Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ДУХОВНОСТИ И РЕЛИГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА
Sattorov Turdiali Safarovich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article sheds light on the role of spirituality and religion in the formation of personality in the current conditions of Uzbekistan. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article. Key words: the role of spirituality and religion, personality formation, child education. РОЛЬ ДУХОВНОСТИ И РЕЛИГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. Данная статья проливает свет на роль духовности и религии в формировании личности в современных условиях Узбекистана. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи. Ключевые слова: роль духовности и религии, формирование личности, воспитание детей. Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxо‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qо‘l urish, insofli- diyonatli, vijdonli bо‘lish, mehr-shafqatlilik, tо‘g‘rilik, rostgо‘ylik, sofdil bо‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan. Qur’oni karim va hadislarda har bir inson uchun zarur bо‘lgan hayotidan ma’mun bо‘lib yashash-shukronalik va sabrli bо‘lish masalalariga ham alohida ahamiyat berilgan. Shukronalik va sabr ham inson ma’naviyligining muhim jihatlaridan biridir. Ularning mazmun-mohiyatini bilib olish har birimiz uchun zarur. Qur’oni karimda Alloh bu dunyoda insoniyatni behisob ne’matlar bilan rizqlantirgani, uning sanog‘iga yetib bо‘lmasligi haqida shunday bayon qilingan: “Sizlarga barcha sо‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning bergan ne’matini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysiz. Haqiqatan, inson о‘ta zolim va juda noshukrdir”. Yuqorida sanab о‘tganlarimiz moddiy ne’matlar jumlasiga kiradi. Ma’naviy ne’matlar esa imon, aql, hurriyat, tinchlik kabi kо‘zga bevosita kо‘rinmaydigan, ammo qalb kо‘zi bilan ilg‘ab olinadigan moddiy ne’matlarga qaraganda inson uchun ahamiyatli bо‘lgan ma’naviy qadriyatlardan iboratdir. Inson tanasi uchun jon qanchalik muhim bо‘lsa, uning ma’naviyati, ruhiyatining teranligi uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi. Inson ilm egallash yо‘lidan yursa yuksaladi, aks holda tubanlikka, johillikka yuz tutadi.Bu foniy dunyoda ilmdan bebahra qalblar jonsiz jasadga о‘xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz ilmu hikmat bilan yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida 6 82 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bu ilmlardan xabardor bо‘ladi, moddiy va ma’naviy hayotda yuksaklikka kо‘tariladi. Ilm inson tafakkuriga nur baxsh etadi. U shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo yuksak martabaga erishtiradi. Mana shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni karim va hadislarda ilm- fanni egallash, ma’rifatli bо‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Hadisda beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining о‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Qur’oni karimda: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga kо‘tarur” deyilishi negizida ilmli zotlar va unga intilganlar jamiyatda yuksak mavqe va hurmatga sazovor bо‘lishlariga ishoradir. Qur’oni karimda “ilm” sо‘zi asosida “Alima” bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bо‘lgan oyat ham “О‘qi...” “О‘qi...” sо‘zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “О‘qi! Sening о‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Qur’oni karim ham ilm, ham hayot kitobidir. Ilm yо‘lini tutgan inson eng sharafli yо‘lni tanlagan bо‘ladi. Payg‘ambarimizning “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadislari negizida islomning ilmga bо‘lgan yuksak e’tiboridan dalolat beradi. Yana bir hadisda: “Insonlar yo о‘rgatuvchi yoki о‘rganuvchilarga bо‘linadi. Bundan boshqalari esa arzimasdir, deb ta’kidlansa, boshqa bir hadisda: “Insonlar о‘likdir, faqat ilm ahligina tirikdir”, deb bu dunyoda faqat ilm sohiblarigina haqiqatga intilganliklari tufayli tirik ekanliklari aytiladi. Haqiqatan, hoh dunyoviy, hoh diniy ilm yо‘lida zahmat chekkanlar jisman yо‘q bо‘lsalar ham ular ma’nan tirikdirlar. Bunga Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Nasr Forobiy, Imom Marg‘inoniy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va Ahmad Farg‘oniy, Hoja Ahror Valiy va Ulug‘bek va boshqalar yaqqol misol bо‘ladilar. Bu buyuk zotlar yaratgan asarlar insonlarning hayot yо‘lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros qilib qoldirgan asarlarni о‘qib-о‘rganib kishilar ma’nan oziqlanib har on va har lahzada ularni eslab turadilar. Ularga bо‘lgan muhabbat insonlar qalbida abadiy yashab kelmoqda. Har ikki ilmni egallagan kishi esa ikki dunyosini obod qiladi. Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muhammad Payg‘ambarimiz alayhissalomgacha bо‘lgan davr arablarda “johiliya” davri deb ataladi. “Johiliya” nodonlik, bilimsizlik davri degani. Islom a
Доказательный фрагмент
«This article sheds light on the role of spirituality and religion in the formation of personality in the current conditions of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article sheds light on the role of spirituality and religion in the formation of personality in the current conditions of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the role of spirituality and religion, personality formation, child education, роль духовности и религии, ma’naviyat va dinning o’rni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026