К содержанию
РецензированоRU2026

AXLOQIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Ismailova Lola Abdumajid qizi Pedagogika nazariyasi va tarixi Yo’nalishi 2 bosqich magistranti Ilmiy Rahbar: Ismoilov Temurbek Islamovich

RAQAMLI MUHITNING BOLANING PSIXOLOGIK VA · AXLOQIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI · Ismailova Lola Abdumajid qizi · Ilmiy Rahbar: Ismoilov Temurbek Islamovich

in Library · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние цифровой среды на психологическое и нравственное развитие ребёнка. В XXI веке цифровые технологии стали неотъемлемой частью жизни детей, оказывая прямое воздействие на их восприятие, мышление, память, внимание и систему ценностей. В работе раскрываются положительные стороны цифровой среды, способствующие когнитивному, творческому и эмоциональному развитию. Одновременно анализируются негативные аспекты — избыточное использование экранов, неподходящий контент и снижение реального общения. Подчёркивается необходимость педагогического и родительского контроля при использовании цифровых средств воспитания. Ключевые слова: цифровая среда, психология ребёнка, нравственное развитие, образовательные приложения, когнитивное развитие, цифровое воспитание. XXI asrning asosiy belgilaridan biri — bu jamiyatning raqamli makonga keng ko‘lamda kirib borishidir. Raqamli muhit — bu bolalar uchun nafaqat o‘yin va ko‘ngilochar maydon, balki bilvosita ta’limiy, axloqiy va psixologik rivojlanish maydoniga aylangan makondir. Ayniqsa, yosh bolalar o‘z shaxsiyati va dunyoqarashi shakllanishining eng faol bosqichida bo‘lganliklari sababli, ularning raqamli vositalar bilan o‘zaro aloqasi chuqur tahlil qilinishi lozim. Psixologik nuqtai nazardan qaralganda, raqamli muhit bolaning idrok, xotira, e’tibor, hissiyot va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 5–6 yoshli bolalarning planşet orqali ishlatiladigan interaktiv ta’limiy o‘yinlar bilan shug‘ullanishi ularning mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bolalar “Puzzle”, “Math Kids” yoki “ABC Kids” kabi ilovalar yordamida shakl, rang, son va harflarni o‘rganish orqali kognitiv rivojlanishga erishadilar. Bu kabi mashg‘ulotlar ularning tafakkurini faollashtiradi va qiziqishni rag‘batlantiradi. Ammo ijobiy tomonlar bilan birga raqamli muhitning salbiy psixologik ta’sirlari ham mavjud. Masalan, uzoq vaqt davomida ekran qarshisida o‘tirish, doimiy yorqin va tez-tez o‘zgaruvchan tasvirlarga odatlanish bolaning diqqatini tez chalg‘uvchan, yuzaki idrok qiluvchi holatga olib keladi. Ko‘p hollarda ota- onalar farzandining jim o‘tirayotganini tinchlik belgisi deb qabul qilishadi, holbuki bola ichki emotsional inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, agressiv syujetli o‘yinlarga odatlangan bolalarda tahlikali orzular, asabiylashish va muomala muammolari tez-tez kuzatiladi. Masalan, “Free Fire” yoki “Call of Duty” kabi o‘yinlar bolalarda haqiqiy hayot va virtual olam o‘rtasidagi farqni anglashda murakkablik tug‘dirishi mumkin. Axloqiy rivojlanish kontekstida raqamli muhit bolaning qadriyatlar tizimi shakllanishida kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda turli video platformalarda (masalan, YouTube Kids) axloqiy saboqlarga asoslangan animatsion roliklar, masalan, "Nasihatli ertaklar", "Odob-axloq saboqlari" kabi ko‘rsatuvlar orqali bolalarga mehr, sabr, halollik, do‘stlik va yordamlashuv kabi tushunchalar singdirilmoqda. Shuningdek, raqamli muhit orqali bolalar turli madaniyatlar bilan tanishadi, bu esa ularning tolerantlik va empatiya hissini rivojlantiradi. Biroq salbiy axloqiy ta’sirlar ham inkor etib bo‘lmaydi. Nazoratsiz raqamli kontent iste’moli natijasida bolalar so‘zlashuvda yomon so‘zlar ishlatish, yolg‘on gapirish, boshqalarga nisbatan agressiv munosabat bildirish kabi holatlarga duch kelishadi. Ayniqsa, raqamli tarmoqlarda ko‘plab kontentlar yoshi kichik foydalanuvchilarga mos kelmaydi. Masalan, TikTok yoki YouTube platformalaridagi ba’zi blogerlar tomonidan tarqatilayotgan shubhali axloqiy mezonlarga ega videolar yosh ongga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, raqamli vositalarning ortiqcha ishlatilishi bolalarda real hayotiy muloqotga bo‘lgan ehtiyojni susaytiradi. Bolaning ota-onasi, tengdoshlari yoki o‘qituvchilari bilan bo‘lgan muloqoti kamaygani sayin, u o‘z hissiyotlarini ifoda etishda qiynaladi, bu esa psixologik yopiq holatga olib kelishi mumkin. Masalan, oilada ota-onaning telefon orqali doimiy bandligi bolaning mehr va e’tiborga bo‘lgan ehtiyojini rad etish deb qabul qilinadi va bu holat bolaning axloqiy shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Raqamli muhitning ijobiy jihatlari 3-jadval Rivojlanish sohasi Ijobiy ta’sir Amaliy misollar / ilovalar Kognitiv rivojlanish Mantiqiy fikrlash va “Thinkrolls”, “Lightbot” muammoli vaziyatlarni — mantiqiy o‘yinlar orqali hal qilish qobiliyatini sabab-oqibat bog‘liqligini oshiradi tushunadi Til va savodxonlik So‘z boyligini “ABC Mouse”, “Endless kengaytiradi, o‘qish va Alphabet” — harflarni yozuv ko‘nikmasini o‘rganish va so‘z yasash mustahkamlaydi bilan bog‘liq mashg‘ulotlar Ijodiy rivojlanish Rang, tasvir, musiqa “Toca Life World”, orqali estetik did va “Drawing for Kids” — kreativlikni rasm chizish, hikoya rivojlantiradi yaratish faoliyatlari Ijtimoiy-emotsional Do‘stlik, yordam, “Daniel Tiger’s Grr-ific rivojlanish empatiya kabi hissiy Feelings” — emotsiyalarni fazilatlarni anglash va ifoda etishni s

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается влияние цифровой среды на психологическое и нравственное развитие ребёнка.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается влияние цифровой среды на психологическое и нравственное развитие ребёнка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital environment, child psychology, moral development, Raqamli muhitnining bola tarbiyasiga tasiri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники