К содержанию
РецензированоRU2023

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНО

Hojiyeva Nasiba Bahodirovna · КЛАССАХ НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНО

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article focuses on the methodological and scientific basis of the subject of methods of teaching mother tongue in primary school, the means of teaching mother tongue in school and methodological information on psychology and pedagogy in teaching mother tongue. Key words: Primary school, mother tongue, methodology, methodology, competence, book, psychology and pedagogy, didactics and so on. Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at boyligini to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlashdir. Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi. Badiiy adabiyot ta’lim bosqichlarida ham san’atning bir turi, ham o’quv predmeti sifatida o’rganiladi. Shunga ko’ra bolalar badiiy adabiyotning so’z san’ati sifatida o’ ziga xosliklari, uning yashash tarzi, namoyon bo’lish shakllari, rivojlanish qonuniyatlari ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o’rgatiladi. Ma’lumki, bolalikdan kitobga bo’lgan munosabatni ijobiy shakllantirishda maktabgacha bolalar kitobxonligi badiiy adabiyotdagi asosiy mazmun va mohiyatni, ularda aks etgan nafosatni his etishiga alohida urg’u beriladi. Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’liqdir. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi. 4 24 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Amaliy pedagogik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim standarti belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab chiqadi. Bilish nazariyasiga ko’ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga to’g’ri talaffuz va to’g’ri yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar, til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar, o’rgangan va o’zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar. Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy tamoyillari boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitish metodikasining vazifalarini belgilab, aniqlashtirib beradi: ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta`lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta`lim sohasida kamsitishlarga yo`l qo`yilmasligi; ta`lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta`minlanishi; ta`lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta`lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o`n bir yillik ta`limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo`lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta`limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta`lim standartlari va davlat ta`lim talablari doirasida ta`lim olishning hamma uchun ochiqligi; o`quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta`lim olishi; jamiyatda pedagoglarning ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta`lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste`dodning rag`batlantirilishi; ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg`unligi; ta`lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. Yuqoridagi ta`lim tamoyillaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Hozirgi kunda ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va shu asosda Xalqaro talablar asosida yaratilayotgan Milliy o`quv dastiri buning yorqin dalilidir. “Umumiy o`rta ta`limning Milliy o`quv dasturi” da maktab bitiruvchilarida filologiya fanlari bo`yicha qo`yiladigan talablarda nutqiy kompetensiya, limgvistik kompetensiya, filologiya 4 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the methodological and scientific basis of the subject of methods of teaching mother tongue in primary school, the means of teaching mother tongue in school and methodological information on ps…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the methodological and scientific basis of the subject of methods of teaching mother tongue in primary school, the means of teaching mother tongue in school and methodological information on ps… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Primary school, mother tongue, methodology, methodology, competence, book, Boshlang’ich sinf, начальная школа
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники