Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АНАФОРА КАК СРЕДСТВО ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ
Berdimurodova Tursunoy O`ral qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article describes the function of anaphora and its use in Uzbek linguistics to encourage the listener to speak in Uzbek language, to reveal the features of the artistic text. In addition, linguistic and stylistic features of the artistic text, the principles of the uniqueness of anaphora in the artistic text were studied, and the unique features of anaphora and epiphora were revealed. Key words: Anaphora (from the Greek anaphora - forward, upward), artistic text, linguistic features of the text, euphony, alliteration, assonance, euphony in poetry, euphony in prose, the use of anaphora. АНАФОРА КАК СРЕДСТВО ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ Аннотация. В данной статье описывается функция анафоры и ее использование в узбекском языкознании для побуждения слушателя к говорению на узбекском языке, для выявления особенностей художественного текста. Кроме того, были изучены лингвистические и стилистические особенности художественного текста, принципы своеобразия анафоры в художественном тексте, выявлены своеобразные черты анафоры и эпифоры. Ключевые слова: Анафора (от греч. anaphora — вперед, вверх), художественный текст, языковые особенности текста, благозвучие, аллитерация, ассонанс, благозвучие в поэзии, благозвучие в прозе, употребление анафоры. Tilshunoslikning alohida sohasi sifatida izchil rivojlanib kelayotgan yo`nalishlardan biri bu- matn lingvistikasi hisoblanadi. Anafora (yunonchadan anaphora – oldinga, yuqoriga chiqarish) – so‘z yoki so‘zlar guruhining misra va band boshida takrorlanishi, so‘z takrorining xususiy ko‘rinishidir. Anafora ma'lum fikr, his-tuyg‘u, holat va harakatni ta'kidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi, tabiiy ravishda, she'rning xushohangligini ham oshiradi. Masalan, atoqli yozuvchi Oybekning “O`zbekiston” nomli she`rida anaforaning yorqin na`munasini ko`rishimiz mumkin. Bir o`lkaki, tuprog`ida oltin gullaydi, Bir o`lkaki, qishlarida shivirlar bahor, Bir o`lkaki, sal ko`rmasa, quyosh sog`inar 1 30 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bir o`lkaki, g`ayratidan asabi chaqnar. Ijodkor Oybek qalamiga mansub ushbu parcha bilan tanishar ekanmiz, vatan tuyg`usi shoir uchun qanchalik ulug` tuyg`u ekanligini bilib olishimiz mumkin. Ijodkor she`rni: “Tuprog`ida oltin gullaydi, Qishlarida bahor shivirlaydi, Sal ko`rmasa quyosh sog`inadi, G`ayratidan asabi chaqnaydi” tarzida boshlashi mumkin edi, ammo har misra boshida so`z takrorini qo`llab she`rning ta`sir kuchini yanada oshirgan. Anafora orqali yozuvchi vatanini shunchaki yaxshi ko`rmay, balki muqaddas yurtini, ajoyib o`lkasini o`zgacha bir shoirona ruh bilan sevishini ko`rishimiz mumkin. Bu parchada anafora she`rga qanchalik ko`tarinkilik kayfiyatini bersa, endigi parchada biz buning aksini ko`ramiz. XX asr o`zbek she`riyatining o`ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmonning “Turkiylar” she`ridan olingan parchaga e`tabor qaratsak. Tug`ildi, tug`ildi, tug`ildi qullar, qirqida qirilgan-imdodga muhtoj, yovlarga ters qarab itlarday hurar, bir-biriga dushman, bir biridan koj. Jo`mardlar qilrilgan Turon zaminda Do`zaxiy tajriba pallasin ko`rdim… Bormi er yigitlar bormi er qizlar, bormi gul bag`ringda jo`mard nolalar bormi bul tufroqda o`zligin izlab, osmon-u falakka yetgan bolalar. Bor bo`lsa alarga yetkarib qo`ying, Bir boshga bir o`lim demagan musurmon ermas, Shahidlar o`lmaydi, Bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! “Turkiylar” she`rida bobolarga munosib bo`lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etilgan. Shoir turkiylarning qulligidan shunchalik alamzada, go`yoo`sha davrga tushib qolgan-u o`z g`azabini bildirib, baralla ovozda ularni erk uchun kurashishga chorlamoqda. U millatning shu ahvolga tushishiga ularning o`zlarini sababchi qilib ko`rsatmoqda. Odatda matnlarda dushman haqida yomon fikrlar bo`ladi, ammo bu she`rda ijodkor turkiylarning o`zi haqida alamli gaplar aytgan. Ijodkor ichki kechinmalarini, butun bir millatning hayot yo`sinini tubdan o`zgartirish kerakligini anafora vositasi yuzaga chiqargan. Misra boshida shunchaki bir 1 30 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ marta so`zni qo`llash mumkin edi, ammo ijodkor bir so`zni takror-takror aytyaptimi, demak bunga ehtiyoj bor. Anaforaga yana bir yorqin misolni Halima Xudoyberdiyeva she`rlaridan topishimiz mumkin. Shoira “Shunchaki” deb nomlangan she`rida so`z takroridafoydalangan: Shunchaki yozmoqqa ko`ngil to`lmaydi, Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo`lim. Shunchaki yozganga chidab bo`lmaydi, Shunchaki yozmoq bu shoirga o`lim. Takrorga stilistik vosita sifatida qaralib, og'zaki va yozma nutqning tashkil etuvchilari bo'lgan til birliklariga emotsional bo'yoq va she'riy ohang berish vazifasini bajarish ta'kidlanyapti. Bu fikrlarni shoira Hal
Доказательный фрагмент
«This article describes the function of anaphora and its use in Uzbek linguistics to encourage the listener to speak in Uzbek language, to reveal the features of the artistic text.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the function of anaphora and its use in Uzbek linguistics to encourage the listener to speak in Uzbek language, to reveal the features of the artistic text. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Anaphora (from the Greek anaphora - forward, upward), artistic text, Anafora (yunonchadan anaphora – oldinga, yuqoriga chiqarish),, Анафора (от греч. anaphora — вперед, вверх),, Anaphora (from the Greek anaphora - forward, upward),
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026