К содержанию
РецензированоUZ2026

Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o‘rni

CHIQISH ASOSLARI · VA ULARNI BOZOR sity--pp-

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 363-367 · 2026

Аннотация

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoni- yatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investitsion tadbirkorlik loyihalari- ni moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish ham- da inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar. Bank, tovar, pul, investitsiya, modernizatsiya, milliy iqtisodiyot, texnologi- ya, loyiha, natural xo‘jalik, bank xizmatlari, bank seyflari. Bank deb pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Banklar paydo bo‘lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi his- oblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo etadi. Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan sub’yektlarga qarz sifatida berishgan. Bu hol pul almashti- ruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so‘zi italyancha “banka” so‘zidan olingan bo‘lib, “stol”, “pullik stol” degan ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idish- laridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib рisob-kitob qilganlar. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancheri” deb atab, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tir- gan stol sindirib tashlangan va uni “Bancorotto”, ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi XVI asrda Florensiya va Veneе- siyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar рisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vu- STARS International University 365 judga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz рisob-kitoblarni olib borgan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hi- soblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694-yilda aksioner bank sifatida tashkil bo‘lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil topgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivo- jlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ssuda kapitalisti asosan o‘z bo‘sh mablag‘ini qarzga berib, ssuda foizi sifatida daromadga ega bo‘lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag‘larni kredit- ga berib, foydaga ega bo‘ladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aho- li bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag‘ni jamlab uning harakatini boshqargan. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning kelgusida maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib kel- di. Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim sub’yekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa sub’yektlari- dan farq qilib, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘uv- chi, uni unga ehtiyoj sezgan sub’yektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muas- sasa hisoblanadi. Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi sub’yekt hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifati- da kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqti- sodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivo- jlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi: - o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisob varaqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar; - bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan maz- kur mijoz (vakil) to‘g ‘risida olgan ma’lumotlar; - mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar; - mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab ama

Доказательный фрагмент

«Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoni- yatlar taqdim etilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoni- yatlar taqdim etilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modernization, milliy iqtisodiyot, технология, national economy, банковские сейфы, товар, Банк, natural xo‘jalik, project, natural economy, banking services, modernizatsiya, technology, investitsiya, bank seyflari, investment, натуральное хозяйство, инвестиции, loyiha, bank xizmatlari, bank safes, texnologiya, money, модернизация, pul, tovar, commodity, банковские услуги, народное хозяйство, проект, деньги, Bank
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники