К содержанию
РецензированоUZ2025

Osiyo xalqaro universiteti magistri Jamolov DoniyorValijonovich USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING YOSHLARTARBIYASIDATUTGAN O‘RNI VAAHAMIYATI

Jamolov DoniyorValijonovich · USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING YOSHLARTARBIYASIDATUTGAN O‘RNI

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ustoz-shogird an’analarining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Ustoz-shogird tizimi qadimdan milliy pedagogik qadriyat sifatida shakllanib kelgan bo‘lib, u nafaqat bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish, balki axloqiy, ma’naviy va kasbiy tarbiyada ham muhim rol o‘ynaydi. Maqolada mazkur an’analar asosida yoshlarda mas’uliyat, kasbga sadoqat, hurmat-ehtirom kabi fazilatlarni shakllantirish yo‘llari va zamonaviy sharoitda ustoz-shogird munosabatlarini rivojlantirishimkoniyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Ustoz-shogird an’anasi, yoshlar tarbiyasi, pedagogik qadriyat, mentorlik, ma’naviytarbiya, milliy meros. Ustoz-shogird an’anasi qadimdan O‘zbekiston va butun Sharq xalqlari pedagogik tafakkurida muhim o‘rin egallab kelgan. Bu an’ana nafaqat bilim va hunar o‘rgatish jarayonida, balki yoshlarning shaxs sifatida kamol topishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, hunarmandchilik, san’at, adabiyot, diniy ta’lim sohalarida ustoz-shogird munosabatlari yosh avlodga kasb sirlarini, axloqiy qadriyatlarni va jamiyatga foydali bo‘lish prinsiplarini singdirishda asosiy pedagogik mexanizmbo‘lgan. Yoshlar tarbiyasida ustoz-shogird an’analarining ahamiyati birinchi navbatda, bevosita tajriba va hayotiy saboqlar asosida shakllanadigan real, amaliy bilimlarni egallash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Kitob va nazariy ta’limdan farqli ravishda, ustoz bevosita ish jarayonida, shogirdga individual yondashib, uning xatolarini ko‘rsatadi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, maslahat beradi. Bu jarayon yosh shaxsda mas’uliyat, e’tibor, sabr-toqat, kasbga hurmat, mehnatsevarlik, sadoqat kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi. Ustoz-shogird munosabatlari yoshlar ma’naviy tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Ustoz — nafaqat bilim va hunar egasi, balki o‘z shogirdlari uchun axloqiy ideal bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, yoshlar orasida axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning zaiflashish xavfi mavjud bo‘lgan davrda ustoz-shogird an’analarining zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklanishivarivojlantirilishidolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimida mentorlik tizimi ustoz-shogird an’analarining zamonaviy shakli sifatida joriy etilmoqda. Ta’lim muassasalarida tajribali pedagoglar tomonidan yosh o‘qituvchilarga maslahat berish, ularni nazorat qilish, qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan bu an’analar davom ettirilmoqda. Bu esa yosh kadrlarning tezroq kasbiy yetuklikka erishishiga, shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, kasb-hunar kollejlari, hunarmandchilik markazlari va boshqa ta’lim muassasalarida ham ustoz-shogird tizimi faol qo‘llanilmoqda. Misol tariqasida, milliy hunarmandchilik yo‘nalishlarida ustozlar tomonidan yosh avlodga nafaqat hunar, balki milliy madaniyat va qadriyatlarni singdirish amaliyoti keng tarqalgan. Ustoz-shogird an’anasi tarixiy jihatdan qadimgi Sharq madaniyatida, xususan, O‘zbekiston hududida, madrasalar va hunarmandchilik markazlarida keng qo‘llanilgan. Bu tizim Islom olimlari, mashhur mutafakkirlar, shoirlar va san’atkorlarning ilmiy va madaniy rivojida asosiy o‘rin egallagan. Masalan, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 shaxslar o‘z davrida ustoz-shogird an’analari asosida tarbiyalangan va bu tizim orqali o‘z ilmiy maktablarini shakllantirganlar. Zamonaviy sharoitda yoshlar tarbiyasida ushbu an’anani qo‘llash quyidagi ijtimoiy va pedagogik vazifalarni hal qilishga yordam beradi: Yoshlarning hayotiy yo‘nalishinianiqlash; Kasb tanlashgaongli ravishdayondashish; Shaxsiy rivojlanish vao‘z-o‘zinitarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish; Axloqiy vahuquqiy madaniyatni oshirish; Ijtimoiymas’uliyat hissini kuchaytirish. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ustoz-shogird an’anasi faqat formal ta’lim doirasida emas, balki norasmiy tarbiya va ijtimoiy muhitda ham muhim o‘rin tutadi. Bu tizim asosida tashkil etilgan “Ustoz-murabbiy” klublari, “Mentorlik” dasturlari va boshqa tashabbuslar yoshlar orasida kasbiy va ma’naviy yetuklikni oshirishga xizmat qilmoqda. Ustoz-shogird munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari: Individuallashtirilgan yondashuv: Har bir shogirdga uning qobiliyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holdayo‘naltirish beriladi. O‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan aloqalar: Ustoz shogirdga nafaqat bilim, balki hayotiy tajriba, ma’naviyyo‘riqnomalarham beradi. Vazifa va mas’uliyatlarning taqsimlanishi: Shogird mustaqil ishlarni bajargan holda ustozining nazoratida bo‘ladi. Ilmiy asoslash uchun yana bir muhim jihat shuki, ustoz-shogird an’anasi inson shaxsiyatini shakllantirishda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik muhit yaratadi. Bu esa ta’lim jarayonining faqat nazariy emas, amaliy vatarbiyaviy jihatlariga ham ta’sirqiladi. Xulosa qilib aytganda, ustoz-shogird an’anasi yoshlar tarbiyasida nafaqat bilim va kasb ko‘nikmalarini beruvchi, balki shaxsiy va ma’

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ustoz-shogird an’analarining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ustoz-shogird an’analarining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ustoz-shogird anasi, nafaqat bilim, ustoz-shogird analarining, yoshlar tarbiyasida, ustoz-shogird tizimi, pedagogik qadriyat, mas uliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники