К содержанию
РецензированоUZ2026

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitini rivojlantirish masalalari

RAQOBAT MUHITINI

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 409-414 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada raqobat tushunchasining mohiyati, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini ta’minlash omillari, zamonaviy milliy iqtisodiyot raqobatbardosh- liligini aniqlash metodikasi, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat va uni oshirish kabi masalalarning mohiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: raqobat, bozor, erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya, oligop- oliya. O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqti- sodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoq- da. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlan- ishida o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foy- dalanish, cheklangan zaxiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqi- batlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tad- birlar ko‘rilmoqda, tegishli islohatlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojla- nishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvard- agi “2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni tasdiqlandi. Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularga sharoit yaratib berish maqsadga mu- vofiq. Bu borada Prezidentimiz beshta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tib, ularn- ing har biri bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi. Birinchi yo‘nalishda korx- onalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlar belgilandi. Xususan, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan korxonalar-mikro STARS International University 411 biznes, 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani-kichik biznes va 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi. Shundan kelib chiqib, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, mikrobiznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etila- di. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Ushbu imkoni- yatlar 370 ming tadbirkorga yengillik yaratadi. Yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlanib, ular uchun qator soliq va kompensatsiya imtiyozlari belgilandi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq va- qtlardan buyon mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblansa-da, iqtisodiy tabiatining murakkabligi bugungi kunda ham uning mohiyatini to‘liq ochib berilgan deyishga asos bo‘la olmaydi. Chunki raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’yektiv asoslarini ochib berish, uni ta’riflashdagi serqirralik, turfalik va ziddiyatlar mazkur jarayon tadqiqoti mantiqiy jihatdan davom etayotganligini anglatadi. Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo‘raevlar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) un- ing iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchi- lar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati eva- ziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda ham turlicha ta’ri- flanadi. Jumladan, “Yazik biznes”» nomli lug‘atda: “Raqobat (lotincha “concurre- re” - to‘qnashuv; inglizcha “competition”) - bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xari- dorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir, o‘zaro alo- qa va kurashning iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar”, deb ifodalan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqobat tushunchasining mohiyati, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini ta’minlash omillari, zamonaviy milliy iqtisodiyot raqobatbardosh- liligini aniqlash metodikasi, tarmoq ichidagi va tarmoqlarar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqobat tushunchasining mohiyati, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini ta’minlash omillari, zamonaviy milliy iqtisodiyot raqobatbardosh- liligini aniqlash metodikasi, tarmoq ichidagi va tarmoqlarar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
monopolistik raqobat, рынок, competition, market, монополия, свободная конкуренция, monopolistic competition, bozor, monopoliya, raqobat, oligopoliya, oligopoly, монополистическая конкуренция, monopoly, олигополия, конкуренция, erkin raqobat, free competition
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники