Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА УЗБЕКИСТАНА. ЗАВОЕВАНИЕ СРЕДНЕЙ АЗИИ РОССИЕЙ В НАЧАЛЕ 20 ВЕКА
XROMOSOMA NAZARIYASI · Tolipova Zulayho Akmaljon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The dissertation presents general information and conclusions about the factors influencing crossing over, as well as about the chromosomal theory of heredity, the genetics of sex and its influence on the body. Key word: Crossover, crossover percentage formula, physical state and structure of chromosomes, sex genetics, sex-linked and combined inheritance of traits. Krassingoverga ta'sir qiluvchi omillar haqida ma'lumot berish uchun avvalo krassingover nima ekanligini tushunib olish muhim. Krassingover - bu genetik rekombinatsiya jarayonida gomolog xromosomalar o'rtasida genetik material almashinuvi natijasida yuzaga keladigan hodisa bo'lib, u genlarning yangi Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 370 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kombinatsiyalarini hosil qiladi. Bu jarayon organizmlarning genetik xilma-xilligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Eukariotlarning yuksak organizmlarida krossingover ham gomogametali ham geterogametali organizmlarida, lekin drozofila meva pashshasi va tut ipak qurtining gomogameta organizmida sodir bo'ladi. Xromosomalaming ayrim qismlarini ayirboshlanishi nihoyatda murakkab fiziologik, biokimyoviy jarayondir. Gomologik xromosomada genlar ayirboshlanishi xromosomaning geteroxromatin va euxromatin qismlariga ham bog‘liq. Xromosomaning geteroxromatin genlar ayirboshlanishi kam bo’ladi. Organizm funksiyali holati ham krossingoverga ta’sir qiladi. Chunonchi, drozofila hayotining 10 kunida krossingover tez takrorlanadi. Hayotning keyingi 10 kunida esa krossingover qaytalanishi past bo'ladi. Taxmin qilinishicha organizmning flziologik holati meyozning har xil stadiyalari, xususan xromosomalaming spiralizatsiyasi, stadiyalar o‘tishini tezligi hujayra fiziologik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Krossingoverga organizm genotipidagi ayrim genlar ham ta’sir qiladi. Ular krossingover qaytalanishini ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Xromosomadagi inversiyalar, translokatsiyalar xromosomalar konyugatsiyalanishiga qiyinchilik tug‘diradi. Organizm genotipi ham xromosomalar chalkashuvi (krossingover)ga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda makkajo‘xori o‘simligida krossingover yoki meyozjarayonining ma’lum bosqichini nazorat qiladigan genlarga ega mutant o‘simliklar kolleksiyasi yaratilgan. Krossingoverga tashqi muhit — harorat, ozuqa va suv rejimi, biologik faol moddalarning o‘simlikka ta’siri nihoyatda muhimdir. G.Plu va K.Shtem tajribalarida past (9-13° C) va yuqori (30-32° C) harorat drozofilada krossingoverni tezlashtirish mumkinligi aniqlangan. Rentgen nurlari ham xromosomalar chalkashuvini 25 marotaba kuchaytirishi ma’lum bo‘lgan. Krossingover foizini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 371 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bunda, a - birinchi sinfdagi krossingoverlar soni, b - ikkinchi sinfdagi krossingoverlar soni va n - barcha variantlar soni. Bog‘langan genlar orasidagi masofalar krossingover sinf yoki morganoidlar bilan belgilanadi. Morganoid Morgan sharafiga A.S.Serebrovskiy tomonidan taklif qilingan bo‘lib, krossingover foizini absolyut sonda ko‘rsatadi. Krossingover foizi yordamida genlar orasidagi masofani va joylashishini aniqlash mumkin. Jins genetikasi, jins bilan bog‘liq irsiylanish, hamda belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisalariga asoslanib T.Morgan o‘z shogirdlari bilan hamkorlikda irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Organizmning har qanday belgi-xossasi irsiyatning boshlang‘ich alohidalashgan birligi - gen ta’sirida rivojlanadi. 2. Наr bir gen bitta fenotipikbelgi-xossasini hosil qiladi. 3. Genlar xromosomada muayyan turg‘un tartibda joylashadi. 4. Har bir xromosoma genlarning alohida birikish gumhini tashkil etadi. 5. Organizmdagi genlarning birikish guruhi xromosomalarning gaploid to‘plamiga teng. 6. Birikkan genlar guruhi gomologik xromosomalarning kon’yugatsiyasi va krossingoveri tufayli ayrim holatlarda bir-biridan mustaqil irsiylanishi mumkin. 7. Genlar mutatsiyasi ular tasarrufidagi belgilarning o‘zgarishiga olib keladi. Jins genetikasi - jinsni belgilovchi genlar va ularning qanday irsiylanishini o‘rganadi. Ko‘pchilik organizmlarda jins xromosomalari mavjud bo‘lib, insonlarda bu X va Y xromosomalari hisoblanadi. Jins genetikasi jinsiy xromosomalardagi genlarning farzandlarga qanday o‘tishini, jinsiy belgilarning shakllanishini va jinsiy kasalliklarning irsiy tabiatini tushuntiradi. Jins bilan bog‘liq belgilar - bu jins xromosomalari bilan bog‘liq bo‘lgan genetik belgilar bo‘lib, ular faqat ma’lum jinsga xos bo‘lishi mumkin. Masalan, insonlarda qizlarda faqat X xromosomasi mavjud bo‘lgani uchun, X xromosomaga bog‘liq kasalliklar ko‘proq o‘g‘il bolalarda namoyon bo‘ladi. Belgilarni birikkan holda irsiylanishi - bu bir nechta genlarning birgalikda, ya’ni genetik birikma orqali ota-onadan farzandlarga uzatilishini anglatadi. Bunday Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 372 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT holatda genlar xromosomada bir-biriga yaqin jo
Доказательный фрагмент
«The dissertation presents general information and conclusions about the factors influencing crossing over, as well as about the chromosomal theory of heredity, the genetics of sex and its influence on the body.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe dissertation presents general information and conclusions about the factors influencing crossing over, as well as about the chromosomal theory of heredity, the genetics of sex and its influence on the body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Кроссинговер, формула процента кроссинговера, A. Karazin, А. Каразин, A.Karazin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026