К содержанию
РецензированоUZ2025

Madaminova SarvigulAnvarxo‘jayevna Farg‘onadavlat universiteti magistranti BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING AXLOQIY-MA’NAVIY QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

QurbonovaBaxtigul Qo‘chqarbayevna · Madaminova SarvigulAnvarxo‘jayevna · BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING AXLOQIY-MA’NAVIY · QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Proper education of the young generation is an important and urgent issue. Ethical and spiritual development of primary school students is one of the tasks assigned to primary education pedagogues. This article talks about the formation of moral and spiritual values ​ ​ of primary school students. Key words: Primary school, value, education, spiritual, moral, student, pedagogue, knowledge, skill,competence, formation. Аннотация: Правильное воспитание молодого поколения является важным и актуальным вопросом. Этическое и духовное развитие учащихся начальных классов является одной из задач, возложенных на педагогов начального образования. В данной статье говорится о формированиинравственных и духовных ценностей учащихся начальныхклассов. Ключевые слова: Начальная школа, ценности, образование, духовное, нравственное, ученик,педагог,знания,умение,компетентность,образование. Kirish. Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘naviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Buning uchun o‘quvchilar ongidama‘naviy- axloqiy tushunchalarni shakllantirish,ular ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish,o‘quvchilarning oilaviy muhitiga alohida e‘tibor qaratilishi lozim.Yоshlarga ta’lim- tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammo sanalib kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o‘ylaydi. Chunki har bir shaxsning baxt-saodati alohida, o‘z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, unga turlidavrlarda turlichaamal qilib kelingan. Yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga mas’ul bo‘lgan barcha o‘rinlarda xalq pedagogikasi xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarildi. Yoshlarning ma’naviy- axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi. O‘rta umumiy ta’limning birinchi bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg‘un tarzda o‘quvchilarning ma’naviy dunyosi boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi. O‘quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat, nafis his-tuyg‘ular rivojlanib boradi. Boshlang‘ich sinflardayoq iqtisodiy va ekologik tushuncha, ko‘nikma va malakalar tarkib topib boshlaydi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quvchi- yoshlarning har tomonlamakamol topishiga e’tiborqaratiladi. Muhokama va natijalar. Bilamizki, oila muqaddas qo‘rg‘on. Har bir oila jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Shundayekan, har bir o‘quvchi asosiy tarbiyani o‘z oilasidan oladi. Bola shaxsini rivojlantirishda oilaning o‘rni juda muhim ahamiyatga egadir. Oilada olingan tarbiya bola hayotining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolada taassurotlar turli xil bo‘ladi. Avvalmbor, o‘qituvchilardan bola ongida maktab muhitini shakllantirish va o‘sha muhitga olib kirish talab qilinadi. O‘qituvchi tomonidan bola tarbiyasidagi kamchilik va nuqsonlar, ijobiy va salbiy xususiyatlari o‘rganiladi va yechim topishga harakat qilinadi. O‘quvchilarni psixik jihatdan to‘la o‘rganish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq hisoblanadi. Bu jarayon o‘qituvchidan sabr, mashaqqat va anchagina vaqt talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchilar oila bilan hamkorlikda o‘quvchi tarbiyasidagi ma‘naviy-axloqiy, ta‘limiy va tarbiyaviy nuqsonlarni tuzatishga harakat qilishlari lozim. Shundagina bu harakatlar o‘z samarasini beradi. Chunki har bir bola o‘z oilasida o‘zini yaxshi, baxtli his etsagina uning tarbiyasida ham, ta‘lim samaradorligida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bola oilaning yuzi hisoblanadi. Uning tarbiyasi, o‘zini tutishidan oiladiga muhitning qanday ekanligini bilib olishimiz mumkin.Maktab va oila hamkorligi har doim samarali bo‘lgan. O‘quvchining ta‘lim va tarbiya olishi maktab tomonidan to‘laqonlita‘minlanishi uchun oila hamkorligi kerak bo‘ladi. Boladagi kamchiliklarni o‘qituvchi bilan birga ota-ona ham to‘ldirishi va nazorat qilishi ta‘lim jarayonidagi juda muhim masaladir. Bu hamkorlik o‘quvchidagi muammolinuqtalarni tezdaanqilashgava ijobiyyechim topishgayordam beradi. Oilaning asosiy vazifalaridan biri tarbiyaviy vazifasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti quyilguncha javobgardir. Ota-ona san‘atkor, bola-san‘at asari, tarbiya jarayoni esa san‘atning o‘zidir. Shunday ekan, tarbiya borasida asosiy masalalar oilazimmasiga tushadi. Bola tarbiyasidagi asosiy masalalar ma‘naviy-axlo

Доказательный фрагмент

«Proper education of the young generation is an important and urgent issue.»

Образец извлечения

Демо-превью

Proper education of the young generation is an important and urgent issue. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Primary school, value, education, spiritual, moral, student, pedagogue, knowledge, tarbiya, ma’naviy, o‘quvchi, ko‘nikma, axloqiy, pedagog, bilim, malaka, Boshlang‘ich sinf, shakllantirish., qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники