К содержанию
РецензированоRU2023

СЕКТА АХМАДА ЯСАВИ: ПРОБЛЕМА ЗИКРА И СТАТУС ЗАКИРА

Abdullayeva Nilufar Ibragim qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the issue of dhikr in Ahmad Yassavi and his sect, yassavi sect, Zakir status, analyzes of Proverbs, interpretation of dhikr in Proverbs, opinions on Zakir issue in Proverbs. Keywords: Ahmad Yassavi, Devani Hikmat's work, Sufism, sect, lust, truthfulness, Zakir image, methods of remembrance,Arabic language. СЕКТА АХМАДА ЯСАВИ: ПРОБЛЕМА ЗИКРА И СТАТУС ЗАКИРА Аннотация. В этой статье рассматривается вопрос Ахмада Яссави и его секты, вопрос о зикре в суре Яссави, вопрос о статусе Закира, анализ пословиц, толкование зикра в притчах, размышления о Закире в притчах. Ключевые слова: Ахмед Яссави, труд мудрости Девони, суфизм, тарикат, нафс, достижение истины, образ Закира, методы зикра, арабский язык. O‘zbet mumtoz adabiyoti hamda islom adabiyotining katta bir ustuni bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan XI asrning 2-yarmida yashab ijod etgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan. Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi (“Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...”). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bobo koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi. Xoja Ahamad Yassaviyning bizgacha yetib kelgan asari “Devoni hikmat” bo‘lib, "Devoni hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, Haqqa yetish sirlari, Zokir va uning ma’naviy martabasi, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum 4 38 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviy maʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ul-abror min amvojil bihor" asari ham toʻla tasdiqlaydi. Ahmad Yassaviy Allohga boʻlgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi. Xoʻsh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq boʻlish uchun “Alloh debon ichga nur”ni toʻldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda “Haq zikri”ni qilish, rohat farogʻatdan kechish lozim boʻladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga oʻxshatadi. Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan “har nomardga sotib” boʻlmaydi. Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida mulohaza yuritganda, oshiqning shariat, tariqat, maʼrifat bosqichlaridan oʻtib haqiqat martabasiga yetishini eslash oʻrinli boʻladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini hukmlarini oʻzida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini oʻqtiradi. Shuning uchun ham “Shariatsiz tariqatga kirib boʻlmas”, “Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib imonini olur ermish” yoki “Soʻfinaqsh boʻlding valek hargiz musulmon boʻlmading” kabi misralarni yozadi. Insonning soʻzi amaliga, tashqi koʻrinishi ichki olamiga mos kelishi lozim. Tashqaridan qaraganda odam taqvodor soʻfiga oʻxshash – soʻfinaqsh boʻlishi, lekin u amalsiz boʻlishi mumkin, bundaylarga Yassaviy tanbeh berib “hargiz musulmon” boʻlmading deydi. Ahmad Yassaviy tasavvufga inson maʼnaviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida qaraydi. Tasavvuf negizida ruhiy tarbiya turadi. Ruhiy tarbiya bashariyatning toʻgʻri yoʻldan yurishiga yordam beradi. Toʻgʻri yoʻl esa haqiqatni anglashga olib kelishi lozim. Haqiqatni anglash oʻzlikni anglashdir. Bunga erishish uchun odam shariat hukmlarini toʻla bajarishi va qalbida Yaratguvchiga muhabbat boʻlishi kerak. Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi

Доказательный фрагмент

«This article discusses the issue of dhikr in Ahmad Yassavi and his sect, yassavi sect, Zakir status, analyzes of Proverbs, interpretation of dhikr in Proverbs, opinions on Zakir issue in Proverbs.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the issue of dhikr in Ahmad Yassavi and his sect, yassavi sect, Zakir status, analyzes of Proverbs, interpretation of dhikr in Proverbs, opinions on Zakir issue in Proverbs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ahmad Yassavi, Devani Hikmat's work, Sufism, sect, lust, truthfulness, Zakir, суфизм, Sufism, sect, tasavvuf, Devoni hikmat asari, Ахмед Яссави, труд мудрости Девони, Ahmad Yassaviy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники