К содержанию
РецензированоRU2023

Реформы по повышению правового статуса министерств как основного звена системы органов исполнительной власти

HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI · JILD: NASHR: yil · SIFATIDA VAZIRLIKLARNING HUQUQIY MAQOMINI · OSHIRISH BO‘YICHA ISLOHATLAR · Miraddin Tursinbaev

in Library · 2023

Аннотация

Mazkur maqolada O„zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlari tizimiga hamda mana shu tizimning asosiy bo„g„ini sifatida vazirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi vakolatlari, davlat boshqaruvi va mana shu sohadagi oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohatlarga to„xtalib o„tilgan. Kalit so‘zlar: davlat hokimiyati tizimi, davlat organlari, vazirlik, davlat boshqaruvi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish, O„zbekistonning xalqaro maydonda munosib o„rin egallashiga yo„naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi [1]. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Yangi tahrirdagi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-modasiga ko„ra: “O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linishi prinsipiga asoslanadi.” [2]. Mana shu hokimiyatlar ichida ijroi hokimiyati alohida o‟ringa ega. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq davlat boshqaruv institutlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksida ijro etuvchi hokimiyat organlari asosiy muammolardan biri hisoblanganligini ko„rishimiz mumkin. Ular faoliyatining tashkiliy darajasi va sifati samarali faoliyat yuritayotgan davlatlarning boshqaruv tizimining qay darajada to„g„riligini ham belgilab bermoqda. Ijro etuvchi hokimiyat organlari doimiy ravishda jamiyatning diqqat-e‟tiborida bo„lib, davlat boshqaruvini isloh qilish bo„yicha eng muhim va eng murakkab vazifalarni amaliy amalga oshirishda asosiy yuk aynan ularning zimmasiga yuklanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun hozirgi davrning o„ziga xosligi shundaki, oldindan isloh qilishga harakat qilib kelingan hamda hozirgi vaqtda unga ehtiyoj mavjud. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan beri mamlakatda ma‟muriy islohotlarni boshlash uchun ko„plab urinishlar bo„ldi [3, B. 51-54]. So„nggi yillarda Yangi O„zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo„yicha keng ko„lamli ma‟muriy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat organlarining sohaga oid bo„lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o„rtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o„rinbosarlari lavozimlari qisqartirildi. Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish hisobidan byurokratik to„siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko„rsatish tizimini yaxshilash maqsadida 30 ga 22 http://t.me/ScienceBox_official SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI yaqin turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat tashkilotlari tomonidan 60 dan ortiq hujjatlarni talab qilish bekor qilindi. “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshib, u orqali davlat idoralarining 130 dan ortiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qariyb 350 turdagi xizmatlar onlayn shaklda ko„rsatilishi yo„lga qo„yildi. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan beri mamlakatda ma‟muriy islohotlarni boshlash uchun ko„plab urinishlar bo„ldi. Islohot davlat hokimiyatini amalga oshirishning butun tizimiga, birinchi navbatda, ijro hokimiyati tizimiga qaratilgan bo„lishi kerak edi. Biroq, tan olish kerakki, bu urinishlar, asosan, ba‟zilarini tugatish, ularning o„rnida boshqa ijro hokimiyat organlarini shakllantirish, turli vazirlik va idoralarning iyeyarxik bo„ysunishini o„zgartirish bilan cheklandi. Yangi O„zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko„rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas‟uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo„naltirish, shuningdek, Yangi O„zbekiston ma‟muriy islohotlari dasturi ijrosini ta‟minlash maqsadida 2023-yil 1- yanvardan boshlab O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o„rinlarda – Vazirlar Mahkamasi / Hukumat) a‟zosi bo„lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to„g„ridan to„g„ri ishlashi tizimi joriy etildi [4]. Bu yilgi Murojaatnomada ham Prezidentimiz yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bilan birgalikda, 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalarga ham to„xtalib o„tdi. Aytib o„tilgan, maqsad va vazifalar hamda 2023-yilga “Insonga e

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O„zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlari tizimiga hamda mana shu tizimning asosiy bo„g„ini sifatida vazirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi vakolatlari, davlat boshqaruvi va mana shu soh…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O„zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlari tizimiga hamda mana shu tizimning asosiy bo„g„ini sifatida vazirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi vakolatlari, davlat boshqaruvi va mana shu soh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ministry, государственное управление, министерство, davlat organlari, system of state power, public administration, государственные органы, state bodies, система государственной власти, vazirlik, davlat boshqaruvi, davlat hokimiyati tizimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ЮриспруденцияRUРецензированоОткрытый доступ