К содержанию
РецензированоUZ2026

Moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalardan foydalanishning ahamiyati

MOLIYAVIY HISOBOT · MUZAFFAROVA DILSORA · HAMID QIZI · JORIY ETISHNI

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 255-259 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikr – mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: fizik masala, matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga doimo yuqori e’tibor qaratib kelin- gan va ta’limni rivojlantirish, yuksaltirish maqsadida har yili respublikamizda bir qator chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Fizika sohasini oladigan bo‘lsak, pedagoglarimiz “Fizika o‘qitish metodi- kasi” bo‘yicha o‘z bilim va malakalariga ega bo‘lishi lozim. Fan mavzulari haqidagi ma’ruzalar qay tartibda bayon qilinishi, masalalar qanday yechilishi va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak ekanligi haqidagi bilimlarni bera olishlari zarur. Bundan tashqari, bo‘la- jak pedagoglarga fanning mazmun- mohiyati maqsadi haqida yetarli darajada ma’lumotlar berishlari kerak. Masalalar yechishda uning mohiyatiga ko‘ra: ijodiy masalalar va ijodiy bo‘lma- gan masalalarga bo‘lish mumkin. Ijodiy masala talabani mustaqil fikrlashga, man- tiqan o‘ylashga, masalaning mazmunini to‘la-to‘kis tushunib olishga undaydi. Bu tipdagi masalalar boshqa tipdagi masalalardan murakkablik darajasi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ijodiy masalalar qidiruv va konstruktorlik masalalari bo‘lib, ular masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar- ga bo‘linadi hamda yechish usuliga ko‘ra sifat, hisoblash, grafik va eksperimen- tal masalalarga ajratiladi. Fizika o‘qitish amaliy metodlar ichida masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. Bilimlarni amaliy qo‘llashni bilish – bu onglilik mustaqil bilim- lar olish ko‘rsatkichidir. Hatto o‘quv materiallarini ongli, formal bo‘lmagan holda o‘zlashtirganda ham bilimlarni qo‘llay olish mahorati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay- di. Bunga maxsus o‘quv mashg‘ulotlari kerak bo‘ladi. Bilimlarni amaliy qo‘llashga STARS International University 257 o‘rgatishda fizikadan masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. Masalalar yechishda qo‘yiladigan asosiy maqsad, o‘quvchilar fizik qonunlarni chuqurroq tushunsinlar, ularni ajrata olsinlar va ulardagi fizik hodisalarni tahlil qila olishlari, amaliy mas- alalar yechishga qo‘llay bilishlari lozim. Talabalarni masalalar yechishga o‘rgatish- da, masala mazmunini muhokama qilish davomida rasm, chizma, sxemalarga katta e’tibor berish kerak, chunki u masalani to‘laqonli yechishga yordam beradi. Fizika masalalarini turli usullarda yechishda masalalarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar asosida o‘zgaradi. Shuning uchun masalalarni yechishni bir usulda emas, balki bir necha usullarda yechish maqsadga muvofiqdir. Fizika o‘qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish fizika o‘qitish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u fizik tushunchalarni shakllan- tirishga katta hissa qo‘shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo‘llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi: a) yangi axborotlar berishda; b) muammoli vaziyat hosil qilish va o‘quvchilarga muammo qo‘yishda; d) amaliy malaka va ko‘nikmani shakllantirishda; e) o‘quvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini sinashda; f) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda; g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim berishda; x) o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda masalalarning o‘rni juda katta- dir. Masala yechish orqali o‘quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, o‘qishga qiziqishi va xulqi, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o‘quvchilarning dunyoqarashlari- ni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikan- ing yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko‘p hollarda fizika darslar- ining tarkibiy qismi bo‘lib keladi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o‘tilganlarni takrorlashda, o‘quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko‘rishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi o‘qu- vchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olim- piadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o‘z ichiga olgan masalalar tanlanadi. Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyot- ga qo‘llashdir. Bu esa o‘quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan, hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda, o‘xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Mantiqiy xu- losalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo‘yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. Masala yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar. Qonun va fo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikr – mulohazalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikr – mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
физическая задача, графические и изобразительные задачи, fizik masala, textual, graphic and pictorial problems, grafik va rasmli masalalar, matnli, текстовые, experimental, экспериментальные, eksperimental (tajribali), physical problem
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники