Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОЛЬКЛОРНЫЕ СТРОКИ В ПОВЕСТИ «ПОСЛЕДНИЙ ДЕНЬ ДЕТСТВА»
Xakimova Farida Ilhom qizi · Qozoqboy Yo‘ldoshev
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article analyzes Shodmonqul Salom's story "The Last Day of Childhood". Attention is paid to its places related to Uzbek folklore. Key words: "Bibi Sheshanba", Afghan-Soviet war, kurta, "Yitim Kiz" matali, Shodmonqul Salam, story, ceremony. ФОЛЬКЛОРНЫЕ СТРОКИ В ПОВЕСТИ «ПОСЛЕДНИЙ ДЕНЬ ДЕТСТВА». Аннотация. B данной статье анализируется рассказ Шодмонкул Саломе «Последний день детства». Уделяется внимание его местам, связанным с узбекским фольклором. Ключевые слова: «Биби Шешанба», афгано-советская война, курта, «Йитим кыз» матали, Шодмонкул Салам, рассказ, церемония. Shodmonqul Salomning kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan hikoyalaridan biri “Bolalikning so‘nggi kuni” hikoyasidir. Muallif uni dastlab “Bibi seshanba” deb nomlaydi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Murod Abdullayev tahriri ostida sarlavha “Bolalikning so‘nggi kuni” deb o‘zgartiriladi. “Bibi seshanba” faqat ayollar ishtirokida o‘tkaziladigan marosim, mushkulkushod. “Bir necha tarixiy manbalarda qayd etilishicha, “Bibi seshanba” kelib chiqish mohiyatiga ko‘ra, ma’buda ramzi bo‘lib, uning ildizi O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda Islom dini kelguniga qadar keng yoyilgan ma’buda Anaxita (Nohid)ga borib taqaladi. Anaxita dehqonchilik va chorvachilik, hosildorlik va pishiqchilik ma’budasi hisoblanib, go‘yo uning qudratiga inson va hayvonlar, qushlar va barcha jonivorlar ham bo‘ysungan, deb hisoblanar edi. Shu tariqa u “Bibi mushkul kushod”, ya’ni kishini har qanday mushkuldan xalos etuvchi Ona obraziga aylangan. Boshqa bir manbada keltirishicha, marosim ko‘pgina turk xalqlari orasida keng tarqalgan. Turkiston hududlarida Bibi Seshanba, Turkiyada Payshanba qari (Peyshenbe-karы) yoki Parshamba pari, Eronda Bibi-hur va Bibi Nur, Afg‘onistonda Bibi Risinda, Bibi Charxi, uyg‘urlarda esa Seshamba Bibi deb atalgan.”1 Surxondaryo hududida ushbu marosim ancha keng tarqalgan bo‘lib, oiladagi erkaklarning baxt-saodatini tilab, ularning ishlari yurishib ketishi uchun, urush paytlarida esa bolasi yoki turmush o‘rtog‘i eson-omon qaytishi uchun seshanba kuni qilingan. Bunda 7ta chalpak, 7ta obi non, guruchli va xamirli taomlar pishiriladi. Marosim 1 https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/49305-bibi-seshanba-va-mushkulkushod-islomda-bormi.html 1 11 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bo‘ladigan xonaning to‘rtta burchagiga likopchaga un solib qo‘yiladi. Un rizqni, poklik va tinchlikni anglatadi. Shuning uchun ham “Bibi seshanba”ning asosiy ramzlaridan biri supra hisoblanadi. Suprada un elash bilan bog‘liq turli odatlar bajariladi. Hikoya “Bibi seshanba” marosimi haqida emas, bu shunchaki detall vazifasini bajargan, xolos. Tursun ismli bolakayning urush oddiy o‘yin emasligini anglab yetgani haqidadir. Bizningcha, “Bolalikning so‘nggi kuni” nomi hikoyaning mohiyatini ko‘proq ochib berishga xizmat qiladi. Endi esa uning mazmuniga diqqatimizni qaratamiz. Ushbu hikoya realistik xarakterda bo‘lib, o‘zbek adabiyotida bunday hikoya yozishni Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy boshlab bergan (XX asr boshlari “Do’xtur Muhammadiyor” va “Uloqda” hikoyalari). Bizga yaxshi ma’lumki, 1979-1989- yillarda Afg‘on-Sovet urushi bo‘lib o‘tgan va bu urushga yurtimiz hududidagi harbiylar ham jalb qilingan. Ular orasida Afg‘onistonga chegaradosh manzil Termizdan borganlar ham ko‘pchilikni tashkil etar edi. Hikoya voqealari termizlik askarlardan birining uyida bo‘lib o‘tayotgan “Bibi seshanba” marosimi orqali tasvirlanadi. Hodisotlar kuz faslida bo‘lib o‘tadi. Buni ko‘kda mezon uchayotganligidan, tut novdalari egilib qolganligidan ham bilsak bo‘ladi. Asosiy qahramon- Tursun. Uning yoshi haqida hech narsa deyilmaydi. Biroq bo‘yi hali eshakka minishga yetmasligi, etikchasini o‘zi kiya olishi, yog‘och to‘pponcha bilan urush-urush o‘ynashini hisobga olsak, uni 7-8 yoshlarda deb taxmin qila olamiz. Voqealar ana shu bolakay tilidan hikoya qilinadi. “— U yerga faqat ayollar boradi, senga nima bor, yer yutkur, — dedi onam uyning pastak eshigidan ayvonga chiqarkan, o‘dag‘aylab. Men esa hali kiyib ulgurmagan bir poy etikchamni qo‘limga olib, momomning ortiga qochib o‘tdim. Bu gal ham momom jonimga oro kirdi: — Bu bir nonireza-da, bolam, qo‘y, o‘zi borib, o‘zi keladi. It qo‘rigan joyga o‘ch degani shu-da. Onam to‘ng‘illagancha qulog‘iga en solingan oq eshakni tandirning supasiga olib kelib to‘g‘riladi, momom eshakka qiynalmay mindi, meni esa onam qo‘ltig‘imdan olib, momomning ortiga o‘tqazarkan, yolg‘ondakam g‘udranib qo‘ydi: «Eshakka minishni bilmaydi-ku bu tilamishingiz». Onamga qarab tirjaydim.”2 Hikoya ana shunday boshlanadi. Tursunning momosi ko‘pni ko‘rgan, so‘zga chechan ayol. Buni uning tilidan aytilgan maqol, matallardan ham payqash qiyin emas. Yuqorida keltirilgan “It qo‘rigan joyga o‘ch” maqoli ham jahli chiqib turgan keliniga munosib javob bo‘ladi va kelin yolg‘ondakam g‘udranib qo‘yishdan boshqa iloj topolmaydi. Tilamish so‘zini ham ikki xil ma’noda tushunishimiz mum
Доказательный фрагмент
«This article analyzes Shodmonqul Salom's story "The Last Day of Childhood".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes Shodmonqul Salom's story "The Last Day of Childhood". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Bibi Sheshanba", Afghan-Soviet war, kurta, "Yitim Kiz" matali, Shodmonqul, Bibi seshanba, Bibi Sheshanba, Биби Шешанба
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945