К содержанию
РецензированоUZ2026

Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Бахром Хайдаров (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека) · Зариф Абдихомидов (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека)

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 330-333 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda biznes va tadbirkorlik tushunchasi, biznes va tadbirkorlik faoliyati, ularning turlari, shakllari haqida hamda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyatning o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tavakkalchilik, moliyaviy, tijorat, ish- lab chiqarish, konsalting tadbirkorligi, yakka yartibdagi tadbirkorlik. Biz bilamizki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida o‘zining yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, aksariyat xalqlarda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi jo‘shqinlik va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, iste’mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag‘batlantirish, iste’mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, budjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shunga asosan, ko‘plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashga intiladi. Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati, bu-biznesdir) — bu tavakkalchilik asosida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish ishlarini bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik faoliyatini maqsadi, turi va yo‘nalishiga qarab ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlariga ajratish mumkin. Va yana bular ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linib ketadi. Ishlab chiqarish: innovatsion, ilmiy-texnik, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, iste’mol xizmatlari ko‘rsatish, axborot; Tijorat: savdo, savdo-xarid, savdo-vositachilik, tovar birjalari; Moliyaviy: bank, sug‘urta, auditorlik, lizingli, fond birjalari; Konsalting: umumiy bosgqarish, mamuriy boshqaruv, moliyaviy boshqarish, xodimlarni boshqarish, marketing, ishlab chiqarishni boshqarish, axborot texnologiyasi. Bulardan ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlikning asosiy turi desak xato bo‘lmaydi. Ze’ro, bunday tadbirkorlik faoliyatida mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko‘rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlarlar yuzaga keladi. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 332 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlami sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko‘rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishdan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug‘urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko‘rsatkich 5-10% ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko‘p yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo‘lib, bir-birini to‘ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. O‘zbekiston Respublikasida “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: •Yakka tartibdagi tadbirkorlik; •Xususiy tadbirkorlik; •Jamoa tadbirkorligi; •Aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amlga oshirishning eng oddiy shakli bo‘lib, uni tashkil qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom” bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: shaxsiy tadbirkorlik; birgalikdagi tadbirkorlik. O‘zbekiston Respublikasida “Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom”da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish faoliyatidir. Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o‘z fa

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda biznes va tadbirkorlik tushunchasi, biznes va tadbirkorlik faoliyati, ularning turlari, shakllari haqida hamda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyatning o‘rni haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda biznes va tadbirkorlik tushunchasi, biznes va tadbirkorlik faoliyati, ularning turlari, shakllari haqida hamda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyatning o‘rni haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
manufacturing, consulting entrepreneurship, moliyaviy, индивидуальное предпринимательство, производственное, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, sole proprietorship, Small business and private entrepreneurship, консультационное предпринимательство, financial, ishlab chiqarish, Малый бизнес и частное предпринимательство, рисковое, tavakkalchilik, risk, коммерческое, konsalting tadbirkorligi, yakka yartibdagi tadbirkorlik, финансовое, tijorat, commercial
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники