К содержанию
РецензированоRU2023

ФОРМИРОВАНИЕ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕДСТАВЛЕНИЯ И ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ИММУНИТЕТА У СТУДЕНТОВ.

IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH. · Ikromova Sitora Akbarovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the main concepts and topical aspects of the concept of ideology and the formation of ideological immunity in young students. Thoughts and comments are mentioned throughout the article. Key words: Ideology, ideological immunity, competence, skill. ФОРМИРОВАНИЕ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕДСТАВЛЕНИЯ И ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ИММУНИТЕТА У СТУДЕНТОВ. Аннотация. В данной статье говорится об основных понятиях и актуальных аспектах концепции мировоззрения и формирования идеологического иммунитета у студенческой молодежи. Мысли и комментарии упоминаются на протяжении всей статьи. Ключевые слова: Идеология, идеологический иммунитет, компетентность, мастерство. MAFKURA (arab. – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g‘oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta'limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Mafkura muayyan diniy, falsafiy ta'limot asosida yaratiladi, ma'lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o‘z mohiyati va ta'sir kuchiga ko‘ra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor g‘oyalarga asoslangan mafkura ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo‘ladi, ma'naviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulug‘vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g‘oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa, jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladi, millat va xalqlarni asoratga soladi. Bunday mafkura o‘z mazmun–mohiyatiga ko‘ra, hukmron, mustabid, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik shakllarida namoyon bo‘ladi. Sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yo‘l qo‘yilmagan edi. Unga to‘g‘ri va xolisona baho berish imkoni mustaqillik tufayli ochildi. 1 22 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.Karimovning asarlari, jumladan, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri va “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida Mafkuraga chuqur ilmiy ta'rif berilgan. «Mafkura» tushunchasi- har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch- e'tiqodning asosini ham g‘oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaat hamda maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘l va vositalar bilan erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyat milliy g‘oyasining asosini tashkil etadi. Mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo‘lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o‘ta siyosiylashadi, aholini o‘zaro qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan davlatlarda milliy g‘oya aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. O‘zbekiston xalqining milliy g‘oya jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar etadi. MAFKURAVIY IMMUNITET — shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta'sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. Immunitet (lot. immunitaq - ozod bo‘lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta'sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet - kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish q

Доказательный фрагмент

«This article talks about the main concepts and topical aspects of the concept of ideology and the formation of ideological immunity in young students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the main concepts and topical aspects of the concept of ideology and the formation of ideological immunity in young students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ideology, ideological immunity, competence, skill, Идеология, Mafkura
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники