviy bor – Turkiston bordir. Amudaryolari abadiy azim, Manguberdilari mangu Xorazm4. Xulosa qilib aytganda, shu ma’noda tarixiy jarayon she’riyatga manba ekan, davr va zamon bilan bog‘liq holda yangi-yangi talmehlar paydo bo‘laveradi. Har bir davr unga yangi badiiy estetik vazifa yuklaydi. Sirojiddin Sayyid she’riyatida talmih san’ati ziynatli tasvir vositasi sifatida eng faol va shoir badiiy mahoratini ko‘rsatu

Доказательный фрагмент

«This article talks about Sirojiddin Sayyid's ability to use the art of talmeh and the work of the poet.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about Sirojiddin Sayyid's ability to use the art of talmeh and the work of the poet. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
использование искусства тальме, художественное искусство, use of talmeh art, talmeh san’atidan foydalanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники