К содержанию
РецензированоRU2023

ИСТОРИЯ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ, РУБОБ ПРИМА

Shodiyev Shuxrat Shodiyevich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information about folk instruments and rubab, and discusses the types of rubab. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented throughout the article. Key words: the most ancient musical instruments, folk instruments, modern rubob. ИСТОРИЯ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ, РУБОБ ПРИМА Аннотация. В данной статье представлена информация о народных инструментах и рубабе, рассмотрены виды рубаба. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы представлены на протяжении всей статьи. Ключевые слова: древнейшие музыкальные инструменты, народные инструменты, современный рубоб. Rubob — torli cholgʻu asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Afgʻon rubobi tojik yoki buxoro rubobi deb ham ataladi. Qashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi. Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „ lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin. 1 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar) ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan. Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi. Oʻzbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan Ibrohim Hamroyev, Mustafo Bafoyev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan. 1 33 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bir qancha yozma manbaalarda ming yillar mobaynida musiqa va musiqa cholg’ulari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ijrochilik san’ati, hamda, mohir sozandalar haqidagi qimmatli ma’lumotlar cholg’u ijrochiligining boy tarixidan darak beradi. Tarixiy manbaalardan ma’lumki, boshqa ko’pgina xalqlarda bo’lgani kabi Markaziy Osiyo xalqlarida ham musiqa ijrochiligi qadimdan xalqning to’yutantanalarida, xalq sayillari va bayramlarida yakka holda, turli katta-kichik guruhlar ko’rinishida shakllanib, keyinchalik hukmdorlar saroylarida maxsus jamoalar shaklida rivojlanib, takomillashib uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan holda bizgacha o’zining hozirgi mukammal ko’rinishida yetib kelgan. XX-asr boshlarida O’zbekistonda bir qancha folklor etnografik ansambllar, xalq teatrlarining tuzilishi, Turkiston xalq konservatoriyasi va ko’plab turli ijodiy jamoalarning shakllanishi, o’zbek musiqasining tadqiq qilinishi, ularning yozib olinishi kabi ko’plab ishlar, musiqa va ijrochilik san’atining yanada rivojlanishiga, taraqqiy topishiga turtki bo’ldi.1 Keyinchalik O’zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida birin-ketin tuzilgan “Shodlik”, “Lazgi”, “Go’zal”, “Zarafshon” va “Bahor” kabi ashula va raqs ansambllari, “T.Jalilov nomidagi davlat akademik xalq cholg’ulari orkestri” shuningdek, O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi “Y.Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli”, “D.Zokirov nomidagi xalq cholg’ulari orkestri”, hamda so’nggi yillarda cholg’u ijrochiligi san’atiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan “So’g’diyona” xalq cholg’ulari davlat kamer orkestri va viloyatlardagi ko’plab ashula va raqs ansambllarining O’zbekistonda va horijiy mamlakatlardagi konsert faoliyatlarida ijrochilik san’ati, xususan, qashqar rubobi ijrochiligi ham targ’ibot qilinib, rivojlantirib kelinmoqda. Bu jamoalar tarkibida mashhur rubobchi sozandalar ijod qilishgan va ijod qilmoqdalar. 1936 yilda Farg’ona vodiys

Доказательный фрагмент

«This article provides information about folk instruments and rubab, and discusses the types of rubab.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about folk instruments and rubab, and discusses the types of rubab. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the most ancient musical instruments, folk instruments, modern rubob, народные инструменты, древнейшие музыкальные инструменты, eng qadimiy cholgʻu asboblari, zamonaviy rubob, xalq cholg’ulari, современный рубоб
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники