Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘rni
BUGUNGI KUNDAGI
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 260-263 · 1995
Аннотация
Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyotning birinchi navbatda insonlarning tur- mush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, kraudfanding ,CRM, fidbek. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqtda,1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‘tishda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib o‘tgan. Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘satishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli komputer texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir. Shuningdek raqamli iqtisodiyot –bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotda joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Bu tizimning belgilari quyidagilardan iborat: • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik; • elektron hujjat almashinuvi; • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; • ma’lumotlar elektron bazalari; • CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi; • Korporativ tarmoqlar. Raqamli iqtisodiyotning qulayliklariga quyidagilar kiradi: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 262 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. • To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi(masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi). • Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi. • Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta. • Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal ta komillashtiriladi. • Tezroq, sifatliroq, qulayroq. Dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizda axborot texnologiyalarining tatbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda uydan chiqmasdan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishi mumkin. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot respublikamiz salohiyatiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoqda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud, lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyoni O‘zbekistonda rivojlanishining bir qancha to‘siqlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: • Ko‘plab sohalardagi monopoliya; • Internet tezligining pastligi va uning sifatsizligi; • Axborot texnologiyalari sohasida qonunchilikning zamondan orqada qolganligi; • Fuqarolarda komputer savodxonligining o‘ta pastligi; • Qonunchlikning shaffof emasligi; • Boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki (ba’zilarida) ularning umuman yo‘qligi. Yuqorida keltirilgan muammolar bosqichma-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O‘zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo‘la oladi. Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “...yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019-yilda 8- pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resusrlarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish –kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi”. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “Internet”, “veb-sayt” kabi
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyotning birinchi navbatda insonlarning tur- mush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda raqamli iqtisodiyotning birinchi navbatda insonlarning tur- mush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- обратная связь, краудфандинг, crowdfunding, raqamli iqtisodiyot, digital economy, Цифровые технологии, Digital technologies, Raqamli texnologiyalar, CRM, цифровая экономика, kraudfanding, fidbek, feedback
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026