Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НЕСКОЛЬКО СТРОК О ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МУНАВВАРКОРИ АБДУРАШИДХАНОВА
Muhayyo Ro‘zialiyeva
Современная наука и исследования · 2 · 376-379 · 2023
Аннотация
This article talks about some aspects of Munavvarqori Abdurashidkhanov's work. Key words: colonialism, Jadidists, Usuli Jadid, Turkestan, education and culture. НЕСКОЛЬКО СТРОК О ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МУНАВВАРКОРИ АБДУРАШИДХАНОВА Аннотация. В данной статье рассказывается о некоторых аспектах творчества Мунавваркори Абдурашидханова. Ключевые слова: колониализм, джадидисты, усули джадид, Туркестан, образование и культура. XIX asr oxiri XX asr boshlarida mustamlaka zulmi ostida qolgan Turkistonning jarohatlariga malham izlagan ziyolilaridan biri, toshkentlik jadidlarning rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonovdir. Millatpanoh o‘zining maqolalarida, shogirdlari, safdoshlari va butun Turkiston xalqiga qarata aytgan nutqlarida xalqni, o‘sha davr tili bilan aytganda butun Turkistonni basirat ko‘zini ochishda matbuotni buyuk omil deb bildi va uning vositasida millatni uyg‘otish, xalqni jipslashtirishga, uning milliy e’tiqodini yuksaltirishga ham harakat qildi. Professor Begali Qosimovning so‘zlariga ko‘ra, Munavvarqori nomi 30-yillarda Turkiyadagi Mustafo Rashid Poshsho, Ozarbayjondagi Mirzo Fathali Oxundzoda, Qrimdagi Ismoilbek Gapirali qatorida turgan[Qosimov: 234]. Uning Germaniyada tahsil olgan shogirdlaridan biri esa shunday yozadi: “Turkiston tarixining jadidchilar davri boshdan oxirigacha Munavvar Qorining tarjimayi holidan iboratadir, desak yanglishmaymiz”[Qosimov, 234]. Laziz Azizzoda “Agar Munavvarqori vafot etsa,uni butun Turkiston xalqi katta hurmat bilan so‘nggi manzilga kuzatishi kerak”, degan fikrni bildirgan edi mahbuslik davrida. Uning obro‘si xalq orasida shu darajada zo‘r ediki, u 1921-yilda qamalganda, Toshkent Eski shahar xalqi uning darhol ozod etilishini talab qilib chiqqan va mitinglar o‘tkazgani tarixiy manbalardan ma’lum. U qatl etilgach, Italiyaning besh gazetasi ta’ziya bosdi,1934-yilda Parijda Turkistonlik muhojir kurashchilar Mustafo Cho‘qay rahbarligida Munavvar Qori Abdurashidxonovni eslash kechasini o‘tkazdilar [Munavvarqori: 4]. Munavvarqori Abdurashidxonov xalqimiz boshiga tushgan chorizm va bolshevizmning yirtqich mustabidlik yillarida “Men-sendamen; sen-mendasen” hikmatiga muvofiq elimiz, millatimiz qalbiga ma’rifat va ozodlik, erk va hurlik urug‘ini sochib, el vijdonini uyg‘otgan, vijdon erkinligini taqdim etgan, millat g‘amini yegan millatpanoh, yurt hayotining sertashvish yo‘llarini munavvar 1 18 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qilgan yo‘lchi yulduz va shu yo‘lda shahid ketgan inson edi. Uning bu hayot yo‘li “Ziyoli millat, Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun doimo harakat etar. Vaqti kelganda millat uchun o‘zini halokat vartasiga tashlamoqqa muhayyo bo‘lur... Millat, Vatan, madaniyat, shunga o‘xshash so‘zlarni bilmak bilan ziyoli bo‘lmaydur. ... bizning millatimizg‘a sado va so‘z birlan ziyoli nomini olg‘on insonlar lozim emas. Balki xizmati, harakati, yordami va himmati birlan ziyoli nomini olg‘on insonlar lozimdir”[Munavvarqori, 73] so‘zining isboti, desak xato bo‘lmaydi. Shu o‘rinda yana bir chizgiga nazar solib o‘tish lozim: “Butun dunyodagi hurriyatchilar orasida bir so‘z bor: Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olub bo‘lmas, faqat qon va qurbon ilagina olub bo‘lur”[Munavvarqori: 215]. Ko‘rinib turibdiki, Munavvar Qori Abdurashidxonov millat hayotini, kelajagini o‘ylagan va bu yo‘lda haqiqatni aytishdan qo‘rqmagan. Turkistonda yangi xildagi maktablarning ochilib, xalqning ma’rifatdan bahramand bo‘lishi turkiylik shuurining uyg‘onishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilayotgan vaqtda uzoqni ko‘ra olgan, ma’rifatparvar Munavvar Qorining xalq uchun, millat uchun yonib-kuyib so‘zlagan nutqida ko‘ramiz: “Ovrupo xalqi maorif va madaniyat yo‘lida ishladi, bu holg‘a yetushdi, biz tushdik, uxladik, bu holg‘a yetushdik. Bugungacha Ovrupo xalqi osmong‘a uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupolilar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun-qisqa kiyim janjallari, Ovrupo shaharlari butun elektrik bilan isitilur va yoritilur ekan, bizda maktablarda jo‘g‘rofiya tabiyot o‘qitish, o‘qitmaslik ixtiloflari davom etadi”[Munavvarqori: 265]. Bu so‘zlardan shuni anglash mumkinki, Munavvar Qorining yozganlarida davr muammolari, Turkiston o‘lka xalqlarining turmush tarzi, dunyoqarashi o‘zining asl chizgilarini ko‘rsatgan. Munavvarqori Abdurashidxonov maktab sohasida ko‘rsatgan xizmatlarini ham aytib o‘tish bizning burchimizdir. 1901-yillarda Turkistonda usuli jadid maktablaridan hech bir xabar va asar yo‘q edi. Ilk maktablar, eski maktablar, o‘rta va yuqori maktablari esa madrasalardir. Chet joylarga borib o‘quvchilar uchun Buxoroyi sharifdan ko‘ra yaxshi joy yo‘q, arabcha bilan din darslaridan boshqa dunyoda hech bir fan yo‘q, ruscha o‘qiganlar esa kofir hisoblanardi. Faqat “Tarjumon” gazetasini o‘quvchilar, ichki Rossiya musulmonlari orasida usuli jadida haqida biroz xabarlar o‘qisalar-da, bularning hisobi butun Turkistondan 5-6 kishidan oshmasdi. Demak, bundan bilishimiz mumkinki, m
Доказательный фрагмент
«This article talks about some aspects of Munavvarqori Abdurashidkhanov's work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about some aspects of Munavvarqori Abdurashidkhanov's work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- colonialism, Jadidists, Usuli Jadid, Turkestan, education and culture, mustamlaka, колониализм
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026